Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli


Download 489.64 Kb.
bet4/6
Sana13.02.2023
Hajmi489.64 Kb.
#1193282
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli

Falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida falsafiy bilish predmetining o‘ziga xosligini va falsafiy tafakkur xususiyatlarini aks ettiruvchi kategoriyalar tizimi mavjud. Ularni mazmunan talqin qilish dunyoqarashning shakllanish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, fan, falsafa va umuman ma'naviy madaniyatning rivojlanishiga qarab o‘zgarib boradi. Falsafiy kategoriyalar tarkibi ham kengayadi. Fanning aksariyat kategoriyalari falsafiy maqom kasb etadi. Ilgari mavjud bo‘lmagan yangi jarayonlar va hodisalar vujudga kelishi bilan bog‘liq ijtimoiy rivojlanish tegishli tarzda falsafiy idrok etiladiki, bu falsafaning tushunchalar apparatini yanada boyitadi. Falsafiy tushunchalar va kategoriyalar bilan ish ko‘rish mahoratini o‘zlashtirish talabaning falsafiy madaniyatini, umuman fikrlash madaniyatini shakllantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

  • Falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida falsafiy bilish predmetining o‘ziga xosligini va falsafiy tafakkur xususiyatlarini aks ettiruvchi kategoriyalar tizimi mavjud. Ularni mazmunan talqin qilish dunyoqarashning shakllanish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, fan, falsafa va umuman ma'naviy madaniyatning rivojlanishiga qarab o‘zgarib boradi. Falsafiy kategoriyalar tarkibi ham kengayadi. Fanning aksariyat kategoriyalari falsafiy maqom kasb etadi. Ilgari mavjud bo‘lmagan yangi jarayonlar va hodisalar vujudga kelishi bilan bog‘liq ijtimoiy rivojlanish tegishli tarzda falsafiy idrok etiladiki, bu falsafaning tushunchalar apparatini yanada boyitadi. Falsafiy tushunchalar va kategoriyalar bilan ish ko‘rish mahoratini o‘zlashtirish talabaning falsafiy madaniyatini, umuman fikrlash madaniyatini shakllantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash mumkin.

  • Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash mumkin.
  • 1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo‘llaniladigan umumiy kategoriyalar, ya'ni borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan).
  • 2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo‘limlariga tegishli bo‘lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi. Masalan, ontologiya, borliq, yo‘qlik, substansiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o‘z kategoriyalar apparatiga egadir.
  • 3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo‘limlari – antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo‘lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha'n va qadr-qimmat, hayot ma'nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug‘vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo‘llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz.

Download 489.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling