Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Yangi mavzuning bayoni:
Jins irsiy axborotning avlodlarga berilishi va nasl qoldirishni ta’minlaydigan 
hamda erkak va urg‘ochi organizmlarni farqlash imkonini beradigan belgi va tuzilmalar majmuyidir. Tirik 
organizmlarda ikki xil jins: urg‘ochi va erkak jins farq qilinadi. Organik olam evolutsiyasining ma’lum 
bosqichida yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo‘lgan. Hayvonlarda jinsning belgilari morfologik, 
fi ziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xattiharakatlari orqali namoyon boʻladi. Jinsiy belgilar 
birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi jinsiy belgilarni jinsiy organlar sistemasi ifoda etadi, ular 
gametalar hosil boʻlishi va urugʻlanishni taʼminlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar gormonlar taʼsirida 
voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida saqlanadi. Masalan, qushlar va sutemizuvchi 
hayvonlarning erkagi gavdasining yirikligi, chiroyli bo‘lishi, odamlarda esa erkaklarda soqol-
mo‘ylovning bo‘lishi, ovozning yo‘g‘on bo‘lishi. Erkak va urg‘ochi organizmlarning tash qi 
ko‘rinishidagi farq jinsiy dimorfi zm deyiladi. Jinsiy dimorfi zm ko‘p gi na hayvonlarda, odamda yaqqol 
ko‘zga tashlanadi. Odam, hayvon va о‘simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bо‘ladi. Jins ko‘pincha 
urug‘lanish jarayonida ma’lum bo‘ladi. Jinsni aniqlashda kariotip asosiy rol o‘ynaydi. Har 
bir organizmning kariotipi har ikkala jinsda bir xil bo‘lgan xromosomalar autosomalar, erkak va urg‘ochi 
jinslarni bir-biridan farq qilishini ta’minlaydigan xromosomalar – jinsiy xromosomalardan iborat. 
Masalan, drozofi la pashshasining kariotipi 6 ta autosoma va ikkita jinsiy xromasomadan iborat.
Meyoz 
jarayonida geterogametali individlar bir xil miqdorda X va Y xromosomali gametalar hosil qiladi. Shu 
sababli, jinsiy ko‘payishdan keyin hosil bo‘lgan erkak va urg‘ochi individlar soni teng bo‘ladi. Masalan, 


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
erkaklari geterogametali bo‘lgan organizmlar (drozofi la)da jinsning irsiylanishi Ba’zi organizmlarda 
geterogametalilik bir jinsiy xromosomani yo‘qolishi bilan aloqador. Shunga ko‘ra gomogametali 
organizm XX, geterogametali organizm XO bo‘ladi.
Mustaxkamlash: 1. Urg‘ochi organizm gomogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni 
misollar bilan yozib tushuntiring. 
2. Urg‘ochi organizm geterogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni 
misollar bilan izohlang. 
3. X xromosoma tarqalmaganda belgilarning irsiylanishi drozofi la meva 
pashshasida qanday bo‘ladi? 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling