Nazariy dunyoqarash bo‘lgan falsafa, shu bilan birga mantiqiy tizimlashtirilgan dunyoqarash hamdir. Boshqacha aytganda, bu inson va dunyoga bo‘lgan qarashlarning oddiy majmui emas, balki muayyan, ratsional-mantiqiy usul bilan tuzilgan kategoriya (falsafiy tushuncha)lar tizimidir. - Nazariy dunyoqarash bo‘lgan falsafa, shu bilan birga mantiqiy tizimlashtirilgan dunyoqarash hamdir. Boshqacha aytganda, bu inson va dunyoga bo‘lgan qarashlarning oddiy majmui emas, balki muayyan, ratsional-mantiqiy usul bilan tuzilgan kategoriya (falsafiy tushuncha)lar tizimidir.
- Falsafa inson nazariy faoliyatining yagona shakli emas. Fan ham xuddi shu kabidir. Biroq falsafa fandan farqli o‘laroq, nazariylashtirishning yakuniy (oxirigacha oborilgan) turidir. Falsafaning yakuniy nazariyalashtiruvchiligi quyidagilarda ifodalanadi.
- Birinchidan, bu falsafa fanining predmetining xususiyatidadir. Falsafa mavzusi bo‘lmagan biron-bir bilim yoki hayot sohasi mavjud emas. Shuning uchun ham biz tabiatshunoslikning falsafiy muammolari, siyosat va huquqning falsafiy muammolari, tilshunoslikning falsafiy muammolari, texnikaning falsafiy muammolari va boshqalar haqida gapiramiz.
- Ikkinchidan, bu turli hodisa, voqyea va jarayonlarning yakuniy umumiy ta'rifi va tushuntirishdir. Falsafani hamma narsa emas, eng avvalo umumiy, universal hodisalar qiziqtiradi. Falsafa xususiy muammolar bilan shug‘ullanmaydi. Xususan, rivojlanish mexanizmini o‘rgana turib, u biron-bir rivojlanishning xususiy sohasi (masalan, biron-bir muayyan til rivoji yoki umurtqali hayvonlar asab tizimining rivojlanishi)ga daxl qilmasdan, rivojlanish kategoriyasini universal qonuniyat darajasigacha tahlilini chiqaradi. Nazariy tahlilni umumiylik darajasigacha yetkazish uchun falsafa tomonidan maxsus kategoriyalar - umumiy tushunchalar: borliq, sifat, mohiyat, sabab, zarurat va boshqalar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |