Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G’arb falsafasi tayyorladi: 208-guruh talabasi Yuldasheva Parizoda


Download 0.73 Mb.
bet2/2
Sana30.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#178188
1   2
Bog'liq
FALSAFA 3-mavzu

Tahliliy pozitivizm -  tahliliy pozitivizmning asosiy maqsadi, fanning tili va tamoyillarini ishlab chiqishga qaratilgan. U ilmiy nazariyalarning mantiqiy strukturasi va fanning ahamiyatini tadqiq qiladi.

Neopozitivistlar ilmiy mulohazalarning ahamiyatini   ko‘rsatish, aniqlash maqsadida verifikatsiya prinsipini taklif qilishdi, keyinchalik mantiqiy pozitivistlar ushbu prinsipni “tasdiqlash” yoki “sinab ko‘rish” tamoyili sifatida qabul  qilishdi. Unga ko‘ra   biror bir mulohaza  yoki faraz, tajribada sinab ko‘rilgandagina haqiqat sanaladi. Lekin mantiqiy pozitivistlar   tajribani o‘ziga xos tor doirada talqin qilganlar. Bu ma’noda mantiq va matematika olimlar o‘rtasidagi o‘zaro konvensiya, ya’ni, kelishuv va hamjihatlikka asoslanadi. Keyinchalik ushbu g‘oyaga tayangan yangicha pozitivizm vakillari, bilimlarni unifikatsiya qilish tamoyilini ilgari surdilar va bu tamoyil bugungi kunda xam o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.



Ekzistensializm -  pessimistik falsafa sifatida  vujudga keldi.  Ushbu yo‘nalish zamonaviy sivilizatsiya sharoitida, keskin qarama-qarshiliklar ichida inson mavjudligi muammosiga e’tibor qaratadi.  Ekzistensializm yo‘nalishi vakillari: Karl Yaspers, Martin Xaydegger, Jan Pol Sartr, Alber Kamyu, Gabriel Marsel va boshqalar.  Ekzistensializm XX asr dramatizmining falsafiy ifodasi, borliq va yo‘qlik, o‘lim va hayot o‘rtasidagi insonning  qarashlari sifatida maydonga keldi. Uning markaziy muammolaridan biri bu insoning jamiyatdan begonalashuvi. Begonalashuv -     ko‘p yoqlama tushuncha bo‘lib,  u individning o‘zi ustidan hukmronlik qilayotgan bosimga qarshi faoliyat,  davlat, turli mehnat tashkilotlari, ijtimoiy insitutlar, o‘zi kabi boshqa individlarga  nisbatan isyon sifatida namoyon bo‘ladi.  Ekzistensializm   individning tashqi dunyodan begonalashuv holatini: qo‘rquv, befarqlilik, apatiya, yolg‘izlik kabi kechilmalarni chuqur tahlil qiladi.  Xaydeggerga ko‘ra, qo‘rquv, bezovtalik,   xavotir  inson va olamning sub’ektiv borlig‘ini tashkil etadi.

Bu sub’ektiv borliq birlamchi bo‘lib,  inson xatti-harakatini belgilaydi. Xaydegger “olamdagi borliq”, “boshqalar borlig‘i” kabi tushunchalar tizimini keltiradi. inson qachonki,  jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ustanovkalardan voz kechgandagina  ya’ni, o‘zini mangu emasligini anglagandagina  borliq , mavjudlik tushunchasini xis qiladi.  Yaspersga ko‘ra bu jarayon  insonning o‘z individualligini izlashi bilan bog‘liq. Inson individualligi nafaqat fan, balki falsafaning ham ob’ekti bo‘la olmaydi. Chunki, inson xatti-harakati mohiyatan “oliy iroda” xudo tomonidan xarakatlantiriladi.  Inson ushbu individuallikni chegaradosh vaziyat, ya’ni o‘lim bilan  yuzma-yuz kelgandagina xis etadi. Fransuz yozuvchisi Alber Kamyu esa, hayot yashashga arziydimi yo‘qmi degan savol qo‘yadi. Keyinchalik u inson hayoti bema’ni degan xulosaga keladi. Kamyu, Sartr, Marsel chegaradosh vaziyatlarni butun insoniyatga xos deb baholashadi. Bu ma’noda ekzistensionalizm vakilari  glabal olamdagi keskinliklarni, individ va jamiyat orasidagi tarangliklarni  yumshatish yo‘li bilangina  insonga yordam berish mumkin  degan xulosani ilgari suradilar.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling