Fan : Mikroiqtisodiyot mustaqil ish mavzu: Mehnat bozori Guruh
Download 73.48 Kb.
|
mikroiqtisodiyot f
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI Fakultet : Iqtisodiyot Fan : Mikroiqtisodiyot MUSTAQIL ISH Mavzu: Mehnat bozori Guruh: IK-421 Bajardi: Tursunov F Tekshirdi: Ablaizov A SAMARQAND 2022 Reja: Mehnat bozorining mohiyati va mehnat munosabatlari Mehnatga bo’lgan talab va mehnat taklifi Ish haqi Mehnat bozori bu- mehnatga qobilyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida mehnatgaqobilyatlarini xarid qilish – sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o’rtsidagi nisbatlrni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijmoiy iqtisodiy tizmchasidir. Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollshdagi raqobat. Talab agrosanoat majmuasi, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va iqtisodiyotning boshqa sohalarining mehnat bozoriga buyurtma etgan ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo'jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta'minlangan ehtiyojning hajmi va tarkibini aks ettiradi. Taklif yollanma sharti bilan ishga ega bo'lishdan manfaatdor bo'lgan qishloq ishchi kuchining miqdor va sifat ( soni , jinsi, yoshi , ma'lumoti , kasbi , malakasi , millati ishlab chiqarish, daromadi va boshqalar bo'yicha ) tarkibini ifodalaydi. Shuni ta'kidlash joizki, « mehnat bozori » tushunchasining ijtimoiy iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining tizimli tadqiqoti mazkur bozorni o'tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi: ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish; - bozor uslubida xo'jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish; mehnat resurslarining oqilona bandligini ta'minlashga bevosita ta'sir ko'rsatish; - ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko'maklashis; ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o'zgartirish. Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi mehnat bozori shakllanishining asosiy sharoiti yoxud shartidir. Shu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta'sir ko'rsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografi, tabiiy - iqlimiy va huquqiy shart - sharoitlar va omillar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq ko'rib chiqamiz. Mehnat bozori shakllanishining asosiy iqtisodiy shart sharoiti bo'lib, yollanma xodimlarni o'z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi . Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur subyektlarni o'zaro almashuv munosabatiga kirishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy iste'molchilik yotadi. Ular ham o'z navbatida qayta qator ishlab chiqarishda aholi ijtimoiy - iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyojining ifodalanishi bo`ladi. MBining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o'rtasidagi muvozanatga erishish uchun o'zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo'lishlarini taqozo etadi. Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi – menat bozori shakllanishining asosiy shakllanishining asosiy shartidir. Ishchi kuchi talab va taklifi o’rtasidagi bozor muvozanatiga erishish mehnat bozorining shakllanishiga hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. 2. Mehnatga talab muayyan vaqtda necha nafar ishlovchilarni qancha ish haqi to‘lash sharti bilan ishga qabul qilinishi mumkinligini bildiradi. Mehnatga talab u keltirgan foydaga bog‘liq va doimo o‘zgarib turadi. Ish haqi yuqori bo‘lsa, mehnatga talab qisqaradi, agar u past bo‘lsa, aksincha, talab ortadi. Past ish haqi sharoitida albatta foyda ortadi. Ish beruvchilar ish haqini kamaytirishga intilsa, ishchilar uni oshirishga intiladi, chunki har qanday tovar egasi uni yaxshi pullashga harakat qiladi. Ammo ish haqi ortgan sharoitda ham mehnatga talab ko‘payishi mumkin, chunki ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligi tezroq ortib borishi yuz beradi. Natijada ish haqiga ketgan qo‘shimcha sarfni mehnat unumdorligining ortishi qoplaydi va hatto uning tejalishiga ham olib keladi. Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab bu firmalarning ishchi kuchiga talabidir. Taklif ishcchilar tomonidan bo’ladi. Mehnat bozorida monopsoniya – bunday hol ko’proq kichik shaharlarda uchraydi. Shaharlarda yagona ishlab chiqarish korxonasi bo’lib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan taminlaydi. Shaharda boshqa ish joylari kam bo’lganligi uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor vaziyatiga yaqin bo’ladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi yagona korxona bo’lganligi uchun u ish haqiga ham tasir qilaoladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar o’rtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan tushuradi. Bunday holda umumiy o’rtacha ish haqi oshadi, lekin ishchilarni ishga yollash soni qisqaradi. Minimal ish haqini o’rnatilishini va uni oshirilishini kasaba uyushmalari ham ko’pincha talab qilib chiqadilar. Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat holat E nuqtada o’rnatiladi. E nuqtada talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatida, Le ishchi We miqdordagi ish haqi bilan taminlanadi. Monopolistik mehnat bozori – amalda kasaba uyushmalarini monopolist deb qarash mumkin. Ular ishchilarga tasir o’tkazib, mehnat taklifini qisqartirib, ish haqini oshirishga harakat qiladilar. Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat E nuqta o’rnatiladi va Le ishchi ish bilan taminlanib, We ish haqi oladi. Mehnat bozorida kasaba uyushmalari monopol hokimyatga ega bo’lganligi uchun, u band bo’lgan ishchlar sonini Le dan Lm ga qisqartirib, ish haqini We dan Wm ga oshirishi mumkin. Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya – monopsonist firmaga ishchi kuchini taklif qiluvchi monopolist kasaba uyushmasi turadi. Ish haqi – yollangan xodimlarni malum miqdordagi va sifatdagi mexnat hizmatlarini bajatgani uchun pul hisobidagi daromadlarning asosiy manbaidir. Shuningdek qo'shimcha yollangan bitta ishchi kuchidan olinadigan qo'shimcha daromad mehnatning Chekli daromadliligi deyiladi va u MRPL orqali belgilanadi: MRPL MPL MR Bu yerda : MRPL- mehnatning Chekli daromadliligi; MPL - mehnatning Chekli mahsuloti; MR Chekli daromad. Chekli daromadning kamayish qonuniga ko'ra mehnatning Chekli mahsuloti ish vaqti uzayishi bilan kamayib boradi . Demak , MRPL chizig'i narx oʻzgarmasa ham pastga qarab yo'nalgan bo'ladi . Mehnatni Chekli daromadliligi MRPL dan ishchilarni yollashda foydalanish mumkin . Agar firma oʻz foydasini maksimallashtirmoqchi boʻlsa u yollashni mehnatni Chekli daromadliligi ish haqiga teng boʻlganga qadar davom ettiradi, yani: MRPL = W, bu yerda W - ish haqi. Agar MRPL MRC = W * = MRPL, bu yerda: MRC - firmaning mehnatga boʻlgan Chekli xarajati. Ish haqining o'zgarishi ishchi kuchiga boʻlgan talabni oʻzgartiradi. Agar ish haqi Wo dan W₁ gacha oshsa yollanadigan ishchilar soni Lo dan Li gacha qisqaradi; agar ish haqi W2 gacha pasaysa , ishdagi ishchilar soni L2 gacha oshadi. Mehnat qilish va dam olish oʻrtasidagi bogʻliqlik. Har bir ishchi oldidagi masala, bu qancha ishlab, qancha dam olish muammosidir. Agar sutkada 24 soat boʻladigan bo'lsa, ishchi 24 soat ishlasa, u M so'mga teng bo'lgan maksimal daromad olishi mumkin. Agar u ishlamasa, uning maksimal dam olishi bir sutkaga, ya'ni 24 soatga teng boʻladi . Ishchining " daromad va bo'sh vaqti " byudjet chizig'ini MN chizig'i orqali ifodalash mumkin . Ma'lumki, ishchi har doim sutkasiga 24 soat ishlayvermaydi. Tabiiyki, ishchining ish vaqti chegaralangan bo'ladi, u ma'lum vaqt dam olib, o'zining ishlash qobiliyatini tiklash kerak bo'ladi. Bundan tashqari, dam olish uning ma'naviy o'sishini ta'minlaydi. Demak , ishchi ma'lum vaqt ishlab, ma'lum miqdorda naf olsa ( daromad olsa ), u ma'lum vaqt dam olganda ham qandaydir naf oladi ( ma'naviy o'sish , zavqlanish ). Demak, ishchini qancha vaqt ishlab, qancha vaqt dam olishi kerakligi to'g'risidagi masalani quyidagicha qoʻyish mumkin: Ishchining ishlash vaqti va dam olish vaqtidan bog'liq naflilik funksiyasini quyidagicha yozamiz: U = U ( t , T ) bu yerda: U - naflilik funksiyasi; t - ish vaqti ; T - dam olish vaqti. Demak, ishchi sutkadagi 24 soatni ish vaqtiga va dam olish vaqtiga shunday taqsimlashi kerakki , natijada u maksimal naf olsin: U = U ( t , T ) = max. Quyidagi shart bajarilgan: t + T ≤ 24. Optimal yechimga ko'ra, dam olish vaqti te soatga teng bo'lsa, ish vaqti TE = 24 - te ga teng. Ishchining bir soatlik ish haqi W so'mga teng bo'lsa, uning umumiy daromadi quyidagicha topiladi: Re=W ( 24 - Te ). Ishchi naflik funksiyasini maksimallashtiradi, agar bo'sh vaqt bilan daromadni Chekli almashtirish normasi MRSLR ish haqi W ga teng bo'lsa , MRSlr = W. Faraz qilaylik, ish haqi stavkasi Wo dan W₁ ga oshdi . Byudjet chizig'i NM , holatga siljiydi . Agar biz M₁ N byudjet chizig'iga parallel boʻlgan va U₂ befarqlik chizig'i bilan kesishadigan AV byudjet chizig'ini o'tkazsak , daromad va o'rnini bosish samarasini aniqlashimiz mumkin . O'mini bosish samarasi bo'sh vaqtni qisqarishi va ish vaqtining ortishi natijasida daromadning o'sishi bilan ifodalanadi , ya'ni , ma'lum miqdordagi bo'sh vaqt ish vaqti bilan almashtiriladi . 16.5 - rasmda bu t₂ 162 dan to ga siljishini ifodalaydi , ya'ni , ish vaqti T₁ = 24 - t₂ va T₂ - 24 - t gacha oshadi . Lekin , daromadning ortishi bilan birga dam olishning - shaxsni ma'naviy o'sishi uchun kerak bo'ladigan bo'sh vaqtning ham qimmati oshadi . Daromad samarasi ( bo'sh vaqtning ortishi ) teskari yo'nalishda bo'lib , u to ti oraliq bilan ifodalanadi ( to ti ) . Natijaviy o'zgarish to t2 oraliqqa teng . Ish haqining bunday o'sishida o'rnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori boʻladi . Bundan shu kelib chiqadiki , birinchidan , ish haqining o'sishi , ish vaqtini ortishiga olib keladi ; ikkinchidan , individual shaxsning mehnat taklifi musbat yotiqlikka ega Download 73.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling