Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1
Download 0.64 Mb.
|
8 jahon 2019 yana
III.Yangi mavzu bayoni:
Germaniya inqilobining asosiy sababi- o’rta asr feudal tartiblarining kapitalizm taraqqiyotiga hamon to’siq bo’lib kelayotganligi edi. Buning natijasida Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surdi.Oqibatda yagona umumiy bozor vujudga kelmadi.Sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi boshqa ilg’or davlatlardan orqada qoldi. Zo’ravonlikka asoslangan davlat apparati har qanday hur fikrli qatag’on qilar edi. Bu omillar Germaniyada ham inqilobning yetilishigaolib keldi. Inqilobning asosiy maqsadi Germaniyaning siyisiyt tarqoqligiga barham berish va feodal tartiblarini tugatish edi. Yevropaning boshqa davlatlarida 1847-yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz Germaniyani ham chetlab o’tmadi.Bu inqiroz ishsizlikning ko’payishiga, ish haqining pasayishiga olib keldi.Frasiyada boshlangan 1848-yilgi fevral inqilobi Germaniyada ham inqilob boshlanishida uchqun vazifasini o’tadi. 18-mart kuni Berlinda qo’zg’olon boshlandi.Siyosiy vaziyatning biroz bo’lsada, yumshashiga erishgan qirol hokimyati inqilobni bostirishga erishdi. Prussiyaqiroli Germaniyada eng kuchli qo’shinga ega bo’lganligi uchun boshqa mayday german davlatlaridagi inqilobiy harakatni ham bostirishda qatnashdi. Inqilob yengildi, oqibatda Germaniyada eski feudal tartiblar saqlanib qolaverdi. 1861-yilda birlashgan Italiya qirolligi tashkil etildi. Kapitalizmni yanada rivojlantirish zarurati mamlakatning birlashuvini nihoyasiga yetkazishni taqozo etardi. Til va madaniyat birligi Italiyani yagona davlatga birlashtirishga yordam berdi.Italiyani birlashtirishdek tarixiy vazifani ro’yobga chiqarish Sardiniya qirolligi zimmasiga tushdi.Uning bosh vaziri K.Kavur uzoqni ko’ra oluvchi siyosatchi edi. 1860-yilda Italiyani birlashtirishning qizg’in tarafdori, qahramoni Juzeppe Garibaldi o’z harbiy kuchi bilan Sitsiliya oroliga kelib tushdi. Xalq ommasi uni xaloskor sifatida kutib oldi. Sitsiliyaning asosiy shahri Palermo egallandi. Shundan so’ng J.Garibaldi qo’shini Neapolga yurish qildi. Neapol qo’shini tor-mor etildi va Neapol qirolligi tugatildi.J.Garibaldi Italiyani birlashtirish ishida yetakchilik qilatotgan Sardiniya qiroli Viktor Emmanuil II hokimyatini tan oldi. 1861-yilda yagona Italiya qirolligi tuzilganligi e’lon qilindi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling