Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyutsiyasi Reja Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi


Download 33.38 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2024
Hajmi33.38 Kb.
#1833021
1   2   3
Bog'liq
5-mavzu

Bilish faoliyat turi sifatida. Insonning o‘zini qurshagan dunyoni tushunib etishi muhim falsafiy muammolardan biridir. Mohiyat e’tibori bilan, dunyoni bilish mumkinmi, degan masala dunyoning inson ongida aniq va to‘liq aks etish, insonning bu dunyoda ongli va erkin mo‘ljal olish va faoliyat olib borish imkoniyati to‘g‘risidagi masaladir.
Insonning o‘zini qurshagan dunyoda mo‘ljal olish funksiyasini bilim bajaradi. Bilim - inson ong yordamida oladigan dunyo haqidagi ma'lumotlarning eng oliy darajasidir. Bilim obrazlar va belgilar shaklida mavjud bo‘ladi va undan odamlar amaliy faoliyatining ideal rejasi sifatida foydalanadi. Bilimsiz (oddiy, ilmiy, badiiy va boshqa bilimlarsiz) dunyoning manzarasini shakllantirish mumkin emas. F.Bekon shu munosabat bilan bilim kuchdir deb ta’kidlagan edi. Bilimni Gegel ta’biri bilan aytganda faqatgina sub’ektiv tasavvur, erkin mulohaza, tasavvur mahsuli bo‘lgan fikrdan farqlay bilish lozim. Insonning dunyoni bilishga intilishining mohiyati u aniq yoki noaniq bilimlarni faol va izchil izlashi va ularni olishidan iborat. Falsafaning bilish muammolari ko‘rib chiqiladigan bo‘limi gnoseologiya yoki bilish nazariyasi deb ataladi. Insonning dunyoni bilish jarayonini boshqa fanlar - mantiq, psixologiya, sotsiologiya ham o‘z nuqtai nazaridan o‘rganadi.
Har qanday predmet juda ko‘p har xil jihatlar va xossalarga egadir. Masalan, qand bo‘lagini olaylik: u qattiq, oq, shirin, ma’lum shakl, hajm va vaznga ega. Bu xossalarning barchasi bir predmetda mujassamlashgan. Biz bu xossalarni alohida-alohida emas, balki yaxlit holda - qand bo‘lagi sifatida idrok etamiz va tushunamiz. Binobarin, yaxlit obrazni idrok etishning ob’ektiv negizini predmetning turli jihatlari va xossalari birligi va ayni vaqtda ularning ko‘p sonliligi tashkil etadi.
Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab etishni o‘z ichiga oladi. Bunda inson o‘zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga amaliy ta’sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a’zolari faol ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko‘z narsalar rangini farqlashga qodir emas.
Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling