Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Reja


Qadimgi Misr va Bobil falsafiy fikr ildizlari


Download 25.6 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi25.6 Kb.
#1583822
1   2   3   4
Bog'liq
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari

Qadimgi Misr va Bobil falsafiy fikr ildizlari.
Misr tarixi Qadimgi, O‘rta va Kichik hoqonlikka bo‘linadi. Qadimgi hoqonlik eramizgacha bo‘lgan 2900-2200 yillarni o‘z ichiga oladi. O‘rta hoqonlik IX-XVI dinastiyalaridan tashkil topib, 2200-1600 yillarni, yangi hoqonlik XVII-XX dinastiyalaridan tarkib topib, 1600-1100 yillarni qamrab oladi. Mustaqil Misr tarixi XXVI-dinastiya (665-525y) bilan tugaydi. Bu davrda Misr markazi Sais bo‘lgan. Shuning uchun ham XXVI - dinastiyadagi Misr Sais Misri deb ataladi.
Qadimgi Misr fani rivoji piramidalar misolida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ularning eng ulkani Xeops piramidasi bo‘lib, uning balandligi 146 metrdir. U 2,5 mln ohak va granit toshlaridan (bloklaridan) qurilgan bo‘lib, har biri 2,5 tonnadan 54 tonnagacha og‘irlikka ega. Bu piramida 20 yil davomida 30 ming kishining mehnati bilan qurilgan. Piramidalar qurilishida misrliklarga 1000000 soni ma’lum bo‘lgan.
Misrlik astronomlar osmonni kuzatishgan, u amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, Nil daryosining har yilda toshishi Misr osmonida eng yarqin yulduz-Siriusning paydo bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan. Misrlik olimlar ekliptika–Quyoshning yulduzlar to‘plamidagi ko‘rinishidan kelib chiqib, uni 12 qismga bo‘lishgan va ular yig‘indisi Zodiakni, ya’ni “xayvonlar doirasi”ni hosil qiladi, deb hisoblashgan. Ekliptikadagi har bir yulduzlar turkumiga qandaydir bir hayvon nomi berilgan. 1,5 ming yil davomida Misr olimlari 373 marta Quyosh, 832 marta Oy tutilishini kuzatishgan.
Qadimgi Misr kalendari 12 oydan tashkil topgan bo‘lib, ularning har birida 30 kun bo‘lgan. Yil boshida hech bir oyga kirmaydigan beshta muqaddas kun bo‘lgan. Keyinchalik Quyosh-Oy kalendari yaratildi. Oy kalendarini Quyosh kalendariga moslashtirish uchun har 25 yilda 13-oy qo‘shilgan. Sutka vaqti Suv va Quyosh soatlari bilan o‘lchangan.
Qadimgi Bobilda ham, Qadimgi Misrda ham ilm bilan shug‘ullanish kohinlarning ishi deb sanalgan.
Qadimgi Misr lirikasi ham yaxshi rivoj topgan.U o‘zining dunyoqarash mazmunga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, “Arfist qo‘shig‘i”da olamning diniy-mifologik manzarasi shubha ostiga olinadi. Unda aytiladi: “Hech kim hali u yoqdan kelib, unda nimalar borligi to‘g‘risida, ularga nima kerakligi haqida hech nima demagan, qalblarimizni tinchlantirmagan”3. Qo‘shiqda “o‘lganlardan hech biri qaytib kelmagan”4 deyiladi. Tirik ekansan, qalbing xoxishiga qarab ish ko‘r, deb aytiladi.
Lekin boshqa bir asarda-“O‘lim maqtovi”da narigi dunyoning mavjudligi to‘g‘risida mulohaza bor: “Vaqt uyqu singari lip etib o‘tib ketadi va Quyosh botar


Download 25.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling