Falsafa qanday fan?


Download 20.17 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi20.17 Kb.
#1644255
  1   2
Bog'liq
Toshiriq 1.1.


  1. Topshiriq

  1. Falsafa qanday fan?

,,Falsafa'' tushunchasi yunoncha phile- sevaman va sophia – donolik sozlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so'zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor mill.avv.VI asrda tayyor holda avloddan avlodga o'tuvchi bilim bilan inson o'z aqliga tayanib,mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo'li orqali olishi mumkin bo'lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Falsafaga haqiqatga eltuvchi ta'limot sifatida yondashgan sokratchilar makatabi vakillari nuqtayi nazaridan ko'rsak, ,,haqiqatga muhabbat'', ,,haqiqatni sevish'' degan ma'noni anglatadi.Falsafa haqida fan turlicha, hatto bir-biriga qarama-qarshi qarashlar mavjud.F.ga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni o'z tadqiqot obyekti va predmetiga ega bo'lmagan mavhum va o'ta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchi ham uchraydi.

  1. Faylasuf qanday xususiyatlarga ega bo'lmog'i lozim?

Sharqda ,,Ikkinchi Arastu'', ,,Ikkinchi muallim'' deha e'tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so'zini ,,Hikmatni qadrlash'' deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida ,,donishmandlikni sevish'' degan mazmun bilan birga plam sirlarini bilish,hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarini e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan,umrning o’tkinchi ekani,adabiyot insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab etgan,o’zi va o’zgalar qadrini to’g’ri tushunadigan kishi hech qachon ,,Men- donishmandman’’ deya ochiq e’tirof etmaydi.Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko’zga tashlanadi.Ammo,Forobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga etish-boshqa gap.Shu ma’noda bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko’pdan- ko’p ilm sohalarini egallagan,ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutaffakir kishilar tushunilgan. Donishmandlar deb,asrlar sinovidan, eng so'nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo'lgan bashoratgo'ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so'zlari birdan-bir to'gri deb qabul qilingan. FAYLASUF esa, qadimgilar fikriga ko'ra donishmandlik muxlisi bo’lishi,e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o’z aqliga tayanib, ijodiy yo’l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo’lgan.

  1. Falsafaning insoniyat va jamiyat hayotidagi o’rni qanday?

Falsafa- bu odamlarning ma’naviy faoliyat usuli. U insoniyat umumiy ma’naviy madaniyatning eng qadimiy qismini ifodalaydi. Hamma zamonlarda ham odamlar tabiat, jamiyat va bilimning fundamental muammolari, inson mavjudligi va uning hayotning mazmuni muammolari, inson mavjudligi va uning hayotning mazmuni muammolari insoning maqsadi va butun jamiyat taraqiyyotini maqsadlari haqida fikr yuritgan.Har bir xalqning,har bir insonning moddiy va ma’naviy madaniyatidagi o’zgarishlar odamlarni borliq haqida qayta o’ylab ko’rishga, mavjud bo’lgan hamma narsa haqida o’z g’oyalariga tuzatishlarga kiritishga majbur qiladi.

  1. Dunyoqarash deganda nimani tushunasiz?

Dunyoqarash tushunchasi. Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarash, o’z va o’zgalar, hayoti va olam to’g’risidagi tasavvurlar, xulosalar bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarashlar va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi.

  1. Mifologik, diniy va falsafiy dunyo qarashning farqini tushuntiring

Mifologik dunyo qarash. ,,Mif’’ tushunchasi yun. ,,mythos’’ so’zidan kelib chiqqan bo’lib, afsona rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mifologik dunyoqarash insoniyat tarixining dastlabki bosqichlariga xos bo’lib, odamlar xulq-atvori va o’zaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan.Mifologik dunyoqarash insoniyat tarixining dastlabki bosqichlariga xos bo’lib, odamlar xulq-atvori va o’zaro munosabatlarini tartibga soladi. Ibtidoiy jamiyatda mifologiya din bilan chambarchas bog’liq edi, ammo ular ajralmas edi.Dinning o’ziga xos xususiyatlari bor, bu dunyoqarashning alohida turidan iborat emas. Dinning o’ziga xosligi dinning asosiy elementi kult tizimi, ya’ni g’ayritabiiy narsalar bilan muayyan munosabatlar o’rnatishga qaratilgan marosim harakatlari tizimi ekanligi bilan bog’liq.Diniy dunyo qarash bu- voqelikni tabiiy yerdagi, bu dunyoviy va g’ayritabiiy, samoviy va boshqa dunyoga ikkilannish orqali o’zlashtirishning bir usuli. Diniy dunyoqarash vujudga kelishi insonning o’z-o’zidan anglashining rivojlanishiga oldinga qadam bo’ldi. Falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasi kelib chiqib, narsa-hodisalarni; yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratiladi.


  1. Sharq va G’arb falsafani o’xshash va farqli tomonlarini keltiring.

Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ham,G’arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan.
Ikkinchidan, G’arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo’lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan.
Uchinchidan, G’arb va Sharq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab mo’ljal oladi.
To’rtinchidan, Qadimda Sharq falsafasi ham, G’arb falsafasi ham yaxshilik va yomonlik, go’zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik do’stlik, birodarlik, muhabbat va nafray, baxt, lazzatlanish va azob bo’lgan.


  1. Topshiriq

Kontepyual jadvalni to’ldiring.

Falsafiy oqimlar

Lug’aviy ma’nosi

Hususiyati

Namayondalari

Monizm

Yun. ,,Monas-yakka’’, yagona. Dunyodagi turli hodisalar negizida bitta ibtido, yagona substansiya yotadi deb hisoblaydigan ta’limot.

Uikkita xususiyatga ega: fikrlash va kengaytirish.

Van Chun, Demokrit, Epikur, Lucretius Kara

Dualizm

Lot-,, ikki yoqlama’’bir-biri bilan birlashtirib bo’lmaydigan holatlar, tamoyillar, fikrlash tarzi, dunyoqarash, intilish, tamoyillar yonma – yon mavjudligini targ’ib etuvchi ta’limot.

Ruhiy substansiyaning ajralmas tafakkur, moddiy substansiya esa kengaytmadir.

Dekart, Platon, Hegel


Download 20.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling