Fan: B,Pisixologiyasi Guruh: di 109 F. I: U. S. Muxiddinova
Download 13.32 Kb.
|
Bolalar pisixologiyasi
Fan:B,Pisixologiyasi Guruh: DI 109 F.I:U.S.MuxiddinovaBolalarda diqatning rivojlanishiREJA:
Diqqat turlicha sifat ko‘rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqat-ning bu ko‘rinishlari diqqatning sifati yoki xususiyati deb ataladi. Diqqatning barqarorligi, ko‘lami, ko‘chirilishi, taqsimlanishi, to‘planishi (konsentratsiyasi) uning asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Diqqatning xususiyatlari turli odamlarda turlicha darajada ko‘zga tashlanadi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o‘z diqqatini biron narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki, diqqatni ma’lum muddat davomida biron narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda qarata olmaydigan odam ishlay ham olmaydi, o‘qiy ham olmaydi va hatto o‘ynay ham olmaydi.
Diqqatning barqarorligi bu uncha-muncha ta’sirlarga chalg‘imaslikdir. Diqqatning kuchli va barqaror bo‘lishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari biz uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligiga, ikkinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatimizga, uchinchidan, nerv sistemasining ayrim xususiyatlariga bog‘liqdir.
Download 13.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling