Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari sharq falsafasi
Mintaqamizdagi dastlabki falsafiy fikrlar
Download 35.75 Kb.
|
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari - sharq falsafasi
2. Mintaqamizdagi dastlabki falsafiy fikrlar
O’rta Osiyo jahonning ilm-fan, falsafa, din, adabiyot va san’ati qadimdan rivojlangan, tarixi nihoyatda boy mintaqalardan biridir. Ko’plab hujjatlar, muhim og’zaki va yozma manbalar, turli asori-atiqa obidalaridan ma’lum bo’lishicha, Dneprdan Oltoygacha bo’lgan, jumladan, O’rta Osiyoda skiflar, Kaspiy orti tekisligida massagetlar, ulardan sharqda esa saklar, so’g’dlar, baktriyaliklar, xorazmiylar, parkanaliklar yashaganlar. Ular bir necha ming yillar ilgari sug’orishga asoslangan dehqonchilik hamda chorvachilik, ovchilik-baliqchilik bilan shug’ullanganlar. Hozirgi tojik, o’zbek, turkman ajdodlarining sug’orma dehqonchilik madaniyati shu qadar rivoj topganki, hatto birgina Araks (hozirgi Amudaryo) havzalarida juda ko’plab sun’iy sug’orish inshooatlari qazilib, cho’l va sahrolarga suv chiqarilgan. Shu tariqa moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratilgan. Ajdodlarimiz yashagan hududlarda qadimdan xilma-xil madaniyat o’choqlari tarkib topgan va rivojlangan. Miloddan avval III-ming yillikda mintaqamizning markaziy va shimoliy hududlarida qishloq xo’jaligi bilan birga hunarmandchilik, konchilik, mis va temir eritish, metallardan har xil harbiy va mehnat qurollari yasash, kemasozlik, tikuvchilik, binokorlik, zargarlik ham taraqqiy eta boshlagan. Sug’diyona, Baqtriya, Xorazm kabi davlatlar, Toshkent, Xiva, Marokand (Samarqand), Kiropol (hozirgi O’rtatepa) va boshqa shaharlar paydo bo’lgan. O’rta Osiyo xalklarining buyuk madaniy muvaffaqiyatlaridan biri yozuvning ixtiro qilganligi bo’ldi. Yozuvning ixtiro qilinishi, inson bilim doirasi va dunyoqarashining kengayishi va chuqurlasha borishiga xizmat qilgan. Avlodu ajdodlarimizning hayoti, urf-odatlari va an’analari, madaniyati, tili va tarixini badiiy-falsafiy jihatdan o’ziga xos tarzda aks ettiradigan og’zaki ijodiyoti nihoyatda boy va rang-barangdir. Miflar, afsonalar, qahramonlar to’g’risidagi dostonlar, to’y-sayillar, xalq, yig’inlari, bayramlar, safarlarda aytilgan qo’shiq va laparlar, lirik she’rlar, maqol va matallar, masal va topishmoqlar xalq og’zaki Xulosa O’rta Osiyoda bir necha asrlar osha yuzaga kelgan mif va afsonalar insoniyat ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga, xususan, qaxramonlik haqidagi dostonlar paydo bo’lishiga zamin bo’lib xizmat qiladi. “To’maris”, “Shiroq”, “Zariadr va Odatida”, “Zarina va Striangiya”, “Uch og’a-ini botirlar”, “Manas”, “Qaxramon”, “Malikai Husnobod” kabi qissalar, “Alpomish”, “Qirqqiz”, “Go’ro’g’li”, “Avazxon”, “Chambil qamali”, “Oysuluv” singari dostonlarda ham milliy, ham umuminsoniy ahamiyatga ega bo’lgan falsafiy g’oyalar ilgari surilgan. Qahramonlik haqidagi dostonlar, ertaklar, rivoyat va afsonalarning falsafiy mohiyatini belgilaydigan, ularning asosiy negizini tashkil etadigan umumiy g’oya — inson uchun jondan aziz hisoblangan muqaddas dargoh — Vatanning istiqloli, erki va mustaqilligi uchun ajnabiy dushmanlarga qarshi murosasiz kurashish jamiyat har bir a’zosining oliy insoniy burchi ekanligi haqidagi fikrmulohazalardir. O’rta Osiyo xalqlarining Eron ahmoniylari bosqiniga qarshi kurashini badiiy aks ettiruvchi To’maris va Shiroq to’g’risidagi rivoyatlar aytib o’tgan fikrimizga misol bo’ladi. Download 35.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling