Familiya: Ism


 –ov, ala qo`shimchasi qaysi sonlarga


Download 268.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.02.2023
Hajmi268.51 Kb.
#1200552
1   2   3   4   5
Bog'liq
son so\'z turkumi imtihon test

19. –ov, ala qo`shimchasi qaysi sonlarga 
qo`shilmaydi?
A) o`n B) uch, C) yetti D) yigirma
20. Qadimda ishlatilgan lak va tuman sonlari 
sonning qaysi ma`no turiga mansub?
A) chama son B) sanoq C) tartib D) dona
21. Qaysi gapda narsalarning tartibini 
bildirgan son mavjud?
1. Ikki soatlar eshakda yurib, tog’dan tog’ga o’tib 
andak toliqqan edim.
2. Yetimlik nimadir, bizlardan so’ra, O’ninchi 
yillarning sargardonligi…
3. Globusda bo’lgan har kichik nuqta, Millionlab 
qondoshga Vatan, albatta.
4. Beruniy Amerika qit’asining borligini 
Kolumbdan 450 yil avval taxminlagan.
A) 2 B) 1,2,3,4 C) 1,2 D) 2,4


22. Bulbulning maqomlari, kuylari to’qqiz yuz 
to’qson to’qqiz emish…
Gapdagi sonning ma’no turini aniqlang.
A) kasr son B) sanoq son
C) chama son D) jamlovchi son
23. Saidiy kelganda Murodxo’ja domla, 
to’rt…gina sigirni sog’ib eplamagan xotinining 
palpisligidan koyib urishmoqda edi.
Nuqtalar o’rniga son qo’shimchalaridan mosini 
qo’ying. 
A) –tadan B) –ta C) –tacha D) –ala
24. Ibrohim Lodi shu fillari va askarlari bilan 
bultur Dehli bo’sag’asida Olamxon, Dilovarxon 
va boshqa dushmanlarining qirq ming kishilik 
qo’shinini tor-mor keltirgan edi.
Gapdagi sonning turini aniqlang.
A) dona son B) chama son
C) sanoq son D) jamlovchi son
25. Qiyshayib yotgan uchinchi aravada faqat 
dekcha-yu, belkurak-u ketmonlar qolibdi.
Gapdagi sonning turini aniqlang.
A) son mavjud emas B) sanoq son
C) tartib son D) jamlovchi son
26. Qaysi qatorda hisob so’z mavjud?
A) bir savat non B) o’n chelak suv
C) o’n metr atlas D) A, B, C
27. Kasr son mavjud gapni aniqlang.
1. Oilada kimda kim sahar soat to’rt yarim-
beshlarda uyg’onsa, o’sha kartochkani olib, yuzga 
yaqin odamdan iborat navbatga chopadi.
2. Yo’lning kengligi 10,5 metrni tashkil qiladi.
3. Ularning to’rtdan uch qismi o’z ahamiyatini 
yo’qotdi.
4. Birinchi kuni gazlamaning to’rtdan bir qismi
ikkinchi kuni qolgan gazlamaning beshdan bir 
qismi sotildi.
A) 1,2,3,4,5 B) 3,4 C) 1,2 D) 2

Download 268.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling