Falsafiy dunyoqarashning o'z-o'zini anglashdagi roli. Insonning ma'naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli


Falsafa qonun va kategoriyalariningijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli


Download 254.09 Kb.
bet5/15
Sana06.11.2023
Hajmi254.09 Kb.
#1752300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
30 ta Falsafiy dunyoqarashning o

Falsafa qonun va kategoriyalariningijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli
Falsafa tarixida kategoriyalarga nisbatan turli yondoshuvlar. Sharq an'anasida ham, qadimgi Yunonistonda ham dialektika kategoriyalarining juftli xususiyati va ularning ziddiyatli munosabatlarini anglashga harakat qilingan. Dialektika kategoriyalariga xos bo‘lgan qarama-qarshiliklar birligini tushuntirishga urinishlar jarayonida fikrlash va borliqning qarama-qarshiliklarini birlashtiruvchi yagona asosni topish yo‘lida izlanishlar olib borilgan. Mazkur yondashuv natijasida dialektika kategoriyalari umumiy va fundamental xususiyat kasb etib borgan.
Dialektika kategoriyalarini tizimga solish va formal-mantiqiy fikrlashning umumiy qonunlarini ishlab chiqishga ilk urinish Aristotel ijodi bilan bog‘liq. Falsafa tarixida Aristotel antik falsafani tizimga soluvchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning «Organon» asari ishonchli, haqiqiy bilim olish vositasi sifatida qaralgan. («Organon» - lot. orqanum - qurol, asbob, Aristotel mantiqiy asarlarining umumiy nomi.) Bu asarda Aristotel, xususan, formal-mantiqiy qonunni ta'riflab, haqqoniy fikrlash ziddiyatsiz fikrlash demakdir deb ta'kidlagan. Ammo «Metafizika» asarida (lot. metaphisica – butun borliqning ilk asoslari haqidagi ta'limot) Aristotel olamning umumiy asoslariga tavsif berishga harakat qiladi va falsafiy kategoriyalar materiya, shakl, sabab, zaruriyat kabilar haqida so‘z yuritadi, bu kategoriyalarga ularning ichki qarama-qarshiliklarini tushunishni nazarda tutuvchi ontologik ma'no yuklaydi. Bundan fikrdagi ziddiyat u yanglish ekanligining bosh belgisi, borliqning ziddiyatligi haqidagi ta'limot esa – u haqqoniy ekanligining bosh belgisi, degan xulosa kelib chiqadi. Biroq borliq ziddiyatlari haqidagi fikr qanday qilib ziddiyatlardan xoli bo‘lishi mumkin? Hamonki u borliqning ziddiyatligiga ishora qilmas ekan, u qanday qilib haqqoniy bo‘lishi mumkin? Shu tariqa falsafiy kategoriyalar va formal mantiq kategoriyalari o‘rtasida farq yuzaga keladi. Keyinchalik bu farq formal va dialektik mantiq o‘rtasidagi ziddiyatga aylanadi. Formal mantiq biz qanday fikrlashimiz lozimligini ko‘rsatib, normativ funksiyani bajarish uchun mo‘ljallangan fikrlash qonunlari bilan cheklanadi. Dialektik mantiq ham fikrlash va bilish metodlariga qo‘yiladigan talablari bajarilishi lozimligini ko‘rsatadi, biroq ayni vaqtda u dialektik mantiq qonunlari nafaqat bizning tafakkurimizda, balki narsalarning o‘z tabiatida ham amal qiladi, degan fikrga asoslanadi.
Yangi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili. Yangi davrda fan yanada rivojlanadi. Uning bosh vazifasini olimlar tabiat qonunlarini aniqlashda ko‘radilar. Insonning aqli tabiat hodisalarining o‘xshash o‘zaro ta'sirlarida muqarrar tarzda takrorlanuvchi barqaror aloqalar mavjudligini qadim zamonlardayoq payqagan edi. Bunda muhim, takrorlanuvchi xossalar fan va falsafa kategoriyalarida qayd etiladi, ularning o‘rtasidagi takrorlanuvchi aloqalar esa tabiat qonunlari sifatida tushuniladi. Fan va falsafa qonunlari muhim xossalariga ko‘ar o‘xshash, ikkinchi darajali xossalariga ko‘ra esa bir-biridan farq qiladigan tabiiy jarayonlar rang-barang variantlarining ideal invarianti1 hisoblanadi. Yangi davr faylasuflarining asosiy e'tibori ilmiy bilish metodologiyasi muammolariga qaratiladi. Bunda yuzaga keladigan eng katta qiyinchilik ziddiyatlar birligi anglab yetilmagan, empirizm va ratsionalizm dialogi esa empirizmning tantanasi bilan tugagan empirik va nazariy bilimning o‘zaro nisbati muammosidir.
XVII-XVIII asrlarda ilmiy bilimning aksariyat tarmoqlari ilmiy dalillar yig‘ish darajasida bo‘lgan. Aksariyat hollarda dunyo turli-tuman o‘zgarmas narsalar va takrorlanuvchi jarayonlarning mexanik to‘plami sifatida tasavvur qilingan, bunda narsalar va jarayonlar o‘rtasidagi aloqalar doim ham teran asoslanmagan. Olamning ichdan ziddiyatliligi haqidagi tasavvur ko‘p jihatdan yo‘qolgan, qarama-qarshiliklar yo inson tafakkurining norasoligi, yo ayrim narsalar to‘qnashuvi sifatida anglangan. Rivojlanish o‘zgarmas narsalar va jarayonlarning aylanma harakati sifatida tushunilgan. Matematik bilimning ravnaq topishi olimlar e'tiborini tabiiy hodisalarning sifat jihatidan o‘ziga xosligiga emas, balki asosan ularning miqdor jihatiga qaratishga da'vat etgan. Shunday qilib, qadimgilar dialektikasi o‘rnini ma'lum darajada dialektikaning muqobili sifatida tushuniladigan «metafizika» egallaydi. Shuni ta'kidlash lozimki, «metafizika» atamasi odatda yo falsafa sinonimi sifatida, yo falsafa bo‘limi - ontologiya sifatida tushuniladi. Marksistik an'anada «metafizika» atamasi salbiy ma'no kasb etdi: dogmatizm, tafakkurning torligi, eski, qotib qolgan qarashlarga sodiqlik sifatida talqin qilindi. Yangi davr falsafasi va fanining mazkur tavsifi haqiqatga uncha mos kelmaydi, zero Yangi davr ilmiy bilimi falsafiy tafakkur tarkibidan uning ajralmas qismi sifatida o‘rin olgan tushunchalar apparatini yaratdi.

Download 254.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling