Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Xaqiqat, (baxo, qadriyat) va ularning bilish jarayoniga ta’siri


Download 195.3 Kb.
bet79/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

96) Xaqiqat, (baxo, qadriyat) va ularning bilish jarayoniga ta’siri.
Haqiqat bilish Falsafasining eng muhim muammosi, asosiy masalasidir. Bilish nazariyasining barcha falsafiy muammolari haqiqatga erishishning vositalari va yo’llari bilan (hissiylik va aqliylik, intuitivlik va diskursivlik kabilar) yoki haqiqatning mavjudlik shakllari (dalil, gipoteza, nazariya va shu kabi tushunchalar), bilish metallarining tuzilishi kabilar bilan uzviy aloqadordir. Bularning barchasi ushbu muammoni, uning yechimini goh konkretlashtiradi, gohida esa murakkablashtiradi yoki mavhumlashtiradi.
Falsafa tarixida, umuman falsafada haqiqatni tushunishda turli xil yondashuvlar mavjud. Ya’ni, “haqiqat — bilimlarning voqelikka mosligi” “Haqiqat — bilimlarning tajribada isbotlanganligi” “Haqiqat — bilimning foydaliligi, uning samaradorligi” va hokazo.
Haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir, degan dastlabki xulosa haqiqatning klassik kontseptsiyasiga xos asosiy fikrdir. Bizningcha, bu haqiqatning kontseptsiyalari orasida eng qadimiysi bo’lib, haqiqatni nazariy tadqiq etish aynan undan boshlangan, deyish mumkin. Haqiqatni bunday tarzda dastlabki o`rganish Aflotun va Aristotel tomonidan amalga oshirilgan edi. Xorazmiy va Forobiy, Beruniy va Ibn Sino, F. Akvinskiy va P. Golbax, G Gegel va L. Feyerbaxlar, shuningdek XX asrning ko’plab faylasuflari ham haqiqatning ushbu klassik kontseptsiyasiga qo’shilishgan. Uni agnostiklar ham inkor etmaganlar. Bu fikr tarafdorlari orasida metafiziklar ham, dialektiklar ham bor.


97) «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining moxiyati va mazmuni. ( madaniyat 88-savolda batafsil berilgan)
Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari o’zaro bog’liq bo’lsada, turlicha mazmun va xususiyatga egadir. Ba’zi olimlar madaniyat, o’zining kelib chiqishiga ko’ra, sivilizatsiyaga nisbatan qadimiydir, u mohiyatan sivilizatsiyaning ruhi, jonidir, deb hisoblaydi. Masalan, A. Toynbi “Tarixning idrok qilinishi” asarida shunday fikrlarni bayon etadi. Frantsuz olimi R. Aron ham shunga yaqin xulosaga keladi. Uning fikricha, aynan madaniyat va sanoat sohasidagi tanazzul asta-sekin insoniyatni krizislar botqog’iga botirishi, bu esa umumbashariyatning kelajagini xavf ostiga qo’yishi ham mumkin.
«Sivilizatsiya» tushunchasi alohida olingan divitsiya bir xalq, hudud, jamiyat, davlat va hatto jahonga, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan ham qo’llaniladi. “Sivilizatsiya’' lotincha “tsivilius” so’zidan olingan bulib, aynan “fuqarolikka oid” degan ma’noni anglatadi.
Mavjud ilmiy adabiyotlarda sivilizatsiyaga turlicha ta’riflar berilyapti: sivilizatsiya — madaniy-texnik taraqqiyotning yuqori bosqichi (bunda yozuvning kashf etilishi, texnik kashfiyotlar, sanoat inqilobi sivilizatsiyaning muhim belgisi sifatida talqin etiladi); sivilizatsiya — jamiyatning muayyan namunasi (bunda u “formatsiya” tushunchasi bilan aynanlashtiriladi); sivilizatsiya — insoniyatning yovvoyilik va vahshiylikdan keyingi taraqqiyot davri.
Sivilizatsiya rivojlanishning muayyan bir bosqichida turgan xalq va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi sifatiy uziga xosligidir. Ayrim tadqiqotchilar sivilizatsiya asosini madaniyat, xalq, hudud bilan bog’lasalar, boshqalari dinni asos qilib oladilar. Aslida esa ularning hammasi ham sivilizatsiyaning taraqqiyotida o’z o’rniga ega.
Sivilizatsiya madaniy va ma’naviy rivojlanishning mahsuli sifatida vujudga keladi. Sivilizatsiyalashgan taraqqiyotgina milliy madaniyat ravnaqi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Milliy madaniyat sivilizatsiyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Milliy madaniyatdan uzilib qolgan sivilizatsiya oxir-oqibatda inqirozga mahkum bo’ladi. Masalan, Amerikadagi hozir yo’qolib ketgan mayya sivilizatsiyasi bunga misol bo’ladi. Ulardan bugun yuzdan ortiq shahar vayronalari qolgan. Bunga tarixdan yanada ko’plab misollar keltirish mumkin.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling