Falsafa tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi professor o’qituvchisi S. Normatov


Download 14.44 Kb.
Sana25.12.2022
Hajmi14.44 Kb.
#1066061
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surilgan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, maqsadida JDPI Tarix fakulteti Falsafa, tarbiya huquq ta’limi kafedrasi professor o’qituvchilari va Axborot resurs markazi xodimlari bilan hamkorlikda Yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida “Kitob-ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida kitobxonlik tadbiri
BAYONNOMASI
Qatnashdi: JDPI Axborot resurs markazi direktori R.Ishnazarova, Falsafa tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi professor o’qituvchilari dots. B.Toshboyev, U.Norbekov, M.Nabiyev, S.Normatov, U.Vaxobov, S.Pardayeva tarix va uni o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi J.Sayidov Axborot resurs markazi xodimlari M.Bobonazarova, S.Darveshova, D.Jabborova, va Chet tillari fakulteti ingiliz tili 744-21 guruh talabalari

Eshitildi: Axborot resurs markazi direktori R.Ishnazarova: Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yilning 19 mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimiz yoshlarini keng tafakkurli, bilimli va barkamol qilib tarbiyalash, maʼnaviyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha dolzarb vazifalar bilan yig’ilganlarni tanishtirdi.
Falsafa tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi professor o’qituvchisi S.Normatov “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texno­logi­yalari, kitob o‘qishga qiziqi­shini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan video­selektor yig‘ilishida yosh­larni rivojlantirishga qara­tilgan ma­sa­lalar muho­kama qilingan va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus bo’yicha ma’lumot berib o’tdi.
Axborot resurs markazi xodimlari M.Bobonazarova Ma’naviyatni yuksaltirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishkitob mutolaasi insonni ma’naviy kamolot sari yetaklashini, insonni har tomonlama yetuk, komil shaxs sifatida shakllanishidagi o’rni nihoyatda beqiyosdir. Jumladan, sharq mutafakkirlari qarashlarida, g’oyalarida, asarlarida inson kamoloti, ma’naviy yetuklik, vatanparvarlik, ta’lim-tarbiya kabi masalalarda qimmatli ma’lumotlar berib o’tdi.
Shundan so’ng Belashuv avvalida tadbir ishtirokchisi S.Normatov Chet tillari fakulteti ingliz tili yo’nalishi 1-bosqich 744-21 talabalariga 3 daqiqa ichida o’zlari uchun eng sevimli bo’lgan kitobning ma’zmunini ochib berishlari lozimligi, musobaqa shartlari va hakamlat hayati a’zolari ( U.Norbekov- o’qituvchi, M.Bobonazarova-ARM xodimi, M.Nabiyev-o’qituvchi, U.Vaxobov-o’qituvchi, S.Pardayeva-o’qituvchi) ni ham tanishtirib o’tdi.
Download 14.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling