Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) XVI-XX asr boshlarigacha O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur


Download 195.3 Kb.
bet35/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

37) XVI-XX asr boshlarigacha O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida Markaziy Osiyoda uch davlat — Qo’qon va Xiva xonligi hamda Buxoro amirligi paydo bo’ldi. Ular davrida ilm-fan, adabiyot va san’atni rivojlantirgan ba’zi mutafakkirlar yetishib chiqdi. Qo’qon xonligida yashab ijod etgan shoiralar Nodira (1792—1843), Uvaysiy (1789—1850), Dilshod Barno (1800—1906) va b. lar ijtimoiy-falsafiy fikr rivojiga munosib hissa qo’shdilar.
XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo xalqlari tarixida yangi- mustamlaka davri boshlandi. Chor Rossiyasi 60-70 yillar davomida yerli xalqlarning norozilik kurashlarini qurol va zo‘ravonlik bilan bostirib, O‘rta Osiyoning katta qismini bosib oldilar. Buxoro va Xiva xonliklari rus chorizmining mustamlakachilik siyosati ta’sirida bo‘lsa-da, XX asr boshigacha o‘zining yarim mustaqilligini saqlab qoldi.
Chor hukumati mustamlaka hududlaridan to‘liq va har tomonlama foydalanish, xom ashyoni ko‘proq olib ketish, xalqni itoatda saqlash maqsadlarida Turkistonga sanoatni olib kira boshladi, dastlabki ishlash bo‘yicha kichik sanoat korxonalari (paxta zavodlari) qurila boshlandi. Yangi binolar, telefon, elektr, pochta, telegraf paydo bo‘ldi. Xomashyoni tashib olib ketish maqsadida temir yo‘l qurilib, markaz bilan mustamlaka o‘lkasi o‘rtasida poyezdlar qatnay boshladi.
O‘lka hayotidagi bu yangiliklar garchand asosan o‘lkadan ko‘proq xom ashyoni o‘ng‘ay yo‘l bilan olib chiqish uchun qilingan bo‘lsa-da, bu hol ijtimoiy va madaniy hayotda o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Natijada Turkiston ma’naviy hayotida ma’rifatparvarlik harakati vujudga kelib, rivoj topa boshladi.
Shu davrda yashab ijod etgan xalqimizning ko‘zga ko‘ringan ma’rifatparvarlari Ahmad Donish, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, shuningdek, qoraqalpoq mutafakkiri Berdimurod Berdaq va boshqalar o‘z asarlarida adolatli tuzumni, davlat hukmdorlarining odil va donishmand bo‘lishlarini tashviq qildilar, xalqni ma’rifatga, ilm olishga, dunyo tillarini o‘rganishga chorladilar.
Bu davr ma’naviy hayotidagi yana bir oqim jadidizmdir. Jadidizm Sovet davrida noto‘g‘ri talqin etilib, millatchilik oqimi deb qoralanib kelindi. Aslida esa jadidizm ma’rifatparvarlik harakatining yo‘nalishi bo‘lib, uning namoyandalari mamlakatni feodal qoloqlikdan chiqarish, milliy mustaqillikka erishish uchun kurashda jonbozlik ko‘rsatganlar. Jadidizmning ko‘zga ko‘ringan namoyandalari Behbudiy, Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori va boshqalarning ijodiy g‘oyalari hamda amaliy faoliyatlari ana shunga qaratilgan edi.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling