Kursning vazifalari: detallarning mashinadagi ishlash sharoitlarini hisobga
olgan holda hisoblash va loyihalash malakalarini singdirish, materiallarni to’g’ri va
aniq tanlash, detal shaklini, aniqlik darajasini va yuzaning ishlanish sifatini to’g’ri
belgilash,
bikrlikka, ustuvorlikka, ishqalanishga va yeyilishga, zanglashga
bardoshlilik va chidamlilikka hisoblashni o’rgatishdir.
«Mashina detallari» kursi matematika, fizika, nazariy mexanika,
metallar
texnologiyasi, materiallar qarshiligi, mashina va mexanizmlar nazariyasi,
materialshunoslik, mashinasozlik chizmachiligi, iqtisod,
sanoat dizayni va badiiy
konstruksiyalash, metallar zanglashi kabi bir qator fanlarga chambarchas
bog’likdir.
Mashina va ularning detallariga hamda detal materiallariga qo’yiladigan
talablar
Mashinalarga quyidagi talablar qo’yilishi mumkin:
- yuqori unumdorlik;
- ishonchlilik va umrboqiylik;
- boshqarishning va xizmat ko’rsatishning oddiyligi;
- mashinani loyihalashga va uni tayyorlashga sarflangan mablag’ning
tezda
o’zini qoplashi;
- o’lchamlarining kichikliga;
- yaxshi tashqi ko’rinishga ega bo’lishi.
Mashina detallariga esa ularning ish sharoitidan kelib chiqib quyidagi
asosiy talablar qo’yilishi mumkin:
- lozim bo’lgan mustahkamlik, bikrlik, ustuvorlik,
issiqbardoshlik, titrashga
va yeyilishga chidamlilik, zanglashga moyil emaslik,
ishchanlik qobiliyatining
mezonlariga javob berishi;
- arzon va
serob materialdan tayyorlanishi mumkinligi;
- shakli oddiy, ishlanishi qulay bo’lgan konstruksiyaga ega bo’lishi;
- yuqori ishonchlilikka ega bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: