Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Download 0.64 Mb.
bet96/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

III.Yangi mavzu bayoni: Siyosiy ahvol. XVI asrda Yevropada yangi jamiyat - kapitalizmning tarkib topish jarayoni davom etayotgan bir sharoitda Osiyo davlatlarida hamon o'rta asr davri feodal jamiyati munosabatlari davom etardi. Yaponiya ham bundan mustasno emas edi. XVI asr boshlarida Yaponiya o 'zaro ichki urushlar oqibatida amalda qator mayda-mayda davatlarga bo 'linib ketgan. O'zaro ichki urushlar faqat 1573- yilda ikkinchi syogun Asikaga sulolasi hokimiyatining ag'darilishi bilan nihoyasiga yetdi.

Yaponiyani yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy vazifani amal- ga oshirish ishiga qudratli xonadon yetakchilaridan biri Oda Nobunaga rahbarlik qildi. Shiddatli va shafqatsiz kurashlardan so'ng Oda Nobunaga 1573- yilda Asikagani syogunlikdan m ah rum etdi. XVI asr oxirlariga kelib u mamlakat viloyatlarining deyarli yarmini birlashtirishga muvaffaq bo 'ldi. Oda Nobunaga mamlakatda qator islohotlar o'tkazdi. Chunonchi, iqtisodiy taraqqiyotga to'sqinlik qilayotgan mahalliy soliq va bojxona to 'lovlarini bekor qildi. Savdo yo 'llari va ko 'priklar ta'mirlandi. Shaharlarga bozorlar ochish huquqi berildi. Shaharlarning tashqi savdo faoliyati rag 'batlantirildi. Ayni paytda tilla va kumush tangalarni muomalaga kiritdi. Oda Nobunaga o'tkazgan islohotlar Yaponiyaning siyosiy birlashuvi va iqtisodiy taraqqiyotiga yordam berdi.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling