Fan bobi –She’r tuzilishi; Fan bo‘limi- she’riy komponetlar; Qiyinlik darajasi – 1


Download 0.62 Mb.
bet1/5
Sana14.06.2020
Hajmi0.62 Mb.
#118797
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5386782406806079452


Fan bobi –She’r tuzilishi; Fan bo‘limi- she’riy komponetlar; Qiyinlik darajasi – 1

Arabcha- «otning orqasiga mingashib, ergashib boruvchi» ma’nosini bildiruvchi she’riy unsur qanday nomlanadi?

Radif

Qofiya

O‘xshatish

Majoz

2. Fan bobi - She’r tuzilishi; Fan bo‘limi-She’riy janrlar; Qiyinlik darajasi – 2



Ham she’riy shakl, ham janrni bildiruvchi atama qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Masnaviy

Maqta’

Aruz

G‘azal

3. Fan bobi –Adabiy tur va janrlar; Fan bo‘limi-Lirik tur janrlari; Qiyinlik darajasi-2



Juft misralari qofiyalanib, toq misralari ochiq qoladigan she’r shakli qanday nomlanadi?

Qit’a

Fard

Tuyuq

Ruboiy

4. Fan bobi - Adabiy tur va janrlar; Fan bo‘limi-Lirik tur janrlari; Qiyinlik darajasi – 2



G‘azalning birinchi bayti – matla’ning boshqa bir nomi qaysi qatorda berilgan?

Mabda’

Muashshar

Sadr

Radif

5. Adabiy tur va janrlar; Fan bo‘limi-Lirik tur janrlari; Qiyinlik darajasi – 2



El qochsa birovdin el yamoni bil oni,

Ahvolida idbor nishoni bil oni.

Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni,

Olam elining yamon-yamoni bil oni

Ushbu she’r janri qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?


Ruboiy

G‘azal

Qit’a

Ballada

6. Fan bobi –Adabiy tur va janrlar; Fan bo‘limi-lirik tur janrlari; Qiyinlik darajasi –3



Afsona va rivoyatlardan qaysi janrdagi asarlarda foydalanib bo‘lmaydi?

Fard, chiston

Doston, qissa

Roman, masnaviy

She’riy roman, ertak

7. Fan bobi –Adabiy tur va janrlar; Fan bo‘limi-lirik tur janrlari; Qiyinlik darajasi –2



O‘zbek mumtoz adabiyotida voqeaband she’riy asarlar bitiladigan janrni belgilang

Masnaviy

Muvashshah

Muashshar

Mustasni’

8. Fan bobi - Adabiy tur va janrlar; Fan bo‘limi- epik tur janrlari; Qiyinlik darajasi –2



Diologiya, trilogiya, epopeya ko‘rinishlari qaysi janr shakllari hisoblanadi?

Roman

Ocherk

Qissa

Novella

9. Fan bobi - Adabiy tur va janrlar; Fan bo‘limi- epik tur janrlari; Qiyinlik darajasi –2



Tarixiy shaxslarning memuar asarlaridan foydalanib yaratilgan romanlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

«Yulduzli tunlar», «Navoiy»

«Ulug‘bek xazinasi», «Diyonat»


«O‘tgan kunlar», «Ko‘xna dunyo»

«Sinchalak», «Kecha va kunduz»

10. Fan bobi - Adabiy tur va janrlar; Fan bo‘limi- epik tur janrlari; Qiyinlik darajasi –3



Qahramon uzoq vaqt faoliyat ko‘rsatuvchi janrni toping?

Roman

Masnaviy

Doston

Novella

11. Fan bobi –Adabiyotshunoslik fan sifatida; Fan bo‘limi-Adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyoti; Qiyinlik darajasi – 2



Shoirlar hayoti ularning asarlaridan qisqacha namuna va tahlillar berilgan asarlar qanday nomlanadi?

Tazkira

Xotiranoma

Jangnoma

Yodnoma

12. Fan bobi –Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Badiiy obraz; Qiyinlik darajasi – 3



Biror badiiy asardagi obraz uchun asos bo‘lgan shaxs nima deyiladi?

Prototip

Obraz

Tip

Xarakter

13. Fan bobi –Adabiy tur va janrlar; Fan bo‘limi-Epik tur janrlari; Qiyinlik darajasi – 3.



Yozuvchi o‘zi ishtirok etgan, guvohi bo‘lgan voqealar tasvirlangan badiiy asar qanday nomlanadi?

Memuar

Masal

Epigramma

Epitafiya

14. Fan bobi –Pafos va uning turlari; Fan bo‘limi- Satira va yumor; Qiyinlik darajasi – 3



Adabiyotda aniq bir shaxs ustidan, undagi illatli jihatlar ustidan qo‘zg‘atilgan kulgi nima deb ataladi?

Yumor

Satira

Drama

Ballada

15. Fan bobi –Adabiyotshunoslik fan sifatida; Fan bo‘limi-Adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyoti; Qiyinlik darajasi – 2



Quyidagi asarlardan qaysi biri turkiy tildagi birinchi tazkira hisoblanadi?

«Majolis un-nafois»

«Majmuai shoiron”

«Qissai Rabg‘uziy»

«Muzakkiri ahbob»

16. Fan bobi –Adabiy tur va janrlar; Fan bo‘limi-Epik tur janrlari; Qiyinlik darajasi – 2.



Xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot o‘rtasida turuvchi janrni toping?

Ertak

Hikoya

Jangnoma

Qo‘shiq

17. Fan bobi - Adabiy tur va janrlar; Fan bo‘limi-Dramatik tur janrlari; Qiyinlik darajasi – 2.



Tasvirga muallif mutlaqo aralashmaydigan, obrazlarning xatti-harakatlariga, voqealarning rivojiga o‘z munosabatini bildirmaydigan badiiy asarlar deyiladi?

dramatik asarlar



epik asarlar

publisistik asarlar

lirik asarlar

18. Fan bobi -Kirish; Fan bo‘limi - Adabiyotshunoslik fan sifatida; Qiyinlik darajasi – 1



Adabiyotshunoslik fanining obyekti nimalardan iborat:

Tarixiy sharoit bilan birlikda olingan adabiy mahsulot va uning yaratilish jarayoni

Buyuk yozuvchilarning fikrlari, adabiy tanqid, adabiyot tarixi.

Yozuvchilarning asarlari, o‘tmish adabiy jarayon.

So‘z san’ati, adabiyotning janrlari.

19. Fan bobi -Kirish; Fan bo‘limi - Adabiyotshunoslik fan sifatida; Qiyinlik darajasi – 1

«Adabiyot» atamasining tor ma’nosini aniqlang:

Badiiy asarlar

Kitoblar, broshyuralar, maqolalar

«Adabiyotshunoslikka kirish», «Adabiyot nazariyasi»ga o‘xshash darsliklar.

Qishloq xo‘jaligi, texnika, meditsina, siyosatga doir asarlar jami.

20. Fan bobi -Kirish; Fan bo‘limi - Adabiyotshunoslik fan sifatida; Qiyinlik darajasi – 1



«Literatura» terminini kim ilmiy asoslagan va maxsus ma’noda qo‘llagan?

V.Belinskiy

Aristotel

Bualo.

Didro

21. Fan bobi –Adabiyotshunoslik fan sifatida; Fan bo‘limi-Adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyoti; Qiyinlik darajasi – 2



«G‘oyasiz san’at – murdaning o‘zidir» haqiqati kimning qaysi asaridan

V.G.Belinskiyning «Tanlangan asarlari» dan.

N.A.Dobrolyubovning «Haqiqiy kun qachon keladi» asaridan.

N.G. Chernishevskiyning «San’atning voqelikka estetik munosabati» asaridan

T.Boboyevning «Adabiyotshunoslikka kirish» qo‘llanmasidan

22. Fan bobi – Kirish; Fan bo‘limi- Adabiyotshunoslik va uning bo‘limlari; Qiyinlik darajasi – 2



Adabiy tanqidning o‘ziga xos xususiyatlarini toping:

Adabiy jarayonning yangi asarlarini, muhim muammolarini hozirgi kunning ijtimoiy-siyosiy talablari asosida tahlil qiladi, kitobxon va asar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Turli davrlarda yaratilgan va birinchi manba hisoblangan asarlarni o‘rganadi.

Turli xil yangi asarlarning tematik va xronologik ro‘yxatini tuzadi, tahlil qiladi.

Adabiyotning mohiyati, vazifalari va taraqqiyotini o‘rganadi.

23. Fan bobi - Kirish; Fan bo‘limi- Adabiyotshunoslik va uning bo‘limlari; Qiyinlik darajasi – 3



Quyidagilardan yorqin adabiy tiplarni aniqlang

Otello,Don Kixot,Qori Ishkamba

Xudoyorxon, Qora amma Darveshali

Otabek, To’ybeka, Xushro’ybibi

Quyidagilardan yorqin adabiy tiplarni aniqlang

24. Fan bobi- Kirish; Fan bo‘limi- Adabiyotshunoslik va uning bo‘limlari; Qiyinlik darajasi – 2



Atributsiya sohasi nimani o‘rganadi?

Avtori noma’lum asarning muallifini, yozilgan joyi va vaqtini aniqlashni.

Folklor asarlarini yaratilish tarixini.

Asarning asl nusxasini tiklashni.

Asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlashni.

25. Fan bobi –Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Adabiyot –ijtimoiy ong shakli; Qiyinlik darajasi – 1.



Ijtimoiy ong turlarini belgilang.

Axloq, din, siyosat, falsafa, fan, adabiyot .

Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish.

Ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan munosabatlar

Hayot, obyektiv borliq, ijtimoiy turmush.

26. Fan bobi –Adabiyotshunoslik fan sifatida; Fan bo‘limi-Adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyoti; Qiyinlik darajasi – 2



«Poeziya erkin inson so‘zida ifodalanadi, so‘z esa ham tovush, ham kartina, ham aniq va ravshan aytilgan tasavvurdir», degan fikr kimning qaysi asaridan olingan?

Belinskiyniki «Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi»

Aristotelniki «Ritorika».

Aristotelniki «Poetika».

Bualoniki “She’r san’ati”

27. Fan bobi –Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Adabiyot –ijtimoiy ong shakli; Qiyinlik darajasi – 1.



Adabiyotning bosh predmeti nima?

Inson

Ijtimoiy hayot

Tabiat

Xudolar, hayvonot dunyosi.

28. Fan bobi –Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Adabiyot –ijtimoiy ong shakli; Qiyinlik darajasi – 1.



Adabiyotning vazifasi nima?

Insonni tarbiyalash.

Voqelikni o‘rganish

Hayotiy munosabatlarni tasvirlash

Mehnatni ulug‘lash.

29. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Obraz va obrazlilik; Qiyinlik darajasi –2.



«Obraz – to‘qima yordamida yaratilgan va estetik qiymat kasb etgan inson hayotining umumlashma va ayni choqda konkret manzarasidir» ta’rifi kimniki?

L.Timofeevniki

I.Sultonniki

T.Boboevniki.

N.Shukurovniki

30. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Obraz va obrazlilik; Qiyinlik darajasi –1.



Obrazning asosiy xususiyatlarini aniqlang.

Umumlashmalik, individuallik, badiiy to‘qima, emotsionallik.

Tasvir, nusxa, vosita, san’at, shaxslar

Badiiy til, predmet, adabiy qahramon, lirik qahramon

Peyzaj, interer tasviri, hayot tasviri, tip.

31. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Obraz va obrazlilik; Qiyinlik darajasi –2.



Badiiy xarakter nima?

Ma’lum iroda yo‘nalishiga va individual psixologik xususiyatlariga ega bo‘lgan, asarda katta «nagruzka» tashuvchi shaxs obrazi.

Asarda bir ikki «yilt» etib ko‘rinadigan qahramon.

Asarda qatnashuvchi barcha odamlar tasviri.

Asardagi qahramonning xususiyati, belgisi.

32. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Obraz va obrazlilik; Qiyinlik darajasi –1



«Tip» terminining ma’nosini toping:

Iz, nusxa, namuna, tamg‘a.

Xususiyat, belgi.

Ilk, dastlabki, boshlang‘ich.

Ma’shuqa, oshiq, ramz

33. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Obraz va obrazlilik; Qiyinlik darajasi –2.



Kalvak Mahzum («Kalvak Maxzumning xotira daftaridan»), Qori Ishkamba («Sudxo‘rning o‘limi»), Mulla Dilkash («Hiylai sha’riy») kabilar obrazlarning qaysi turiga mansub?

Satirik obrazlar

Romantik obrazlar

Afsonaviy obrazlarga

Simvolik obrazlarga

34. Fan bobi –Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Adabiyot –ijtimoiy ong shakli; Qiyinlik darajasi – 2.



Badiiy umumlashmaning yorqin namunasi bo’lgan shoh asarlarni aniqlang

“Don Kixot”,”Faust”, “Hamlet”

“Jamila”, “Shohnoma”

“O’tkan kunlar”,”Temur tuzuklari”

“Dekameron”, “Faust”

35. Fan bobi –Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Adabiyot –ijtimoiy ong shakli; Qiyinlik darajasi – 1.



«Badiiy adabiyot - insonshunoslikdir» ta’rifining egasi kim?

Gorkiy.

Aristotel

Gegel

Belinskiy.

36. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Obrazhva obrazlilik; Qiyinlik darajasi –1.



Obrazlilik nima?

Hayotni, insonni kishi zavq qiladigan darajada jonli qilib tasvirlash.

Tasvirning haqqoniyligi, faktning aniqligi

Haqiqattan bo‘lib o‘tgan narsalarni akslantirish.

Syujet va kompozitsiyaning mukammalligi.

37. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Obraz va obrazlilik; Qiyinlik darajasi –2.

Badiiy xarakter nima?

Ma’lum iroda yo‘nalishiga va individual psixologik xususiyatlariga ega bo‘lgan, asarda katta «nagruzka» tashuvchi shaxs obrazi.

Ijobiy va salbiy qahramonlarni tipiklashtirish.

Satirik va yumoristik obrazlarni umulashtirish.

Xarakter va sharoit mantiqlarini tipiklashtirish.

38. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Obraz va obrazlilik; Qiyinlik darajasi –1.



Tor ma’nodagi obraz tushunchasini aniqlang:

Yozuvchi yoki personaj qo‘llagan ayrim iboralar, obrazli so‘zlar, birikmalar.

Asarda aks ettirilgan voqelikning yaxlit bo‘lagi.

O‘simlik va jonivorlarning umumlashtirilgan kartinasi.

Hayot va tabiat manzaralarining konkretlashtirilgan timsoli.

39. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Obraz va obrazlilik; Qiyinlik darajasi –3.



Otabek, Kumush, Homid, Sodiq, Oftob oyim, O‘zbek oyim, Usta Olim, Mirzakarim qutidor, Xudoyor, Musulmonqul («O‘tgan kunlar») obrazlrining qaysilari tarixiy shaxslar obrazidir.

Xudoyor, Musulmonqul

Otabek, Kumush

Homid, Sodiq.

Oftob oyim, O‘zbek oyim.

40. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Obraz va obrazlilik; Qiyinlik darajasi –2.



Qadimgi Sharqda yaratilgan Qayumars, Jamshid, Mitra, «Ming bir kecha» dagi va «Farhod va Shirin» dostonidagi devlar – qaysi obrazlarga misol bo‘la oladi?

Mifologik obrazlar

Romantik obrazlar.

Simvolik obrazlarga

Afsonaviy obrazlar.

41. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi- Badiiy adabiyotda tipiklashtirish muammosi; Qiyinlik darajasi –3.



Tipiklashtirish qaysi metod va oqimlarga xos?

Hamma metod va oqimlarga xos.

Klassisizimga

Romantizmga

Modernizmga.

42. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Badiiy adabiyotda tipiklashtirish muammosi; Qiyinlik darajasi –2.



Tipiklashtirish qaysi ikki jarayondan iborat?

Umumlashtirish va individuallashtirish.

Sotsial tip va adabiy tip.

Qonuniylik va tabiiylik.

Ijtimoiy kuch va individual holat.

43. Fan bobi -Kirish; Fan bo‘limi-Adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyoti; Qiyinlik darajasi – 3.

Qachondan boshlab inson adabiyotning bosh qahramoniga aylangan?

Qadimgi yunon adabiyotida.

Qadimgi hind poeziyasida

Qadimgi misr adabiyotida.

Qadimgi fors she’riyatida.

44. Fan bobi -Kirish; Fan bo‘limi-Adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyoti; Qiyinlik darajasi – 3.



Qaysi adabiyotda tabiat ilohiylashtirilgan?

Qadimgi hind poeziyasida

Qadimgi yunon adabiyotida.

Qadimgi turk adabiyotida.

Qadimgi misr poeziyasida.

45. Fan bobi –Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Adabiyot –so‘z san’ati; Qiyinlik darajasi – 1.



San’at fandan qaysi jihati bilan farq qiladi?

Hayotni obrazli tasvirlashi bilan.

Obyektiv qonunlarni ochish bilan.

Mantiqiy dalillarga asoslanishi bilan.

Tabiat hodisalarini o‘rganish bilan.

46. Fan bobi –Adabiy asar tuzilishi; Fan bo‘limi - Kompozitsiya ; Qiyinlik darajasi – 3



Anor (A.Qahhorning «Anor» hikoyasi), ro‘molcha (Shekspirning «Otella»si) detalining turini aniqlang:

Predmet detal

Nutqiy detal.

Psixologik detal

Ramziy detal.

47. Fan bobi - Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Badiiy adabiyotda tipiklashtirish muammosi; Qiyinlik darajasi –2.



Tipik sharoit deganda nimani tushunasiz?

Asardagi obrazlarning yashash, harakat qilish sharoitlarini har tomonlama real va tipik bo‘lishligini

Hayotdagi kishilarning yashash sharoitini.

Har qanday ijtimoiy sharoitni.

Sharoit-inson harakat qiladigan muhitni.

48. Fan bobi -Kirish; Fan bo‘limi-Adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyoti; Qiyinlik darajasi – 2.



«O‘zi hayajonlana oladigan shoir tomoshabinlarni hayajonlantira oladi, o‘zi g‘azablana oladigan kishi tomoshabinlarni ham g‘azablantira oladi. Shuning uchun poeziya – iste’dodli va majnunsifat insonning qismatidir. Iste’dodli odamlar ruhan juda ta’sirchan, majnunsifatlari esa jazavaga moyil bo‘ladilar», ushbu fikrning muallifini toping:

Aristotel.

A.Qodiriy.

Oybek

A.Qahhor

49. Fan bobi - Kirish; Fan bo‘limi- Adabiyotshunoslik va uning bo‘limlari; Qiyinlik darajasi – 3

Adabiyotshunoslik fanining tarkibiy qismlarini (asosiy sohalarini) toping

Adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid.

Aruzshunoslik, tazkirachilik, ilmi adab.

Estetika, etika, tasavvuf.

Memuarshunoslik, ilmi qofiya, ilmiy muammo.

50. Fan bobi - Kirish; Fan bo‘limi- Adabiyotshunoslik va uning bo‘limlari; Qiyinlik darajasi – 2



Adabiyot tarixi fanining predmeti nima?

O‘zbek adabiyotining eng qadimgi davrlardan boshlab hozirga qadar tarixini o‘rganadi.

Turli davrlarda yaratilgan va birinchi manba hisoblangan asarlarni o‘rganadi.

So‘z san’atining mohiyati, sotsial tabiati, taraqqiyot qonunlarini o‘rganadi, badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatadi.

Turli xil yangi asarlarning tematik va xronologik ro‘yxatini tahlil qiladi.

51. Fan bobi - Kirish; Fan bo‘limi- Adabiyotshunoslik va uning bo‘limlari; Qiyinlik darajasi – 2



Adabiy tanqid nimalarni o‘rganadi?

Adabiy jarayonning muammolarini, yangi asarlarni tahlili bilan shug‘ullanadi.

So‘z san’atining vujudga kelishi va rivojlanish tarixini tadqiq qiladi.

So‘z san’atining nazariy, texnik qonun-qoidalarini o‘rganadi.

So‘z san’atining nazariy, texnik qonun-qoidalarini o‘rganmaydi.

52. Fan bobi –Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari ; Fan bo‘limi-Badiiy adabiyotda tipiklashtirish muammosi; Qiyinlik darajasi – 2



S.Ayniyning «Sudxo‘rning o‘limi» qissasida tipiklashtirishning qaysi usuli yetakchi?

Hajviy pafos usuli

Romantik tasvir usuli.

Yumoristik tasvir usuli.

Lirik tasvir usuli.

53. Fan bobi –Adabiyotning rivojlanish qonuniyatlari; Fan bo‘limi-Ijodiy metodlar; Qiyinlik darajasi – 1



7. .......uch birlik qonuni asosida ish ko‘radi. Mavzularni va tasvir usullarini antik adabiyotdan oladi.

klassitsizm

modernizm

syurrealizm

realizm

54. Fan bobi –Badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari; Fan bo‘limi-Adabiyot-so‘z san’ati; Qiyinlik darajasi – 2.



«Ko‘p narsa ko‘rgan bilan, ko‘p kitob o‘qigan bilan odam yozuvchi bo‘lib qolmaydi. Buning uchun talant kerak. Talantning birinchi belgisi – chidab bo‘lmas dard demakdir. Dard esa havas emas, zarurat», muallifini toping:

O‘.Hoshimov.

A.Qodiriy

A.Qahhor

A.Oripov

55. Fan bobi -Adabiy asar tuzilishi; Fan bo‘limi-shakl va mazmun; Qiyinlik darajasi – 1.



Badiiy asarning shakliga qaysi komponentlar kiradi?

Syujet, kompozitsiya, badiiy til, tur, janr va sh.k.

Badiiy asarning g‘oyaviyligi.

Badiiy asarning ma’nosi.

Hayot haqiqatini o‘zida ifodalagan mazmun.

56. Fan bobi - Adabiy asar tuzilishi; Fan bo‘limi-Mavzu va g‘oya; Qiyinlik darajasi – 2.



«Abadiy» deb nom olgan mavzularni toping.

Hayot va o‘lim, muhabbat, do`stlik, ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi kurash

Kollektivlashtirish va gumanizm.

Yuksak onglilik va ommaviy qahramonlik.

Istiqlol va mustaqillik uchun kurash.

57. Fan bobi - Adabiy asar tuzilishi; Fan bo‘limi-Mavzu va g‘oya; Qiyinlik darajasi – 1.



Badiiy g‘oya deganda nimani tushunasiz?

G‘oya-yozuvchining obrazlarga bo‘lgan munosabatidan kelib chiquvchi obrazli, emotsionalli, umumlashma xulosasidir.

G‘oya-turli-tuman voqealarni aks ettirish.

G‘oya-turmush hodisalari haqidagi xulosa.

G‘oya-hayot ustidan chiqarilgan mantiqiy xulosa.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling