Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati reja: Falsafa fanining predmeti, tuzilishi, funksiyalari va yangi soxalari


Falsafaning mazmuni va bosh vazifasi haqidagi qarashlar


Download 141.05 Kb.
bet4/20
Sana16.06.2023
Hajmi141.05 Kb.
#1495166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI

Falsafaning mazmuni va bosh vazifasi haqidagi qarashlar. Falsafani odatda davrning fikrlardagi in’ikosi, o‘z davrining ma’naviy kvintessensiyasi deb ataydilar. Falsafaning mazkur tavsifidan uning olamshumul vazifasi – o‘z davrining jarchisi sifatida amal qilish, ma’naviy-tarixiy o‘zgarishlar bilan hamqadam va hamnafas bo‘lish kelib chiqadi. Bu erda falsafaning hayot bilan chambarchas aloqasi ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Voqelikni tushunish va tushuntirish falsafaga qo‘yiladigan asosiy talabga aylanadi. Davrning haqqoniy manzarasini yaratish kelajakning spekulyativ sxemalarini yaratishga barham beradi, borliqning mazmun va mohiyatini anglab etishga keng yo‘l ochadi.
Qadim zamonlarda Platon shunday degan edi: «Toki davlatlarda faylasuflar podsholik qilmas ekanlar yoki hozirgi shohlar va podsholar oqilona falsafiy mulohaza yuritishni o‘rganmas va davlat hokimiyati bilan falsafaning mushtarakligi qaror topmas ekan, davlat yovuzliklardan xalos bo‘la olmaydi»2.
Yangi davrda fransuz olimi Rene Dekart (1596–1650) har qanday mamlakat aholisining grajdanlik va o‘qimishlilik darajasi bu erdagi falsafiy tafakkur darajasi bilan belgilanadi, degan fikrni ilgari surgan3. Ingliz faylasufi David Yum (1711–1776) falsafaga bo‘lgan munosabat asosida millatga «tashxis» qo‘yish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Mutafakkirning fikricha, falsafiy bilimga qiziqishning yo‘qligi millat tafakkurining cheklanganligi alomatidir.
Qadimgi yunon falsafasida bilim va xulq-atvor oliy ideali donishmandlik tushunchasi bilan bog‘lanadi. U inson aqliga abadiyat va cheksizlik sari yo‘l ochadi, o‘tkinchi narsalarga sabr-toqatlilikni o‘rgatadi. Aynan donishmandlik yordamida inson munosib va to‘laqonli hayotga erishishi mumkin. Donishmandlikka intilayotgan odam har doim narsalar va hodisalar tabiatiga mos ravishda ish ko‘rishi lozim.
Platon inson tanasi haqida gap borganda tabiblarni, o‘simliklar to‘g‘risida so‘z yuritilganda esa – ziroatchilarni donishmandlar deb ataydi. U o‘zining «ideal davlat» haqidagi nazariyasida jamiyatni uch tabaqaga: davlat arboblari – faylasuflar; soqchilar (harbiylar); dehqonlar va hunarmandlarga ajratadi, bunday davlatda donolik, jasorat, sabr-bardoshlilik va adolat kabi to‘rt tamoyil ustuvor bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Aristotel insonning qadr-qimmati uning aqliy faoliyatida ko‘zga tashlanadi, deb hisoblaydi. O‘z davrining eng dono kishilaridan biri bo‘lgan Sitseron falsafaning mohiyatini quyidagicha tushuntiradi: «Falsafa (donishmandlik), qadimgi faylasuflar ta’biri bilan aytganda, ilohiy va insoniy qilmishlarni ularning sabablari va mohiyatlari nuqtai nazaridan bilishdir»4. Sofistlar falsafani dunyoviy donishmandlik, mulohaza yuritish san’ati sifatida tushungan bo‘lsalar, stoiklar donishmandlikning «amaliy maqsadlari»ga, ya’ni o‘z hayotini oqilona tashkil etishga qaratganlar. Faylasufning so‘zlari insonni azob-uqubatlardan forig‘ etishiga Epikurning ishonchi komil bo‘lgan.
Qadimgi xitoy falsafasida donishmand-faylasuf «szi», ya’ni o‘g‘il, bola deb atalgan. «Tyan sze» - «Osmon o‘g‘li» degan ism ostida yangi podsho paydo bo‘lishi bilan donishmand-faylasufning unga mos keladigan, «szyun szi» - «podsho o‘g‘li» g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi tipi ham paydo bo‘lgan. qadimgi xitoy falsafasining muhim mezoni – «ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o‘rtasida, oilada, jamiyatda, davlatda rioya qilish inson hayotining mazmuni hisoblangan; bunga jamiyatda qabul qilingan me’yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va shu kabilarga izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat yaratgan. Boshqacha aytganda, inson o‘z shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan o‘lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun o‘zini kamol toptirishi darkor.
Qadimgi xitoy falsafasining buyuk namoyandasi Konfutsiy (miloddan avvalgi 551-479 yillar) shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o‘rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so‘nggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis bo‘lsa, qalb rostgo‘y va samimiy bo‘ladi. qalb rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, inson to‘g‘ri yo‘lga kiradi, kamol topadi. Inson to‘g‘ri yo‘lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‘rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi».
Qadimgi xitoy faylasuflaridan yana biri – Lao szi (miloddan avvalgi VI asr boshlarida yashagan): «Boshqalarni biluvchi – oqil, o‘zini biluvchi – donishmanddir», deb o‘rgatadi.
Donishmandlikning tarixan shakllangan gnoseologik, axloqiy va ekzistensial xususiyatlari hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda va e’tibordan soqit etilishi mumkin emas. Donishmandlik fenomeni haqida umumiy tasavvur hosil qilish yo‘lidagi izlanishlar quyidagi natijalarga olib keladi. Donishmandlik kundalik hayotdagi mulohazakorlikka qarama-qarshi qo‘yiladi. U mutlaqo go‘zal va mutlaqo adolatli dunyoning mohiyatini intellektual anglab etishga intilish sifatida, haqiqatni qaror toptirish yo‘lida beg‘araz xizmat qilish sifatida tushuniladi. Bu nainki to‘liq bilim, balki ma’naviy barkamollik, ruhning ichki yaxlitligi hamdir. Bu shunday bir e’tiqodki, unga erishishda insonning butun mohiyati ishtirok etadi. Donishmandlik belgisi sifatida me’yor hissi amal qiladi. Uni intuitiv aniqlash «hayot haqiqati»ni anglab etish sifatida namoyon bo‘ladi. Etuklik donishmandlikning zaruriy sharti hisoblanadi. qisqa va lo‘nda hikmatlarda o‘z ifodasini topuvchi donishmandlik har bir xalq hayotida mavjud bo‘ladi, maslahatlar va pand-nasihatlarning keng to‘plami vositasida uni g‘amxo‘rlik bilan qo‘llab-quvvatlaydi. qadimgi afsonalar, rivoyatlar va hikmatlar ko‘rinishida u avloddan-avlodga o‘tadi va ulardan har birining hayot yo‘lini engillashtiradi.

Download 141.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling