Fan: Adabiyot Mavzu: A. Navoiy. “Farhod va Shirin”: doston matni ustida ishlash”. Darsning maqsadi


Download 442.5 Kb.
bet2/4
Sana12.03.2020
Hajmi442.5 Kb.
1   2   3   4
Ta’limiy: o’quvchilar bilan yozuvchi haqidagi ma`lumotlarni mustahkamlash, asar haqida tushuncha va malakalar hosil qilish, asardagi timsollar ustida ishlash bilan bir qatorda real hayotdagi insonlar bilan taqqoslashni o`rgatish; she`riy roman haqida tushancha berish ;

Tarbivayiy: o’quvchilarda insoniylik fazilatlarini shakllantirish, ularda hayotdagi qiyinchiliklarga qarshi tura olish instinktini paydo qilish, mustaqil bo`lishga, vatanga, oilaga va do`stlarga nisbatan sadoqat tuyg`usini uyg`otish. O`z-o`zini boshqarishni o`rgatish;

Rrivojlantiruvchi: o’quvchilarda bahslashish, musobaqalashish , fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, o’g’zaki va yozma nutqiy savodxonlik darajasini rivojlantirish; ularda o`z mustaqil fikrini bayon etish va himoya qila bilishni o`rgatish .

Dars uslubi: suhbat, munozara-debat, amaliy, guruhlarda ishlash.

Dars usuli: Aqliy hujum, klaster, ”Kim ko’p ma’lumot aytadi?”, Aktyorlik mahorati, “Charxpalak” o`yini, munozara-debat, savol-javob.

Darsning turi: yangi bilim ko’nikmalarni shakllantirish.

Dars jihozi :1. 9-sinf adabiyot darsligi. Komyuter va tarqatmalar. Turli suratlar. Mavzu bo`yicha slaydlar. Rangli qog`ozlar. Stikerlar.

Darsning shiori :

Bir onning bahosin o’lchamoq uchun

Oltindan tarozu olmosdan tosh oz.

Darsning borishi :

Darsning blok chizmasi :


T/r

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O’quvchilarni faollashtiruvchi savollar

10 daqiqa

3

O’quvchilarning fikrlarini umumlashtirish

10 daqiqa

4

Didaktik o’yinlar (mustahkamlash)

16 daqiqa

5

O’quvchilarni rag’batlantirish

2 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa




  1. Tashkiliy qism

1.Davomat;

2. Sinfda psixologik iqlim yaratish;

3. Dunyo va yurtimiz haqida yangiliklar;

4. Uyga vazifani so`rash.



Sinf o`quvchilari 2 guruhga bo`linadi. 1-guruh “Farhod”, 2-guruh “Xusrav”. Doskada 2ta katta savat surati qo`yiladi (1-ilova). Har bir javob uchun guruh “olma” shaklidagi stikerlar bilan baholanib boriladi. Olingan ballar savatlarga yopishtiriladi. Dars so`nggida qaysi guruhning savatida ko`p va mazali meva “tergani” hisoblanadi.

Qizil olma – to`liq javob uchun ;

Sariq olma – qisman to`g`ri javob uchun ;

Yashil (xom) olma – noto`g`ri javob uchun .
Download 442.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling