Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish


Download 80.45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.07.2017
Hajmi80.45 Kb.
#11936

Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni 

saqlashni boshqarish 

MAVZU: DAVLAT SANITARIYa 

EPIDYeMIOLOGIYa NAZORATI 

MARKAZLARI IShINI TAShKIL QILISh 



Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorati 

markazlari 

Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya 



nazorati markazi (tuman, shahar, viloyat, 

Qoraqalpog'iston Respublikasi) hududiy davlat 

sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari 

faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi 

boshqaruv organi hisoblanib, Uzbekiston 

Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziriga bo'ysunadi, 

sanitariya-epidemiologiya nazorati masalalari 

bo'yicha Vazir muovini - O'zbekiston Respublikasi 

Bosh Davlat sanitariya vrachiga hamda Vazirlik 

qoshidagi Bosh boshqarmasiga bo'ysunadi. 

 


Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati 

markazlari O'zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi, «Davlat sanitariya nazorati 

to'g'risida»gi qonunga «Fuqarolar sog'lig'ini 

saqlash to'g'risida»gi qonunga, hamda O'zbekiston 

Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2-

dekabr 1999 yil 710-sonli buyrug'i bilan 

tasdiqlangan «Nizom»ga muvofiq faoliyat 

yurituvchi tibbiy profilaktik muassasa hisoblanib, 

sanitariyaga doir va epidemiyaga qarshi kurash 

chora tadbirlarining kompleks uyushtirilishini va 

o'tkazilishini ta'minlaydi, hamda davlat sanitariya 

nazoratini amalga oshiradi. 

 


O'zbekiston Respublikasida Davlat sanitariya-

epidemiologiya xizmati muassasalari 

O'zbekiston Respublikasi xududida joylashgan 

qaysi idoraga bo'ysunishidan, mulkchilikning 

shakllaridan qat'iy nazar, barcha davlat 

idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 

birlashmalar sanitariya normalari, qoidalari va 

gigiyenik normativlariga rioya etishlari ustidan 

davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi. 



Tumanlar va shaharlardagi aholi yashash 

joylarining sanitariya-epidemiologiya vaziyati 

uchun kommunal va sanitariya xizmatlari 

rahbarlari bilan birgalikda shaxsan hokimlar javob 

beradilar.  

Boshqa tashkilotlarning, DSENM organlarining 



davlat sanitariya nazorati to'g'risidagi O'zbekiston 

Respublikasi qonuniga muvofiq xududlarni 

sanitariya muhofazasi va kasalliklarning oldini 

olishga doir amalga oshirayotgan faoliyatiga 

to'sqinlik qilish maqsadida ularning ishiga 

aralashish va har qanday ta'sir ko'rsatishga urinish 

qat'iyan ta'qiqlanadi va O'zbekiston Respublikasi 

qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 

 


O'zRSSVi DSENM ning turlari, kategoriyalari, tarkibiy qismlari va 

ularda ishlaydigan mutaxassislar sonini belgilaydi. DSENM o'zlari 

faoliyat ko'rsatayotgan hududlarning aholisi soniga qarab ma'lum 

kategoriyaga bo'linadi. 

O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, 



viloyatlar va Toshkent shahar DSENM o'z xududidagi aholi 

soniga qarab kuyidagi kategoriyalarga bo'linadilar: 

1- 


kategoriya 2 milliondan ortiq aholiga; 

2-



kategoriya 1 milliondan 2 milliongacha bo'lgan aholiga; 

3- 


kategoriya 500 000 dan 1 milliongacha bo'lgan aholiga; 

4

 - kategoriya 500 000 gacha bo'lgan aholiga tashkil etiladi. 



 

Tuman DSENM ga ega bo'lgan shaharlardagi shahar DSENMlari 

quyidagi kategoriyalarga ega: 

1-  - 



kategoriya 600 mingdan 800 minggacha bo'lgan aholiga; 

2-  - 



kategoriya 400 mingdan 800 minggacha bo'lgan aholiga; 

3-  - 



kategoriya 400 minggacha bo'lgan aholiga tashkil qilinadi. 

Shahar DSENMlari quyidagi kategoriyalarga bo'linadi. 



1- 


kategoriya 300 mingdan ortiq bo'lgan; 

2- 



kategoriya 200 mingdan 300 minggacha bo'lgan aholiga; 

3



 - kategoriya 100 mingdan 200 minggacha bo'lgan aholiga tashkil 

qilinadi. 

Qishloq tumanlarining DSENMlari o'zlari xizmat ko'rsatayotgan aholi 



soniga qarab quyidagi kategoriyalarga bo'linadi: 

1



 - kategoriya 60 mingdan ortik bo'lgan aholiga; 

2- 



kategoriya 30 mingdan 60 minggacha bo'lgan aholiga; 

3- 



kategoriya 30 minggacha bo'lgan aholiga tashkil qilinadi. 

 




Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat 

markazlarining strukturasi: 

 



Barcha Davlat sanitariya   epidemiologiya nazorat 

markazlari qo'yidagi asosiy bo'limlardan tashkil 

topgan:  

sanitariya-gigiyena 



epidemiologiya   

dezinfeksiya (yirik shaharlarda mustaqil dezinfeksiya 



stansiyalari mavjud). 

laboratoriya bo'limi (gigiyenik, bakteriologik labaratoriya).   



 

Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat 

markazlarining qo'shimcha  bo'limalarini 

tashkil qilinishi ularning turiga va 

kategoriyalarga bog'liq. 

Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorat 



markazlari davlat tasarrufidan chiqarilmaydi 

va xususiylashtirilmaydi. 





Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorat markazlarining 

asosiy vazifalari: 

   1.



Tegishli tashkilotlar bilan birgalikda sanitariya  

epidemiologiya masalalarida aholining xotirjamligini 

ta'minlash va Respublika hududiga karantin va o'ta xafli 

infeksiyalarni kirib kelishini va tarqalishini oldini olish. 

2. 


Xalq xo'jaligi ob'yektlarini, texnologik qurilmalar va 

uskunalar hamda transport vositalarini rejalashtirish, 

joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va foydalanishga 

topshirish paytida aholi salomatligiga zarar yetkazishi 

mumkin bo'lgan tashqi muhit omillarini oldini olish 

bo'yicha ogohlantiruvchi sanitariya  nazoratini o'tkazish. 

 


3.

Aholi sanitariya  madaniyatini oshirish. 



4.

Ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatining asosiy  tarkibiy qismi 



bo'lgan sanitariya  va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o'tkazish.  

Yuqorida keltirilganlarga qo'shimcha Respublika Davlat 



sanitariya  epidemiologiya nazorat markazlari qo'yidagi 

vazifalarni bajaradi. 

Mamlakatimizda orttirilgan tajriba va dunyodagi eng ilg'or 



yutuqlardan foydalangan holda sanitariya-gigiyena, 

epidemiologiya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi  sohalari 

bo'yicha tibbiyot fanini taraqqiy ettirishning strategik va istiqbol 

rejalarini tuzish, fan-texnika sohasidagi yutuqlarni va ilg'or 

tajribalarni amaliyotga tadbiq etish. 

Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorati bo'yicha normativlar 



va standartlar tizimini yaratish. 

 




Davlat  sanitariya  epidemiologiya nazorat markazlari 

bo'limlarining ish vazifalari: 



Mehnat gigiyenasi bo'limi. 

mulkchilikning shaklidan va qaysi idoraga bo'ysunishidan qat'iy 



nazar korxonalar, birlashmalar va boshqa ishlab chiqarish 

ob'yektlari uchun yer uchastkasi ajratishda ishtirok etish va xulosa 

berish. 

mulkchilikning shaklidan va qaysi idoraga bo'ysunishidan qat'iy 



nazar korxonalar, birlashmalar va boshqa ishlab chiqarish 

ob'yektlarini loyihalash, ko'rish, qayta ko'rish, yangilash chog'ida, 

korxonalarning texnika bilan qayta qurollantirish va ularni 

foydalanishga topshirish paytida sanitariya  normalari, qoidalari 

va gigiyenik normativlarga amal qilinganligini nazorat etish va 

xulosalar berish. 

 


laboratoriya va instrumental o'lchov usullarini qo'llab, mikro-

iqlim, shovqin, vibratsiya, chang, elektromagnit va issiqlikdan 

nurlanish, ventilatsiya samaradorligi, tabiiy va sun'iy 

yoritilganlikni hamda ishlab chiqarish korxonalarining sanitariya-

gigiyenik holatini o'rganish. 

kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxsiz hodisalarini oldini olish 



maqsadida mulkchilikning shaklidan qat'iy nazar, korxonalar, 

muassasa, tashkilot va birlashmalarning xodimlarini dastlabki 

hamda davriy tibbiy ko'rikdan o'tkazish va olingan ma'lumotlar 

asosida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish. 

qishloq xo'jaligi, sanoat ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchilar 



o'rtasida jarohatlanish va nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga 

qobiliyatsizlikni, umumiy va kasb kasalliklarini aniqlash. 

ishchilarni sog'lomlashtirish, dam olish va ish sharoitlarini 



yaxshilash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish. 

 


qishloq xo'jaligi va sanoat korxonalarida 

ishlayotgan ayol va o'smirlarning mehnat 

sharoitlarini o'rganish va unda mehnat bo'yicha 

qonunlarga rioya qilinishini tekshirish. 

ishchilarning texnika xavfsizligi qoidalariga rioya 



qilishlarini, shaxsiy himoya vositalaridan 

foydalanishlarini nazorat ostiga olish. 

mineral o'g'itlar va kimyoviy zaharlarni ishlab 



chiqarish, saqlash, transportirovka qilish va 

qo'llashda sanitariya  qoidalariga rioya qilishlarini 

nazorat ostiga olish. 




Ovqatlanish gigiyenasi bo'limi. 

mulkchilikning shakllaridan qat'iy nazar, oziq-ovqat mahsulotlari va 



oziq-ovqat xomashyosi ishlab chiqarish, ularni saqlash, tashish, sotish 

bilan shug'ullanuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 

birlashmalarni qurish uchun yer uchastkasini ajratishda ishtirok etish va 

xulosalar berish. 

qayd etilgan idoralar, korxonalar, muassasalarni loyihalashtirish, qurish, 



qayta qurish, yangilash va ularni foydalanishga topshirish chog'ida 

sanitariya  normalari va gigiyenik normativlarga amal qilinganligini 

nazorat etish va xulosalar berish. 

yangi ozuqa qo'shimchalarini maxsus qo'shiladigan biologik faol 



moddalarni, oziq-ovqat mahsulotlari   saqlanadigan idishlarni  yangi 

turlarini ishlab chiqishda va qo'llashda ularning zaharliligiga  gigiyenik 

jihatdan baho berish. 

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transportirovka (maxsus 



moslamalarda) qilish, saqlash va tarqatishda sanitariya-gigiyenik 

normalarga rioya qilishni nazorat ostiga olish. 

 


mahsulot ishlab chiqarishni, idishlar, oziq-ovqat mahsulotlari, o'rash 

materiallarini sanitariya  talablari  nuqtai nazaridan tekshirish. 

umumiy ovqatlanish ob'yektlari, sut, go'sht sanoat korxonalari, savdo-



sotiq tarmoqlari ustidan sanitariya-gigiyenik va laboratoriya nazoratini 

o'tkazish. 

ovqatlanish (alimentar) yo'llari orqali kelib chiqishi mumkin bo'lgan 



yuqumli kasalliklarni va oziq-ovqatdan zaharlanishlarning profilaktik 

tadbirlarini ishlab chiqish. 

so't, go'sht zavodlari, oziq-ovqat do'Qonlari, ovqatlanish ob'yektlarida 



ishchilarning salomatligini va ularning profilaktik tibbiy ko'rikdan o'z 

vaqtida o'tishlarini nazorat qilish. 

har xil tabaqalardagi aholining o'ziga xos bo'lgan fiziologik 



xususiyatlarini qayd qilib oqilona ovqatlanish tadbirlarini ishlab chiqish 

va amalga oshirish. 

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, umumiy ovqatlanish 



korxonalarida ishlovchi ishchi xizmatchilarning salomatligini o'rganish. 

 




Kommunal gigiyenasi bo'limi. 

mulkchilikning shakllaridan qat'iy nazar kommunal xo'jalik, sport 



inshootlari, sanitariya  maishiy binolar, davolash profilaktika, 

turar joy binolari va boshqa muassasalar binolari uchun yer 

uchastkasi ajratishda ishtirok etish va xulosalar berish. 

qayd etilgan idoralar, korxonalar, muassasalarni loyihalash, 



qurish, qayta qurish, yangilash va ularni foydalanishga topshirish 

chog'ida sanitariya  normalari, qoidalari va gigiyenik 

normativlarga amal qilinganligini nazorat etish va xulosalar 

berish. 

davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat'iy nazar, 



korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar xo'jalik 

ichimlik suvi ta'minotining markazlashtirilgan tizimlari yetkazib 

beradigan suvning sifati gigiyena talablariga va davlat 

standartlariga mos bo'lishligini ta'minlashlarini nazorat etish. 

 


davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat'iy nazar, korxonalar, muassasalar, 

tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar ro'zg'orda va maishiy maqsadlarda 

ishlatiladigan havzalardagi suvning, shu jumladan markazlashtirilmagan tartibda 

ta'minlanadigan suvning sifati amaldagi sanitariya  normalari va qoidalariga mos 

bo'lishligini ta'minlashlarini nazorat qilish. 

laboratoriya va instrumental tekshirish usullarini qo'llab tashqi muhitning sanitariya  



holatini, shuningdek uning aholi sog'ligiga ta'sir etishni o'rganish. 

atmosfera havosini trasport vositalari chiqindilaridan muhofaza etish bo'yicha tadbirlar 



o'tkazish. 

atmosfera havosi, tuproq, suv havzalarini sanitariya  holatini buzayotgan sanoat 



korxonalari va maishiy muassasalar manbalarini aniqlash, ro'yxatga olish, pasportini 

tuzish, ulardan ifloslanishning oldini olish. 

tozalash qurilmalarini va asboblarini texnikaviy holatini, ishlatilishini nazorat ostiga 



olish va samaradorligini baholash. 

turar joy punktlarini suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya, tozalash va 



ko'kalamzorlashtirish ishlarini nazoratga olish. 

 




Bolalar va o'smirlar gigiyenasi bo'limi: 

Bolalar muassasalari, o'quv yurtlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratilishida ishtirok 



etish va xulosalar berish.  

Yuqorida qayd etilgan ob'yektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish,    ularni    



foydalanishga    topshirish    chog'ida    sanitariya normalari,     qoidalari     va     

gigiyenik     normativlarga     amal qilinganligini nazorat etish va xulosalar berish. 

Bolalar mebeli, o'yinchoq, kitob, kiyim va shaxsiy foydalanish 



asboblarini joriy qilish va ishlab chiqarish davrida   sanitariya 

nazoratini o'tkazish. 

Bolalar va o'smirlarni o'qitish va tarbiya qilish, ovqatlanish, dam 



olish sharoitlarini (kun tartibini, o'quv jadvalini) sanitariya va 

gigiyenik jihatdan baholash. 

Maktabgacha bo'lgan tarbiya  muassasalari, maktab - litsey, maktab-internat,   bolalarni 



sog'lomlashtirish muassasalarida va shu kabi bolalar va o'smirlarning  maktabdan   

tashqari   ob'yektlarida   tibbiy   xizmat 

tashkil etilganligini, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi 

kurash qoidalariga rioya qilinayotganligini nazorat ostiga olish. 

 


Polimer materiallarni qo'llanilishini, bolalar mebeli, kiyim- 

kechak, kitob, o'yinchok, kundalik asboblarni ishlab chiqarilishini 

nazoratga olish. 

O'smirlarga kasb tanlash to'g'risida maslahat berish. 



Ishchi    o'smirlarning    turmush,    mehnat    sharoitlarini,    ularga 

taalluqli mehnat qoidalariga rioya qilishni nazorat ostiga olish. 

Bolalar     muassasalari     xodimlarining     profilaktik     tibbiy 



ko'riklarini o'z vaqtida o'tkazilishini nazorat qilish. 

Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi bolalarni, maktab,  



litseylar,     bilim    yurtlari,    kolledj, kasb-xunar litseylarida o'qiyotgan 

o'quvchilarni tibbiy ko'rikdan o'z vaqtida o'tkazilishini tashkil qilish. 

Bolalar        va       o'smirlarning       kasalliklarini,        jismoniy 



rivojlanishini o'rganish ularga ta'sir qiladigan omillarni 

aniqlash: bolalar va o'smirlarni garmonik rivojlanishi bo'yicha 

sanitariya-gigiyenik chora-tadbirlarning ishlab chiqish. 




Epidemiologiya bo'limi: 

Mulkchilikning      shakllaridan      qat'iy      nazar,      korxonalar 



muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarni rahbarlari va alohida 

shaxslarning yukumli va parazitar va boshqa ommaviy kasalliklarni 

oldini  olishga qaratilgan tadbirlarni,  shuningdek ular  kelib 

chiqqan taqdirda, bu kasalliklarni yo'qotish choralarini o'z vaqtida 

amalga oshirishlari ustidan nazorat olib borish. 

Muhim   shifoxonalarda  ichki   infeksiyani   tarqalishini   oldini 



olish bo'yicha chora-tadbirlar o'tkazilishini nazorat qilish. 

Yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni o'z vaqtida aniqlash va 



kasalxonalarga     yetkazish,     infeksiya     manbalarini     (o'chog'ini) 

epidemiologik tekshirish va nazorat qilib turish. 

Yuqumli va parazitar kasalliklar o'choqlarida karantin, tashkiliy 



va profilaktik tadbirlarni o'tkazish. 

Klinik,  bakteriologik  va epidemiologik  diagnostikani  joriy 



etish. 

 


Ob'yektlarni reja bo'yicha tekshirish, hamda infeksion kasalliklar 

bilan og'rigan bemorlar va infeksiya manbalari bilan kontaktda 

bo'lgan     shaxslarni     bakteriologik     tekshirish     va     bakteriya 

tashuvchilarni aniqlash. 

Surunkali yuqumli kasallik bilan og'rigan bemorlarni va 



rekonvalitsentlarni dispanserizatsiya qilish ustidan nazorat 

o'rnatish. 

Profilaktik emlashlarni nazoratga olish va metodik jihatdan 



rahbarlik qilish. 

Aholining   har   xil   guruhlari   orasida   tarqalgan   yuqumli 



kasalliklarni   o'rganish  va  ularni   oldini   olish   bo'yicha  chora- 

tadbirlar ishlab chiqish. 

 




Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati 

Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari o'z 



faoliyatida ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratini 

olib boradilar. 

Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati, sanitariya nazorati 



ishining barcha tarmoqlari; maishiy-kommunal, jamoat 

binolari, dam olish, o'kuv binolari, bolalar muassasalari, 

jismoniy-tarbiya va sport inshoatlari, sanoat korxonalari, 

ishlab chiqarish tsexlari, agregatlarni qayta jihozlash, 

texnologik jarayonga o'zgartirishlar kiritish, yangi 

texnologik jihozlarni, texnologik jarayonlarni ishga tushirish 

va boshqalar, hamda aholi turar joy binolari qurilishini 

rejalashtirish va obodonlashtirish va hakozolarda olib 

boriladi. 

 




DSENM o'z ishida quyidagi asosiy ish usullarini 

qo'llaydi

nazorat qilinayotgan ob'yektni sanitariya holatini 



yozish usuli; 

laboratoriya va asboblar bilan tekshirish usuli; 



— 

ogohlantirish    va    joriy    sanitariya    nazorati,    



atrof    muhit omillarining     inson organizmiga ta'siri, 

odamlarning yashash va xo'jalik sanitariya sharoitlari, 

yuqumli va yuqumsiz kasalliklar, 

aholi  demografiyasi  ma'lumotlarni  ishlab  chiqish  va  

o'rganishga 

asoslangan statistik usul. 

 


Sanitariya tekshiruv natijalari, yakunida shu 

ob'yektning tekshiruv maqsadiga muvofiq 

tavsiyalar berish uchun dalolatnoma tuziladi. 

Tekshirilayotgan ob'yektni sanitariya holati 

qoniqarsiz bo'lsa, muddatlari ko'rsatilgan holda 

kerakli tadbirlar o'tkazish talab qilinadi. Ular 

bajarilmaganda Bosh davlat sanitariya vrachi yoki 

uning muovini Uzbekiston Respublikasining 

"

Davlat sanitariya nazorati to'g'risida"gi qonunga, 



"

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga 

asosan ma'muriy chora qo'llaydi. 

 




Foydalanilgan adabiyotlar :                                    

Serenko A.F., Yermakov V.V. «Sotsialnaya gigiyena i 



organizatsiya zdravooxraneniya», Moskva, 1984 g. 

Lisitsin Yu.P., Kopit N.Ya. «Rukovodstvo k prakticheskim 



zanyatiyam po sotsialnoy gigiyene i organizatsii 

zdravooxraneniya», Moskva, 1984 g. 

Ukaz Prezidenta Resubliki Uzbekistan ot 2.03.1998g. «Ob usilenii 



otvetstvennosti za narusheniye sanitarnogo nadzora». 

Prikaz Minsterstvo zdrovooxraneniya Respubliki Uzbekistan «O 



merax po povisheniyu effektivnosti Gosudarstvennogo 

sanitarnogo nadzora». 16 aprelya 1998g.g.Tashkent. 

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligining 



buyrug'i.№ 710. 02.12. 1999 y. Toshkent. 

O'zbekiston Respublikasining «Davlat Sanitariya  Nazorati 



to'g'risidagi» qonuni. Toshkent.1992 y. 

 

 

 



E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT! 

Download 80.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling