Fan: biologiya


Yangi mavzuning bayoni: Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat haqidagi qarashlar


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Yangi mavzuning bayoni: Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat haqidagi qarashlar. Tabiatning 
tuzilishi, unda ro‘y beradigan voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar eramizdan bir necha ming yillar ilgari qadimgi 
sharq mamlakatlari – Misr, Xitoy, Hindistonda paydo bo‘lgan. Xususan, qadimgi Misrda donli, sabzavot, mevali 
daraxtlar ekib o‘stirilgan. Bir о‘rkachli tuya, mushuk, g‘oz, o‘rdak, kaptar, 
oqqush turlari xonakilashtirilgan. Qadimgi hindistonliklar olam 5 ta element (yer, suv, olov, havo, efir)dan iborat 
deb hisoblaganlar. Qadimgi Xitoyda ham tabiatshunoslik birmuncha rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida almashlab 
ekish, yerlarni o‘g‘itlash joriy etilgan. Markaziy Osiyoda yashagan odamlar dunyoqarashi, turmush kechirish tarzi, 
atrofdagi o‘lik va tirik tabiat to‘g‘risidagi tushunchalari «Avesto» kitobida o‘z ifodasini topgan. Avestoda 
dunyoning yaratilishi, tabiat va voqea-hodisalar, odamlarning hayot kechirish tarzi tasvirlangan. Avestoning 


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
tibbiyotga doir bo‘limida odam tanasining, uy-joylarning tozaligiga e’tibor berish, toza suvni ehtiyot qilish, nopok 
narsalarni quduq, buloqlarga yaqinlashtirmaslik, tozalik va poklikka rioya qilish, tirnoq va sochlarga pokiza 
munosabatda bo‘lish lozimligi ta’kidlanadi. Shuningdek, tuproq, yer muqaddas sanalgan, dunyo va hayotning 
yaratilishi, tibbiyotga oid ma’lumotlardan tashqari, ekin yerlarini ko‘paytirish, shudgor qilish, ularga sara urug‘ 
ekish tavsiya etilgan, uy hayvonlarini ko‘paytirish, ularga ozor bermaslik, asrab-avaylash lozimligi uqtirilgan. Rim 
olimi Lukretsiy Kar (er.av. 99–55) olam o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, hayvonlar nam yerdan kelib chiqqan, dastlab 
ularning mayib-majruh xillari, keyinchalik harakatlanadigan, oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o‘zini 
himoya qiladigan normal hayvonlar paydo bo‘lgan deb hisoblagan. Klavdiy 
Galen (130–200) tibbiyot asoschilaridan biri bo‘lgan. U qo‘y, it, ayiq va boshqa umurtqali hayvonlar tuzilishini 
o‘rgangan. Maymun va odam tana tuzilishi o‘xshashligini e’tirof etgan. Markaziy Osiyoda evolutsion 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling