Fan: Global Iqtisodiy Rivojlanish Bajardi : Avazov Normat Mek-79 Tekshirdi : Urazov m toshkent-2023 baynalminallashuv, transmilliylashuv va globallashuv jarayonlari reja
Jahon xo’jaligining transmilliylashuvi
Download 107.4 Kb.
|
1 2
Bog'liqMUSTAQIL ISH global
3.3. Jahon xo’jaligining transmilliylashuvi. Iqtisodiy globallashuv (baynalminallashuv, jahon xo’jaligiga integratsiya) deganda jahon iqtisodiyotiga nisbatan global iqtisodiyotning ilgarilab boruvchi o’sishi tushuniladi. Agar xalqaro savdo va xalqaro kapital, ishchi kuchi va bilimlar harakatining o’sish sur‘atlari jahon iqtisodiyotining o’sish sur‘atlaridan yuqori bo’lsa, iqtisodiy globallashuv jarayoni rivojlanmoqda deyish mumkin. Iqtisodiy globallashuvni shuningdek, milliy iqtisodiyotlarning tobora ochiq iqtisodiyotlarga aylanish jarayoni sifatida ta‘riflash mumkin. Bu pirovardida jahon iqtisodiyotining yagona mahsulotlar va resurslar bozoriga aylanishiga olib kelishi mumkin. Transmilliy korporatsiyalar globallashuvning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo’lib hisoblanadi. Barcha eng yirik kompaniyalar amalda ularga aylanib bo’ldi, chunki ular tovarlar va xizmatlar eksportidan tashqari odatda, chet elda ushbu mahsulotni ishlab chiqarish bilan ham faol shug’ullanadilar. TMKlar chet eldagi o’z investitsiyalari (to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar – TXI) orqali qiymat zanjirlarining yaratuvchilari hisoblanib, ularda har xil ishlab chiqarish turlari turli mamlakatlar bo’yicha joylashtirilgan. TMKning bir ko’rinishi sifatida transmilliy banklar, nafaqat nomoliyaviy TMKlarni ularning chet eldagi faoliyatiga hamrohlik qiladilar, balki shuningdek, mamlakatlar orasida ulkan qimmatli qog’ozlar va kreditlar oqimini ko’chirib, globallashuvda katta mustaqil o’ringa ega bo’ladi. TMKning iqtisodiy globallashuvda ishtirok etishi transmilliylashuv deb ataladi. BMT ekspertlarining fikricha transmilliy korporatsiyalar (TMK) ―jahon mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy dvigatellari‖ dan biri bo’lib hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalarning asosiy qismi AQSH, YI davlatlari va Yaponiyada joylashgandir. Rossiyalik iqtisodchilar, odatda, quyidagi ta‘riflarni beradilar: transmilliy korporatsiyalar - bu xorijiy aktivga ega bo’lgan milliy monopoliyalardir. Ularning ishlab chiqarish va savdo-sotiq faoliyatlari bir davlat chegarasidan chiqib ketadi. Jahon iqtisodiyotida kuchli ishlab chiqarish bazasiga ega bo’lgan transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqarishni, tovar bozorlarini samarali rejalashtirishni ta‘minlovchi ishlab chiqarish-savdo siyosatini yurgizadilar. Rejalashtirish bosh kompaniya doirasida amalga oshiriladi va sho‘ba korxonalariga tarqatiladi. TMK iqtisodiyotining shakllariga ko’pincha quyidagilar kiritiladi: - litsenziya berish; - franchayzing; - boshqaruv shartnomalari; - texnik va marketing xizmatlarni ko’rsatish; - korxonalarni ―kalit ostida‖ topshirish; - vaqt bo’yicha cheklangan qo’shma korxonalar tuzish haqidagi shartnomalar va alohida operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha kelishuvlar va boshqalar. Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati. Chet el investitsiyalari – kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor mamlakatlarning iqtisodiy sub‘ektlari hamda qo’shma korxonalarning real va moliyaviy aktivlariga kiritgan mablag’lardir. Chet eldan investitsiyalash kapital oqimining bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investitsiyalar chet ellik kapital egasiga qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag’lar oqimini ta‘minlash maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib o’tish, qochish, ya‘ni mamlakatlararo ko’chib yurish xosdir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli ravishda mamlakat, valyuta, milliylashtirish, rekvizitsiya kabi qo’shimcha tavakkalchilikka to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi. Demak, chet el investitsiyalarining risk doirasi ancha kengdir. Xorijiy investitsiyalar kapitalni qulayroq joylashtirish hamda uzoq muddat davomida undan foyda ko’rish maqsadida eksport qiluvchi mamlakatlarning kapital qabul qiluvchi mamlakatlarning real va moliyaviy aktivlariga qo’yilishini bildirgan holda bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga o’tayotgan kapital oqimidir. Xorijiy investitsiyalarning o’ziga hos xususiyatlaridan biri ularning mamlakatlararo ko’chishi, faqat o’z maqsadini ko’zlashi, amal qilish sharoitlarining o’zgarishi, ancha qulay shartlar bilan qo’yilishi, ishonch qozonishi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: [1] Шахрай С.М. Глобализация в современном мире: политико-правовые аспекты. – СПб : Фонд поддержки науки и образования в области правоохранительной деятельности «Университет»,2004.С.6 [2] Что такая глобализация? По сайту http://www.univer.omsk.su/omsk/socstuds/glob/index.html [3] Umarоv B. Glоballashuv ziddiyatlari. – T.: Ma`naviyat, 2006. 8-b. [4] Глобализация ru.wikipedia.org сайтидан олиниб таржима қилинди (таржима Усманов М.) [5] Оchildiev A. Glоballashuv va mafkuraviy jarayonlar. – T.: Muharrir nashriyoti, 2009. 64 b. [6] Danilоv-Danilyan V.I.Ustоychivоe razvitie-prоblema vijivaniya chelоveka//.Nauka.Оbshestvо.CHelоvek.-M.,2004. -143 s. [7] Оtamuratоv S. Glоballashuv va millat. – T., YAngi asr avlоdi, 2008. – 13 b. [8] Kacovicz A. Regionalization, Globalization and Nationalism // Alternatives. 1999.04. P. 529. [9][5] Qarang: Jo`raev N. Tariх falsafasining nazariy asоslari. – T.: Ma`naviyat, 2008. – B.221. [10][6] O`sha joyda – B.459. [11][7] Dudnik S. I.Paradigmi` istоricheskоgо mi`shleniya ХХ veka: оcherki pо sоvremennоy filоsоfii kulturi`. SPb.: Sankt-Peterburgskоe filоsоfskоe оbshestvо, 2001.B.132. [12][8]Kapitsa S.P.,Kurdyumоv S.P.,Malinetskiy G.G.Sinergetika i prоgnоzi budushegо Izd.2-оe.-M.:Editоrial URSS 2001..3-5. [13][9] Nik Bоstrоm - Ph.D., is Director of Oxford University's new Future of Humanity Institute.Ugrоzi` sushestvоvaniyu chelоvechestva. Analiz stsenariev vi`miraniya. //2007. http://www.nickbostrom.com/ [14][10] CHumakоv A.N. Glоbalizatsiya. Kоnturi` tselоstnоgо mira. - M., Prоspekt, 2005.S.259. [15][11] Karimov I.A. YUksak ma`naviyat – engilmas kuch.- T.: Ma`naviyat, 2008. 111 b. Download 107.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling