Familiya, Ism


Download 8.66 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi8.66 Kb.
#1606604
Bog'liq
test.208


Familiya, Ism__________________________________________________________
Guruh__________________________

Testlar
1.Bo’yung sarv-u sanubartek, beling qil,


Vafo qilgan kishilarga vafo qil. Baytda qo’llangan she’riy san’atlarni aniqlang.
A) tajnis, ishtiqoq, B) tashbeh, tashxis
C) tazod, tashbeh, D) tashbeh, tajnis,
2.Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu?
Og‘iz yo g‘unchai xandonmidur bu? Baytda qo’llangan she’riy san’at va uning muallifini toping.
A) husnu ta'lil B) tashxis
C) tajohil ul-orif D) istiora
3. Mumtoz adabiyotimizda tajnisga tayanadigan maxsus janr qaysi?
A) fard B) tuyuq C) ruboiy D) g’azal
4. Tajnis she’riy san’ati qo’llanilmagan qatorni belgilang.
A) Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin,
Necha bo‘lg‘ay bu ko‘zim muntazir, och.
B) Ko‘z yoshim tuproq ila gar qotila
Kelmagayman javridin, haqqo, tila.
G‘amzasi o‘ltirdi-yu, ul bexabar,
Men agar o‘lsam, ne g‘am ul qotila.
C) Olma yanoqing ko‘rgach, men bandi nechuk o‘lmay?
Bodom ko‘zi fitna, pista dahani nozuk.
D) Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob,
Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda.
5.Atoiy qalamiga mansub quyidagi baytda qo’llangan badiiy san’atlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
Jahonni tutti Yusufdek jamoli,
Malohat Misrida sultonmudur bu?
A) tashbeh, tajnis B) tashbeh, tazod
C) talmeh, tazod D) talmeh, tashbeh
6. Oybekning “Na’matak” nomli she’ridan keltirilgan quyidagi misralarda qanday badiiy san’at qo’llangan?
Yuksakda raqs etar bir tup na’matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
A) talmeh B) tashxis C) tazod D) iyhom
7.Parchada qo’llangan she’riy san’atni toping.
Bunda oq birla qaro,
Zulmat, ziyo, shoh-u gado,
Jang qilurlar doimo,

Ul yon o’zing, bul yon o’zing. (E.Vohidov)


A) irsoli masal B) talmeh
C) tazod D) tajnis
8. Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil,
Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. Baytda qanday san’atlar qo’llangan?
1) tazod; 2) talmeh; 3) tanosub; 4) tajnis; 5) ruju; 6) tashbeh
A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 3, 4, 6 D) 1, 4, 6
9. Radd ul-sadri ilal-ajuz san’ati qo’llanilgan baytni toping.
A) Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar,
Vafoli qulni asrar podsholar.
B) Menga dushvor erur sensiz tirilmoq,
Senga men bo‘lmasam, ey jon, ne g‘amdur.
C) Ishq ichra oning fidosi yuz jon,
Har jonki, sango fido bo‘lubtur.
D) Men bu yuz mushtoqidurmen,bog‘-u bo‘stonkim bo‘lur,
Bo‘lmasin nasrin-u lola, arg‘uvon sizsiz menga.
10.Janobi shahg‘a keldim bu jihatdan,
Ko‘zim yoshiga toya-toya navro‘z. (Ogahiy)
Ushbu she’riy baytda qo‘llangan badiiy san’atni toping.
A) tazod B) mubolag‘a
C) talmeh D) tashbeh
Download 8.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling