Fan : Ona tili Mavzu : Gap haqida ma’lumot
Download 44 Kb.
|
Gap haqida ma’lumot
Sana : Sinf : 3
Fan : Ona tili Mavzu : Gap haqida ma’lumot. 70 - 73 - mashqlar Maqsad : 1.Gap haqida tushuncha berish . 2. Chiroyli va bexato yozish . 3. Og’zaki va yozma nutqni o’stirish . 4. O’quvchilarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash . 5. O’quvchilarni kasbga yo’llash . Dars uslubi : yozma Dars usuli : an’anaviy Darsning borishi : Tashkiliy qism . Yangi mavzu bayoni Tashkiliy qism ( 3 – 5 minut ) Salomlashish Davomatni aniqlash O’quvchilarni darsga tayyorgarligini ko’rish maqsadida suhbat o’tkazish . Yangi mavzu bayoni . Bugun biz sizlar blain so’z va gap haqida gaplashamiz . Sizga shunday savol : Maktabda , uyda , hovlida nimalarni ko’rasiz ? O’quvchilar o’qituvchi bergan savollardan , rasmlardan foydalanib ularning nomini aytib beradilar . Keyin ularning rangi ta’mmazasi , shakli haqida o’quvchilarning javoblari tinglanadi . O’quvchilarga savol beriladi . So’z nima ekan ? So’z narsalarning nomini harakatini , belgisini , miqdorini bildiradi . So’zlar yordamida gaplar tuzamiz va gaplashamiz . Gap tugallangan fikrni bildiradi . Yozuvda har bir gapning birinchi so’zi bosh harf blain boshlanadi , oxiriga tinish belgisi qo’yiladi . 70 – mashq Erksevar xalqlar so’zi Dunyodagi erksevar xalqlar bir so’zini sevinib aytadilar . bu tinchlik so’zidir . Bu so’z turli tillarda turlicha yangraydi . Odamlar bu so’zni baralla aytadilar . Xalqlar tinch , baxtiyor yasashni istaydilar ! 77 – mashq Mustaqil bajaradilar , ular har bir gapning chegarasini aniqlab tegishli belgini qo’yib ko’chiradilar . Biz do’stlikni ulug’laymiz ! Do’stlikda katta hikmat bor . Do;stlik kishilarni bir – biriga yaqinlashtiradi . Vatan obodligi , tinchlikning barqarorligi do’stlik blain bog’liqdir . O’quvchilarni daftarlarini ko’rib ballab chiqaman , yaxshi va to’g’ri yozgan o’quvchilarni rag’batlantiraman . Dam olish daqiqasini o’tkazaman . Baliqdek suzamiz Ayiqdek yuramiz Quyondek sakraymiz O’quvchidek o’tiramiz . 72 – mashq Har bir gap qanday mazmun bildiriyapti , aniqlash , matnni chiroyli va bexato qilib ko’chirish , chiroyli yozuv she’rini esga olish . Daftarni qiya qo’yamiz Gavdani tik tutamiz Egri – bugri yozmasdan Chiroyli qilib yozamiz . Onasi ishdan qaytdi . Qizi tayyorlagan karam sho’rvani ichdi . “ Voy qizim – ey , biram mazali ovqat tayyorlabsanki ” sho’rva unchalik mazali emasdi . Qiziq onasi uni nega buncha maqtadi ? Dars jarayonida o’quvchilarning bilimini mustahkamlash maqsadida test savollaridan foydalanaman .
a) nima qildi ? b) nima qiladi ? s) nima qilyapti ? 2. Bog’bon so’zi qanday so’roqqa javob bo’ladi ? a) Kimlar ? b) nima qildi ? s) Kim ? 3. Nima ? So’rog’iga javob bo’lgan so’zni toping ? a) bola b) olma s) on a 4. Narsa va shaxsning belgisini bildirgan so’zni toping ? a) kirib keldi b) yashil s) olti 5. Narsa va shaxsning sanog’ini bildirgan so’zni toping ? a) Lola b) 7 ta s) chiroyli 6. Ketma–ket kelgan bir xil undosh qaysi javobda berilgan ? a) kitob b) anor s) katta 7. Sen oldingmi ? Bu gap qanday gap ? a) Darak gap b) so’roq gap s) his – hayajon gap 8. O’zbek tilida undosh tovushlar nechta ? a) 22 ta b) 23 ta s) 24 ta 9. O’zbek tilida nechta undosh harf bor ? a) 22ta b) 23 ta s) 24 ta 10. Gap nimani bildiradi ? a) mazmun bildirmaydi . b) tugallanmagan mazmun bildiradi s) tugallangan mazmun bildiradi . yakunlash : Savol - javob Ballash
Uyga vazifa : 73 – mashqni bajarib kelish Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling