Atamalar sharhi: Boykot (inglizcha - chora) - biror-bir davlat yoki korxona tovarlarini xarid qilishdan voz kechish.
Kontinental Kongress (qit'a Kengashi) - AQSHda mustaqillik urushi davrida oliy qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirgan organ.
Metropotiya (yunoncha) - o'zga mamlakatlarni bosib olib, o'z mustamlakasiga aylantirgan mustamlakachi davlat.
Davlat suvereniteti (fransuzcha - oliy hokimiyat) - ho- kimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosa- batlarda to'la mustaqilligi.
Yagona ichki bozor - bir xil o'lchov (metr), og'irlik (kg) va yagona pul birligining qaror topganligi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalari qay tariqa tashkil etildi?
2.Nega Yevropa (asosan, Buyuk Britaniyajdan ko'chib borib o'rnashgan yevropaliklar Buyuk Britaniya tarkibida qolishni istamay qolganlar?
3.AQSH qay tariqa tashkil etildi?
4.Shimoliy Amerikadagi mustaqillik urushi qanday natija bilan tugadi?
5.AQSH Konstitutsiyasining qabul qilinishi haqida nimalarni bilib oldingiz?
5.Amerika burjua inqilobining tarixiy ahamiyati nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |