Fan: Biologiya
Sinf: 11
Sana: 16.04.2020-yil
Boshlanish vaqti: 14:15
Fan o’qituvchisi: Hilola Mamatqulova
Tahlil qildi: Do’stlik tuman XTBga qarashli 12-maktab
biologiya o’qituvchisi Asqarjon Qurbonboyev
Mavzu: Hayvonot dunyosidagi evolutsion o’zgarishlar
16-aprel soat 14:15da Online maktab darslarida biologiya fani o’qituvchisi Hilola Mamatqulovaning online darsi tahlil qilindi. Dars mavzusi “Hayvonot dunyosidagi evolutsion o’zgarishlar”. O’qituvchi dars boshlanishi bilan o’quvchilar bilan salomlashdi. O’tgan darsda uyga vazifa qilib berilgan jadvalning to’ldirilganligini so’radi, yangi mavzuni tanishtirdi. Dars o’tish davomida hayvonot dunyosidagi evolutsiyani ketma-ketlikda tushuntirdi. Uyga vazifa qilib 11-sinf darsligida berilgan mavzuni o’qib, savollarga javob yozish berildi.
Darsdagi yutuqlar: darsda AKTdan foydalanilganligi uchun hayvonot dunyosidagi evolutsion progress hayvonlarning suratlari bilan tushuntirildi. Imkon darajasida o’quvchilar tushunadigan sodda tilda bayon etildi.
Darsdagi kamchiliklar: efir vaqti chegaralanganligi uchun har bir hayvondagi evolutsiya davomida tana organlarida qanday o’zgarish bo’lganligiga to’liq to’xtalib ketilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |