Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati reja: Falsafa fanining predmeti, tuzilishi, funksiyalari va yangi soxalari


Agar mifologiya va dinda javobga urg‘u berilsa


Download 141.05 Kb.
bet13/20
Sana16.06.2023
Hajmi141.05 Kb.
#1495166
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI

Agar mifologiya va dinda javobga urg‘u berilsa, bilishning butun mazmuni unda mujassamlashsa, falsafada savol, masala birinchi o‘rinda turadi. U to‘g‘ri va yaxshi ta’riflangan bo‘lsa, muammoning mohiyati aniq aks etadi. Savol, masala insonni ijodga rag‘batlantiradi, toki unga qoniqarli javob olinib, haqiqatning tagiga etilganiga ishonch paydo bo‘lmagunicha insonni izlanishga da’vat etadi. Bunda savolning o‘zi, muammoning qo‘yilishi javobdan kam ahamiyat kasb etmaydi, ba’zan undan ham muhimroq deb qaraladi.
Fan- ilmiy dunqarash shakli. Bilimlarning o‘sishiga qarab har xil muammolar va masalalar soni ham tinimsiz ko‘payib bordi. Bu jarayon fanning rivojlanish sur’ati yanada jadallashuviga va u falsafadan yanada ko‘proq ajralishiga sabab bo‘ldi. Biroq fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda to‘la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu I.Nyuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta’riflab, shu tariqa tabiatshunoslikning bo‘limi – asoslari asrlar mobaynida shakllangan, bosh tamoyillari esa bundan yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley tomonidan ta’riflangan klassik mexanikaning shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi.
Falsafa va fanning o‘zaro mutanosibligi va farqi. Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, chunonchi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, ilmiy jabhalari, san’at va shu kabilar bilan ham uzviy bog‘liq. Biz falsafa va fan munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida so‘z yuritamiz. Mazkur masalani mufassalroq o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko‘rsatilgan tushunchalarning asosiy ma’nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz.
Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari shakllangan.
Keng (yig‘ma) ma’nodagi fan – bu butun inson faoliyati jabhasi bo‘lib, uning vazifasi borliq haqidagi ob’ektiv bilimlarni o‘rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu erda “fan”, “olim” tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig‘ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi falsafaga tatbiqan ko‘pincha ayni shu kontekstda qo‘llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o‘rinlidir.

Download 141.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling