Min sulolasining halokati. Sulolaning tashqi bosqinchi kuchlar oldidagi taslimchilik siyosati mamlakatda keskin norozilikni keltiiib chiqardi. Mamlakatni dehqonlar qo'zg'oloni qamrab oldi. Dehqonlar qo'shinlarining yetakchilari barcha harbiy kuchlarni birlashtirdilar. Ularga Li Szi-chen qo'mondonlik qildi.
1643- yilda qo 'zg 'olonchilar harbiy kengashi Pekinga hujumboshlash haqida qaror qabul qildi. Li Szi-chen imperator deb e'lon qilindi. Xitoyning janubi-g'arbiy qismida esa dehqonlar qo'zg'olonining yanabir qo'mondoni Chjan Syan-chjun ham o'z davlatini tuzganligini e'lon qildi. Bu davrda mamlakat shimolida hukumat qo'shinlari general U Sanguy qo'mondonligida manjurlarga qarshi kurash olib borayotgan edi. U Sanguy Pekindagi yangi hukumatga katta tashvish keltirishi mumkin edi. Shuning uchun ham Li Szi-chen u bilan til topishishga qaror qildi. Biroq U San-guy dehqonlar hokimiyatini tan olmadi. Ayni paytda u dehqonlar hukumatini o'z ixtiyoridagi qo'shin bilan ag'darishgaham ojizligini bilar edi. Shu tufayli u xoinlik yo'liga o'tdi va manjurlar vassali bo'lishga rozilik berdi. Dehqonlar qo 'zg 'olonlari shafqatsizlik bilan bostirildi. Li Szi-chen va Chjan S y anchjun1ar jang1arda halok bo 'ldilar.
Tashqi siyosat. Sin sulolasibosqinchiliksiyosatiyuritdi. Dastlab, 1637- yilda Koreya vassal davlatga aylantirildi. 1757-yildan boshlab Guanchjou portidan boshqa barcha porlar Yevropa kemalari uchun yopibqo'yildi. 1758-yilda esa shimoliy va G'arbiy Mo'g'ulistonda tashkil topgan Jung'oriya (Oyrat) xonligi butunlay bosib olindi. Tez orada butun Mo'g'uliston va Qashqar ham egallandi.
Sin sulolasi hukmdorlari Xitoyni to'la bo'ysundirishda g'arbiy yevropaliklar madadiga tayandi. Shu tufayli ularga dastlab Xitoy portlari ochib berildi. Biroq g'arbiy yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi oxir-oqibatda nimalarga olib kelishi tobora oydinlasha borgach, o'zgacha yo'l tutishga majbur bo'lindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |