Materiya kategoriyasining funksiyalari quyidagilar:
ongga, ma'naviy kuchlarga bog‘liq bo‘lmagan ob'ektiv borliqning mavjudligi haqidagi fikrni ifodalaydi;
barcha narsalarda mavjud bo‘lgan umumiy xossalarni tavsiflaydi;
barcha narsalarni bilishga eltuvchi yo‘lni, ularni bilishda amal qilish lozim bo‘lgan umumiy dastur yoki strategiyani umumiy ko‘rinishda belgilaydi.
Bu funksiyalarni materiya kategoriyasi falsafaning keyingi rivojlanishi jarayonida saqlab qoldi.
Materiya tuzilishining inson tomonidan kuzatiluvchi darajalari odamlar yashovchi muhitning tabiiy shart-sharoitlarini, ya'ni bizning dunyoviy qonuniyatlarimizni hisobga olgan holda o‘zlashtiriladi. Lekin bu bizdan ancha olisdagi darajalarda materiyaning mavjud shakllari va holatlaridan butunlay farq qiluvchi, mutlaqo boshqacha xossalar bilan tavsiflanuvchi «g‘ayritabiiy» shakl hamda holatlari mavjud bo‘lishi mumkin, degan taxminni istisno etmaydi. Shu munosabat bilan olimlar geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlarni farqlay boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |