Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati reja: Falsafa fanining predmeti, tuzilishi, funksiyalari va yangi soxalari


Download 141.05 Kb.
bet15/20
Sana16.06.2023
Hajmi141.05 Kb.
#1495166
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-mavzu. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI

Materialistlar va idealistlar. U yoki bu faylasuflar savolning birinchi qismiga qanday javob berishiga qarab, -dunyo azaldan moddiy, ong esa bu materiyaning mahsulidir, deb hisoblovchilar materialistlar va dunyo zamirida materiyadan oldin paydo bo‘lgan va uni yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar yotadi, degan fikrni himoya qiluvchi idealistlarga ajratiladi.
Bunda idealizmning ikki turi – ob’ektiv va sub’ektiv idealizm farqlanadi. Ob’ektiv idealistlar - qandaydir nomoddiy va inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan (ya’ni ob’ektiv mavjud bo‘lgan) narsalar va hodisalarni ( Xudo,dunyoviy aql, g‘oya, ruh va shu kabilar) butun borliqning asosi deb e’tirof etadilar. Falsafa tarixida Platon, Avliyo Avgustin, Foma Akvinskiy, G.Gegel, N.Berdyaev kabi mutafakkirlar ob’ektiv idealizm namoyandalaridir.
Sub’ektiv idealistlar - dunyo faqat individual (sub’ektiv) ong mahsuidir deb hisoblaydilar. J.Berkli, D.YUm, I.G.Fixte sub’ektiv idealizmning yorqin namoyandalari hisoblanadi.
FALSAFANING ASOSIY FUNKSIYALARI. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g‘oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba’zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH FUNKSIYASI insonning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishida namoyon bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar, tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‘lanadi. Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit manzarasini yaratish mumkin emas, chunki, «hamma narsaga aralashadigan» falsafagina dunyoqarashning o‘zaro bog‘lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to‘g‘ri munosabatini yaratish imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chiqirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining birligiga e’tiborni qaratadi va shu tariqa o‘zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi.

Download 141.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling