Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati reja: Falsafa fanining predmeti, tuzilishi, funksiyalari va yangi soxalari


Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular


Download 141.05 Kb.
bet14/20
Sana16.06.2023
Hajmi141.05 Kb.
#1495166
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI

Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular:
-avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi;
-o‘rganilayotgan ob’ektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab mo‘ljal oladi;
-kategoriyalar apparatini (o‘z tilini) yaratadi, o‘zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.
Falsafa va fan o‘rtasidagi farq shunda namoyon bo‘ladiki:
falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog‘lanadi, bunda uning g‘oyalari, asarlari o‘ziga to‘q bo‘lishi va ularga boshqa faylasuflar qo‘shilishi yoki qo‘shilmasligiga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e’tibori bilan, jamoa mehnati mahsulidir;
-falsafada (muayyan fanlardan farqli o‘laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu erda fikrlar rang-barangligi me’yor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hech bo‘lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud bo‘ladi;
-falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan faylasuflarning sub’ektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat e’tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan bilimlarni tekshirish yoki rad etish imkoniyatining mavjudligi bu bilimlar haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi;
-falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy bilimlarga aylanadi);
-falsafa aniq prognoz bera olmaydi, ya’ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo‘q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi prognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas.
Falsafaning asosiy masalalari. Falsafani o‘rganayotgan har bir odamda falsafada qolgan barcha muammolarga nisbatan ustunroq ahamiyat kasb etadigan, ya’ni muhimroq, asosiyroq hisoblanadigan masalalar, muammolar mavjud yoki mavjud emasligiga qiziqish ertami, kechmi albatta yuzaga keladi. Bu mavzu nafaqat boshlovchi, balki professional faylasuflar uchun ham diqqatga sazovordir. Ularning orasida kimdir bu mavzuga jiddiy e’tibor beradi, kimdir esa, aksincha, uni muhim deb hisoblamaydi. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning ma’nosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy ta’limotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga qarashliligi va qaysi davrga mansubligidan qat’iy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Download 141.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling