Fan: Hasharotlar ekologiyasi
Download 1.62 Mb.
|
hasharotlarning veterenariyadagi ahamiyati
Parxo'rlar patlar, parlar, sochlar, tuklar orasida yoki terida parazitlik qilib hayot kechiradi. Teri epidermisi, jun, momiq va par bilan oziqlanadi. Ularning ayrim turlari hatto yirik qushlarning og'iz bo'shlig'ida uchrab, ularning endoparazitlariga ayiangan. Tuxumlari qopqoqchali bo'lib, patlarga, sochlarga, junlarga yopishib turadi. Shunday tuxumlardan tez muddat ichida lichinkalar paydo bo'ladi. Lichinkalar o'z tuzilishiga ko'ra voyaga yetganlariga o'xshab ketadi, faqat o'lchamlari va teri pigmentlari bilan farq qiladi. Parxo'rlarning umumiy rivojlanishi 3-4 haftani o'z ichiga oladi. Ular asosan teri epidermisi, patning ayrim qismlari, teridan ajraladigan mahsulotlar hisobiga, shuningdek, yaralardan ajraladigan moddalar hisobiga oziqlanadi. Natijada hayvonlarning jun va parlari to’kilib ketadi, qattiq qichish paydo qiladi. Ular o'zlari yashayotgan organizmni juda ham bezovta qiladi, buning evaziga hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi
It va mushuklarning junxo'rlari jun ostida yashab, parazitlik qilish bilan birga, ba'zan ayrim turlari tasmasimon chuvalchanglarning tuxumlarini ham tarqatadi. Parxo'rlarning 2600 ga yaqin turi ma'lum, shulardan 300 ga yaqin turi sutemizuvchilarda, qolganlari esa qushlarda parazitlik qiladi. Ulardan taxminan 400 ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan. Parxo'rlar turkumi o'z navbatida 2 ta kenja turkumga va bir nechta oilaga bo'linadi. Haqiqiy parxo'rlar kenja turkumiga oqish tovuq parxo'rini misol qilib olish mumkin. Pat va junxo'rlar kenja turkumiga esa tovuqlarning bosh parxo'ri va kaptar parxo'rini ko'rsatish mumkin. Shuningdek, ularga kattaligi 4-5 mm keladigan yirik o'rdak parxo'ri, it, mushuk va boshqa sutemizuvchilarda uchraydigan junxo'rlarni ham ko'rsatish mumkin.Parxo’rlar va junxo’rlar tomonidan chaqiriladigan kasalliklar mallofagozlar deb yuritiladi. Kimyoviy preparatlardan foydalanib, parxo'rlarga qarshi kurash olib boriladi.
Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling