Fan : Kimyo. Sana 9 – sinf
Download 1.08 Mb.
|
9-sinf kimyo konspekt
Osh tuzi kristalining tuzilishi. Suv molekulasining qutbli ko‘rinishi. Demak, eritmada osh tuzi kristallari suvning qutblangan molekulalari ta’sirida erib gidratlangan ionlarni hosil qiladi.Vodorod va metallar elektron berib, ammiak esa o‘zining xususiy juft elektroni hisobiga proton biriktirib olib kationlarga aylanadi (H+, Na+, Zn2+, Al3+, NH4+).Musbat zaryadlangan ionlar elektr manbaining katodi tomon harakatlanadi (shuning uchun biz musbat ionlarni kation deymiz). Manfiy zaryadlangan ionlar elektr manbaining anodi tomon harakatlanadi (shuning uchun biz manfiy zaryadlangan ionlarni anion deymiz). Elektrolitlar (tuzlar va ishqorlar) suyultirilganda ham ionlarga ajraladi. Buning sababi modda suyultirilganda zarrachalarning tebranma harakati kuchayib ular orasidagi bog‘lanish zaiflashib qoladi va eletrolit ionlarga oson ajralib ketadi. Kislotalar kuchli qutblangan molekulalardir, ular ham suvda eriganda ionlarga ajraladi, ammo tuzlar va ishqorlarning suvda erishida sodir bo‘lgan hodisadan farq qiladi. Vodorod xlorid suvda eriganda molekulasidagi vodorod elektronini qoldirib, suv molekulasiga ko‘chib o‘tadi. Natijada xlorda 1 ta elektron ortiqcha bo‘lgan xlor ioni va 1 ta proton (vodorod atomining yadrosi) qo‘shilgan H3O+ (gidroksoniy) ioni hosil bo‘ladi. Demak, suvda HCl, HBr, H2S, HNO3, H2SO4 va boshqa kislotalar eriganda H3O+ (gidroksoniy) ioni hosil bo‘ladi: H3O+ ↔H++H2O Gidroksoniy ioni suv va vodorod ionini hosil qiladi. Donor-akseptor bog‘lanish mavzusini o‘rganish davomida siz H3O+ ni donor-akseptor bog‘lanishli modda ekanligini bilib olgansiz. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling