Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Istiqlolning insonparvarlik moxiyati


Download 195.3 Kb.
bet70/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

84) Istiqlolning insonparvarlik moxiyati.
Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qashshoq guruxlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim xususiyati — aholining muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko’p bolali oilalar, nafaqaxo’rlar, talabalar va nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror topishida yaqqol namoyon bo’lyapti.
Kishilarning boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg’unligidan ozod bo’lishlari, o’zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o’z bilimi va mahoratini oshirishlari uchun g’amxo’rlik qilish iqtisodiy islohotlarning insonparvarlik yo’nalishga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyili Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek modelining muhim jihatlaridan biridir.
Inson mohiyatini falsafiy bilish ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Inson falsafasi har bir yangi tarixiy davrda inson mohiyati, uning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Insonga xos xususiyat va fazilatlarni bilish orqali talaba o’zida shunday sifatlarni shakllantirishga intiladi.
Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni Urganish va umuman, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yuksak insoniy fazilatlarni egallash orqali O’zbekistonda ozod va obod jamiyat qurish vazifalari uyg’unligini ta’minlashga erishish butun ta’lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni va uning oldida turgan muhim vazifadir.
Mamlakatimizda demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni inson omilisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek, hozirgi sharoitda inson omili va mezoni barcha islohotlarimizning bosh yo’nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradi. “Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat”. Komil insonni shakllantirishda ma’naviyat, odob-axloq va ma’rifat singari qadriyatlar muhim o’rin tutadi. Aynan ana shu qadriyatlar kishilarda olijanob insoniy fazilatlarni shakllantiradi.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling