Uslubi:______________
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb
qilib, ishchi muhitini yaratish.
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________
__________________________________________________________________________________
Yangi mavzuning bayoni: Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat irsiyat va
o‘zgaruvchanlik qonunlarini o‘rganuvchi fandir. Irsiyat – organizmning o‘z belgisi va rivojlanish
xususiyatlarini kelgusi avlodlariga o‘tkazish xossasi bo‘lib, irsiyat tur doirasidagi individlarning
o‘xshashligini ta’minlaydi. Irsiyat hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlarga tur, zot, navning xarakterli
belgilarini avloddan avlodga saqlab borish imkonini beradi. O‘zgaruvchanlik organizmlarning individual
rivojlanish jarayonida yangi belgilarni hosil qilish xossasidir. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar
organizm irsiyatining moddiy asoslari o‘zgarishiga bog‘liq. O‘zgaruvchanlik tashqi muhit sharoitlari bilan
ham belgilanadi. O‘zgaruvchanlik tirik tabiatning xilma-xilligini yaratib, tanlash uchun material yetkazib
beradi, irsiyat esa bu xilma-xillik orasidan eng moslanganlarini saqlab qoladi, o‘zgaruvchanlik
natijalarini mustahkamlaydi. Tiriklikning bu ikkala xususiyatlari – irsiyat va o‘zgaruvchanlik organik
olamning evolutsiyasi asosini tashkil qiladi. Irsiyat mexanizmlari to‘g‘risidagi dastlabki fi krlar G.
Mendel nomi bilan bog‘liq.
Mustaxkamlash 1. Irsiyat nima?
2. O‘zgaruvchanlikka ta’rif bering.
3. Gibridologik usul haqida gapiring.
V. Baholash Faol qatnashgan faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |