Fan: dasturlash asoslari va tillari 4-semestr Ma’ruza 24 soat Amaliyot 20 soat Laboratoriya 24 soat Mustaqil ta’lim 62 soat Adabiyotlar ro‘yxati


MASLAHAT. Tushuntirishlar uchun //-


Download 73.53 Kb.
bet7/11
Sana05.05.2023
Hajmi73.53 Kb.
#1430931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-maruza Dasturlash asoslaridan

MASLAHAT. Tushuntirishlar uchun //-sharhlardan foydalanish, /* */ qavslarni sozlashda kodlar bloklarini vaqtincha chiqarish uchun qo’llash tavsiya etiladi. Sharxlarni saqlash bo’yicha maslahatlar, dasturni kodlash va hujjatlashtirish bo’limida berilgan.


C++ ma’lumotlar turlari


Malumotlar turlari konsepsiyalari
Ixtiyoriy dasturning asosiy maqsadi ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Turli turdagi ma’lumotlar turlicha saqlanadi va qayta ishlanadi. Ixtiyoriy algoritmik tilda har bir konstanta, o’zgaruvchi, ifoda yoki funksiyani hisoblash natijasi ma’lum turga ega bo'lishi lozim.


Ma’lumotlar turi

  • kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni ichki tasvirlash

  • bu turdagi miqdorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlari to’plami

  • bu turdagi miqdorlarga qo’llash mumkin bo’lgan amallar va funksiyalar

Bu xarakteristikalarga asoslanib dasturchi real obyektlarni tasvirlash uchun dasturda foydalaniladigan har bir miqdor turi tanlanadi. Turning majburiy tavsifi kompilyatorga dasturning turli konstruksiyalarining yo’l qo’yilishiga tekshirishni amalga oshirishga imkon beradi. Miqdorning turi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun foydalaniladigan mashina buyruqlariga bog’liq.
C++ tilning barcha turlari asosiy va murakkab turlarga bo’linadi. C++ tilda butun, haqiqiy, simvol va mantiqiy miqdorlarni tasvirlash uchun ma’lumotlarning asosiy yettita tili aniqlangan. Bu turlar asosida dasturchi murakkab turlarning tavsifini kiritish mumkin. Ularga massivlar, sanashlar, funksiyalar, strukturalar, murojaatlar, ko’rsatkichlar, birlashmalar va sinflar kiradi.


Ma’lumotlarning asosiy turlari
Ma’lumotlarning asosiy (standart) turlari arifmetik deb ataladi, ularning arifmetik amallarda foydalanish mumkin. Asosiy turlarni tavsiflash uchun quyidagi tayanch so’zlar aniqlangam.

  • int (butun)

  • char (simvol)

  • wchar_t ( kengaytirilgan simvol)

  • bool (mantiqiy)

  • float (haqiqiy)

  • double (ikkilanma aniqlikdagi haqiqiy)

Birinchi to’rtta tur butun sonli (butun) deb oxirgi ikkitasi - suzuvchi nuqtali turlar deb ataladi. Butun miqdorlarni qayta ishlash uchun kompilyator shakllantiradigan kod suzuvchi nuqtali miqdorlar uchun kodlardan farq qiladi.
Standart turlar ichki tasviri va qiymatlar oralig’ini aniqlashtiruvchi to’rtta tur maxsuslashtiruvchilari mavjud.

  • short (qisqa)

  • long (uzun)

  • signed (ishorali)

  • unsigned (ishorasiz)




Download 73.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling