Fan: jamoat salomatligi,sohliqni saqlashni tashkil etish va boshqarish


Download 435.69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.10.2020
Hajmi435.69 Kb.
#135645
Bog'liq
14.BOLALAR KASALXONASI (1)


KAFEDRA:  JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA 

BOSHKARISH 

FAN: JAMOAT SALOMATLIGI,SOHLIQNI SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA 

BOSHQARISHKIL ETISH VA BOSHQARISH 

 

Tugrukxona kompleksida bolalarga tibbiy yordamni tashkil 

etish. 

 Bolalar kasalxona ishini tashkil etish

. 


 Respublikamizda xozirgi kunda 6 millionga yakin oila 

mavjud bo'lib, har yili o'rtacha 250 minta yangi oila 

tashkil topmoqda. 

Statistik ma'lumolarga ko'ra, tugish  yoshida bo'lgan 

ayollarning deyarli 65-70% tida, homilador ayollarning 

75-80% tida turli xil ekstragenital kasalliklar mavjud 

bo'lib, bu kasalliklar xomiladorlik va tug'ruq jarayonini 

asoratli o'tishiga va  bu o'z navbatida tugilayotgan 

go'daklar turli kasalliklar bilan dunyoga kelishga, 

ayollarning tug'ruq asoratlari oqibatida nogironligiga olib  

kelmoqda. 


Ayollar reproduktiv faoliyatning o'zoq davom etishi, oilalar 

sanitariya madaniyatini ko'ngildagidek emasligi, qizlarning erta 

turmushga chiqishi va ketma-ket farzand ko'rish, yoshlikdan 

salomatligi zaif bo'lgan qizlar sonining hali ham  

kamaymayotganligi, yuqoridagi noxush holatlarni davom etishiga 

asos bo'lmoqda. Bundan tashqari, mamlakatning ijtimoiy 

taraqqiyoti, turmush madaniyati, sanitariya-epidemiologik holati, 

davolash-profilaktika, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi 

tadbirlarning samaradorligi, onalar va bolalar, ayniqsa bir 

yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi kattaliklari bilan belgilanadi. 

 Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimida  davolash-

profilaktika yordami bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bilan 

farqlanadi. 


Birinchi bosqich – ayollarga xomiladorlikgacha bo'lgan 

davrda tibbiy yordam ko'rsatish, ularni onalikka 

tayyorlash. Bunda yoshlarni jinsiy masalalar bo'yicha 

tarbiyalash, yosh oilalarni nikox gigiyenasi va abortlar 

profilaktikasi bo'yicha tibbiy bilimlarni oshirishda ayollar 

konsultatsiyasi, oila va nikoh konsultatsiyasining roli 

katta. 

Ikkinchi bosqich   - ya'ni xomilani antenatal davrdagi 



sog'lig'ini muxofaza kilishda esa ayollar konsultatsiyasi,  

akusherlik statsionarlarining, bemor xomiladorlar uchun 

tashkil etilgan ixtisoslashgan terapiya bo'limlari, 

sanatoriyalarning faoliyati muhim o'rinni egallaydi. 



Uchinchi bosqich - homilaning tug'ruq davridagi 

muhofazasi, bu davrda tug'ruqni oqilona qabul qilish, 

asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu davrda maxsus tibbiy 

yordam, tug'ruqxona komplekslari hamda keng tarmoqli 

shifoxonalar tomonidan  ko'rsatiladi. 

To'rtinchi bosqich – chaqaloqlar salomatligini saqlash: 

chaqaloqni to'g'ri parvarishlash, ko'krak suti bilan boqish, 

fiziologik jixatdan rivojlanishi ustidan nazorat o'rnatish, 

chaqaloqlarga tug'rukxona komplekslarida, bolalar 

shifoxonalarida davolash-profilaktika yordamini 

ko'rsatish  


Beshinchi bosqich  - maktabgacha  bo'lgan davrda bolalar 

salomatligini saqlash. Bu davrda tibbiyot muassasalarining asosiy 

vazifalaridan biri – bolalarning to'g'ri  tarbiyalanishi, ovqatlanishi, 

jismoniy rivojlanishi,  immunobiologik holati ustidan  nazorat 

o'rnatish. 

Oltinchi bosqich – maktab yoshidagi bolalarning to'g'ri 

tarbiyalanishi, ovqatlanishi jismoniy rivojlanishi ustidan nazorat 

o'rnatib, o'sib kelayotgan bola organizmining funksional holatiga 

baho berib boriladi, ma'lum o'zgarishlar aniqlanganda ularni 

tuzatish bo'yicha tegishli tavsiyalar beriladi. 



Yuqorida keltirilgan tadbirlarni bosqichma-bosqichma-bosqich uzviy tarzda olib 

borish mamlakatimizda onalaik va bolalikni muhofazalashning bir butun 

tizimini tashkil etadi. 

Onalik va bolalaikni muhofaza qilish ikki muxim bo'limdan: akusher-ginekologik 

va bolalarga davolash-profilaktika yordamini tashkil etishdan iborat. 

O'zbekistonda akusherlik-ginekologik yordamini tashkil etishni 

takomillashtirish, dispanser kuzatishning ilmiy asoslangan shakl va  usullarini 

xamda tug'ruqni qabul qilishni, yangi texnologiyalarini joriy qilish,  antenatal 

davrdagi yordamni sifatini  oshirish va oilada sog'lom turmush tarzi 

ko'nikmalarini xosil qilish maqsadida «Homilani antenatal davrda 

muhofazalash, ayollar konsultatsiyasi ishini tashkil qilish to'g'risida» 2001 yoil 

19-martda Sog'liqni Saqlash vazirligining 100-sonli buyrug'i chiqdi. 



Ayollar maslaxatxonasining tarkibi, vazifalari 

va prinsiplari  

Ayollarga akusher-ginekologik  yordam ko'rsatadigan ambulatoriya 

tipidagi asosiy muassasalarga ayollar maslaxatxonasi ,akusherlik-

ginekologiya ilmiy tadqiqot markazining maslaxat tashxizqo'yish 

poliklinikasi kiradi.  

Qishloq joylarida birinchi bosqida   QVP, ikkinchi bosqichda tuman 

ayollar  maslaxatxonasi,  tuman markazi shifoxonasi akusherlik 

kompleksi va viloyat shifoxonalari  tomonidan ko'rsatiladi. 

Ayollar maslaxatxonasi-ayollarga barcha turdagi akusher 

ginekologik ambulatoriya yordamini ko'rsatuvchi davolash-

profilaktika muassasasi  hisoblanadi. 


Ayollar maslaxatxonasining tuzilishi: 

• boshliqlar 

•  ro'yxatxona 

•  akusher-ginekologlar xonalari 

• tuqqanlar, ginekologik kasalliklarga chalingan ayollarni 

qabul qilish xonalari: 

• sog'lom ayollarni qabul qilish xonalari 

• ruxan ayollarni tug'ruqqa tayyorlash xonasi 

• terapevt, teri-tanosil kasalliklari vrachi, stomatolog, ijtimoiy 

xuquqiy fizioterapiya, muolaja xonalari,dorixona, mamuriy 

xo'jalik bo'limi. 


Ayollar maslaxatxonasining asosiy vazifalari  

quyidagilardan iborat: 

  homiladorlik, tug'ruq, tug'ruqdan keyingi davrdagi asoratlarni, 

ginekologik kasalliklarni oldini olish, ayollarda sog'lom turmush tarzi 

ko'nikmalarini shakillantirish; 

  biriktirilgan xudud aholisiga davolash akusher-ginekologik yordamini 

ko'rsatish; 

  xomilador ayollarni barvaqt aniqlash va dispanser nazoratiga olish; 

  chala tug'ishni, perinatal xamda onalar o'limini kamaytirish bo'yicha 

yangi tashkiliy usullarni qo'llash; 

  sanitariya maorif ishni olib borish; 

  ekstragenital va genital kasalliklari bor ayollarga xomiladorlik lozim 

bo'lmaganda uni oldini olish bo'yicha profilaktik tadbirlar o'tkazish. 


Xomilador ayollarga davolash-profilaktika yordamini 

tashkil etish 

 

Xomilador ayollar birinchi bor ayollar  maslaxatxonasiga 



murojat qilganlarida ularga shaxsiy karta (F № III/h) 

to'ldiriladi. Ushbu kartada barcha tekshiruv ma'lumotlari 

qayd etilib boriladi. 

Xomilador ayollarni dispanserizatsiya qilinishini bosh 

prinsipiga ularga differensiyalashgan holda  tibbiy xizmat 

ko'rsatish kiradi. 



Xomilador ayollar salomatlik holatiga qarab  

3 –guruhga bo'linadi 

1. Sog'lom ayollar – ginekolgik kasalliklari bo'lmagan, 

xomiladorlik asoratsiz kechayotgan ayollar 

2. Amaliy sog'lom –ijtimoiy gigiyenik jixatdan risk 

omillarga ega, xomiladorlik asoratsiz kechayotgan 

ayol 

3. Bemor ayol –xomilador ayol ekstragenital va genital 



kasalliklarga chalingan 

Xomiladorlik normal kechayotgan va amliy jixatdan sog'lom 

ayollar xomiladorlik davrida 14-15 marta vrach akusher-ginekolog 

kuzatuvidan o'tadi: homiladorlikning birinchi yarmida  oyiga 1 

marta, 2 chi yarmida 2 –marta, 32 haftasidan boshlab oyiga 3-4 

marta kuzatiladi. 

Ginekologik kasalliklar ayollar konsultatsiyasiga murojat 

qilganlarida hamda xomiladorlik tufayli o'tkazilgan tibbiy 

ko'riklarda va statsionarlarda somatik kasalliklar bilan 

davolanayotgan payitda  aniqlanadi. Aholining umumiy 

kasallanishlar strukturasining 10-12% ni ginekologik kasalliklar 

tashkil etadi. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra 1000 ta ayolga 170-300 

ta ginekologik kasalliklar  aniqlangan. 



Ginekologik kasalliklar strukturasi va uning turlari ayollarning 

yoshiga alohida bog'liq ekanligini qayd etish lozim. 

Ayollar 20-29  yoshida har 4 ni ayolga, 30-39 yoshida 3-chi 

ayolga, 50-59 yoshda xar 5 chi ayolga bitta ginekologik kasallik 

to'g'ri keladi. 

Ginekologik kasalliklarni o'z vaqtida aniqlash uchun tug'ruq 

yoshdagi (15-49 yoshli) ayollar xar yili bir marta tibbiy 

ko'rikdan o'tishlari lozim. Sanoat korxonalarida ishlovchi 

ayollar esa yillik 2 marta vrach  ginekolog ko'rigidan o'tishi 

lozim. 


Profilaktik ko'rikdan o'tuvchilar ro'yxati (F№ 048/x) tuziladi va  

xar bir ko'rikdan o'tgan ayolga «Profilaktik ko'rik kartasi» (F№. 

047/x) to'ldiriladi. 


Barcha tibbiy ko'rikdan o'tgan ayollarni 

dispanser nazoratiga olish uchun 3 ta  guruhga 

bo'linadi 

1. Sog'lom ayollar –menetrual funksiyaning kechishi 

bo'yicha xech qanday buzilishlar bo'lmagan, 

ginekologik kasalliklar, shikoyatlar yo'q. 

2. Amaliy sog'lom ayollar   - anamnezida ginekologik 

kasalliklar va ayrim funksional o'zgarishlar bor, 

ammo xozirgi kunda shikoyati yo'q. 

3. Bemor ayollar  - anamnezida ginekologik kasalliklar 

qayd etilgan shikoyatlar bo'lishi va bo'lmasligi ham 

mumkin, ob'yektiv tekshirishlarda ginekologik 

kasalliklar  qayd etiladi. 


Tug'ruqxona kompleksi, 

tarkibi, vazifalari  

Tug'ruqxona kompleksi – zamonaviy 

tibbiyot ilmi va texnikasiga asoslangan 

holda homiladorlikkacha, 

xomiladorlikning barcha  davrlarida 

hamda tug'ruq davrida va  undan so'ng 

akusherlik ginekologik yordamni 

ta'minlab beruvchi davolat profilaktika 

muassasidir. 


Tug'ruk kompleksining  asosiy vazifalari: 

1. Ayollarga xomiladorlik tug'ruq va tug'ruqdan keyingi davrlarda xamda 

ginekologik kasalliklarga yuqori malakali statsionar  va ambulatoriya 

davolash-profilaktik yordamni ko'rsatish. 

2. Chaqaloqlarga malakali tibbiy yordamni ko'rsatish 

3. Bo'limlarda ona va chaqaloqni birga bo'lishi uchun sharoi yaratish lozim 

bo'lganda  intensiv davolash. 

4. Ekstragenital kasalliklari bor xomiladorlarni tug'ruqqa  tayyorlash va 

davolash (37-38 xaftadan boshlab) 

5. Ginekologik kasalliklarni oldini olish, erta aniqlash va davolash 

6. Bola tashlash, kriminal obortlar, muddatidan ilgari  tug'ish anomaliya bilan 

tug'ish va o'lik tugishni oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar o'tkazish. 

7. Aholi o'rtasida  oilani rejalashtirish salomatlikni muhofaza qilish bo'yicha 

sanitariya  oqartiruv ishlarni  tashkillashtirish. 



Bolalarga davolash-profilaktik 

yordamini tashkil etish  

 


Bolalar poliklinikasi, tuzilishi, vazifalari. 

Respublikamizda bolalarga davolash profilaktika yordamini 

tashkil etish deganda – bolalar tug'ilgandan boshlab, to ular 

o'rta maktabni tugatgunga qadar uzluksiz malakali tibbiy 

yordamni ta'minlaydigan davlat tizimi tushuniladi. 

Ushbu tizim barcha asosiy tibbiy muassasalarning faoliyatlarini 

muvofiqlashtirgan xolda bolalarga davolash –profilaktika 

yordamini tashkil etadi: bolalar poliklinikasi, bolalar 

kasalxonasi maktabgacha ta'lim  maktab  sanitariya va boshqa 

sog'lomlashtirish hamda ta'lim – tarbiya muassasalari. 



Bolalar poliklinikasi bola  tug'ilganidan 

boshlab to 18 yoshgacha bo'lgan bolalarni 

tibbiy yordam bilan ta'minlovchi muassasa  

hisoblanadi. 

Bolalar poliklinikasining kategoriyasi u 

xizmat ko'rsatayotgan bolalar sonidan va 

sog'liqni saqlash vazirligining tegishli 

buyrug'iga muvofiq belgilanadi. 



Bolalar poliklinikasining tuzilishi quyidagilardan 

iborat: 


• alohida kirish xonasiga esa bo'lgan  filtr va izolyatsiya 

qilingan bokslardan 

• ro'yxatxona 

• pediatrlar va mutaxassis vrachlar xonasi; 

• sog'lom bolalarni qabul  qilish xonasi 

• salomatlikni qayta tiklash xonasi 

• davolash diagnostika xonalari 

• ma'muriy xo'jalik bulimi 



Bolalar poliklinikasining  vazifalari 

quyidagilardan iborat:  

• kompleks profilaktik tadbirlarni tashkil etish va 

o'tkazish; 

• poliklinika va unda  davolash konsultatsiyasi 

yordamini tashkil etish; 

• maktabgacha ta'lim muassasasida va maktablarda 

bolalarga davolash profilaktika yordamini tashkil 

etish; 

• DSENM lari bilan birgalikda epidemiyaga qarshi 



tadbirlar o'tkazish; 

• bolalarni xuquqiy himoya qilish 



Bolalar poliklinikasining ish 

prinsipi va ish uslublari.  

Bolalar poliklinikasi ham o'z ishini boshqa 

ambulatoriya poliklinika muassasalarining 

umumiy prinsipi bo'lgan uchastka prinsipida 

tashkil etadi. Bunda yagona pediatr  sistemasiga 

asosan bitta uchastka  pediatriga tug'ilgandan to 18 

yoshigacha bo'lgan 800 ta  bola  ajratiladi.  

Uchastka pediatrining asosiy faoliyati barcha 

yoshdagi bolalarning jismoniy va ruhiy jixatdan  

to'g'ri rivojlanishni  ta'minlash  va o'lim xollarini 

kamaytirishga qaratilgan bo'ladi.  


Uchastka  pediatrining yuklamasi poliklinikada 

me'yorda 3 soatda 5 ta bolaga,  profilaktik  

ko'riklarga ajratilgan kun va soatlarda esa 1 

soatda 7 ta bola, uyda esa  2 ta bolaga xizmat  

qilishdan iborat.  

Bitta uchastka  pediatri  lavozimiga 1,5 ta 

uchastka xamshirasi  lavozimi ajratiladi. 


Uchastka  pediatrining asosiy  vazifalari 

quyidagilardan iborat: 

1. Sog'lom bolalarni dispanser nazoratiga olish; 

2. Davolash ishlarini  tashkil etish; 

3. Tegishli  ko'rsatmalarga  asosan kasal  bolalarni  dispanser 

nazoratiga  olish, davolash  sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish. 

4. Epidemiyaga qarshi ishlarni olib borish; 

5. Sanitariya maorifi ishlarini tashkil etish; 

6. Uchastkadagi bolalarning  jismoniy  rivojlanishi kasallanishi va o'lim 

xollari sabablarini chuqur o'rganish, ularni kamaytirish bo'yicha 

chora-tadbirlar ishlab chiqish va o'tkazish; 

7. Tibbiy xujjatlarni yuritish va o'z faoliyatini taxlil qilish. 



Uchastka pediatrining xizmatining asosiy usullaridan biri 

dispanser usuli bo'lib, u bir necha bosqichda olib boriladi: 

1- bosqich (sog'lom bolalarni  kuzatish) bir-biri bilan uzviy bog'liq 

bo'lgan bir-necha davrlarni o'z ichiga oladi. 

Birnnchi davr  xomilani antenatal davrida muhofazalash; 

Ikkinchi davr – chaqaloqni tug'rukxonadan chiqqandan so'ng 

dinamik kuzatish. Bunda pediatr, uchastka xamshirasi bilan 

birgalikda onani tug'ruqxonadan chiqqan kunining birinchi 3 

kunida uyida kuzatish lozim. 

Uchinchi davr  - bolaning birinchi yoshda xar oyida dinamik kuzatib 

borish. 

To'rtinchi davr  - 1 yoshdan 7 yoshgacha bolalarni dinamik kuzatish  

Kuzatishlar 2 yoshda –1 yilda 4 marta, 3 yoshda 2 marta, 5-7 

yoshlarida kompleks xolda tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. 



II- bosqich Bemor bolalarni kuzatish. Bunda xar bir 

bolaning salomatlik xolati va  kasalliklarning turi, 

xarakteri kechishiga qarab maxsus kompleks davolash 

sog'lomlashtirish tadbirlari tuzilib amalga oshiriladi. 

Uchastka pediatri olingan tegishli ma'lumotlar asosida 

bolalar salomatligiga kompleks baho beradi va 

salomatlik guruxini aniqlaydi. 

Uchastka pediatri o'z  faoliyatida tegishli tibbiy 

xujjatlarni to'ldirib boradi va ularga asosan xar oyda, 

kvartalda, bir yilda o'zining ish faoliyatini tahlil qilib 

boradi. 


Bolalar muassasalarida tibbiy 

yordamni tashkil eitsh  

Bolalar jamoalarida tibbiy yordamni tashkil 

etish boshqarish va nazorat qilish uchun 

poliklinikada, bolalar muassasalarida, 

maktablarida ishlovchi vrachlar va 

xamshiralardan tashkil topgan 

maktabgacha ta'lim maktab bo'limi tashkil 

etiladi. 



Maktabgacha  ta'lim maktab bo'limining asosiy vazifalari 

quyidagilardan iborat: 

• maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabga borishga 

tayyorgarlik ko'rayotgan bolalarni tekshirish va ular orasida 

davolash sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish; 

• bolalarning sog'lig'ini  muntazam kuzatib borish, sog'lom 

bolalarni reja asosida dispanser nazoratidan o'tkazish; 

• tibbiy ko'rik davrida aniqlangan bemor bolalarni davolash faol 

ravishda dispanser kuzatuvini olib borish; 

• o'tkir kasalliklarni oldini  olish bo'yicha profilaktik tadbirlarni  

o'tkazish; 

• ota-onalar, tarbiyachilar, pedagoglar, texnik xizmatchilar 

o'rtasida sanitariya maorifi ishlarini  tashkil etish 

• yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish 



Bolalar kasalxonasi, tuzilishi, 

vazifalari 

 

Bolalar kasalxonasi-mustaqil davolash-



profilaktika muassasasi xisoblanib, u 

bolalarga tug'ilgandan to 18 yoshgacha 

to'lgunga qadar yuqori malakali 

ixtisoslashtirilgan kasalxona yordamini 

ko'rsatadi. 


Bolalar kasalxonasining  tuzilishiga quyidagilar 

kiradi: 


• qabul bo'limi 

• ixtisoslashgan bo'limlardagi palatalar (bokslar) 

• anesteziologiya-reanimatologiya bo'limi, intensiv 

davolash palatasi 

• laboratoriya bo'limi 

• tibbiyot statistikasi xonasi 

• patologo anatomiya bo'qlimi 

• ma'muriy bino (xonalar) 



Kasalxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan 

iborat: 


• bolalar kasalliklarini, o'limini kamaytirish, ularning sog'lig'ini 

saqlashga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-

tadbirlarni tashkil etish; 

• statsionarda, poliklinikada, uyda bolalarga malakali 

ixtisoslashgan tibbiy yordam ko'rsatish; 

• kasalxonaga yotqazilgan bolalarning onalariga tibbiy yordam 

ko'rsatish, bemor bolani parvarish qilish bo'yicha maslaxatlar 

berish; 


• bolalarga davolash-profilaktika xizmatining sifati va samarasini 

oshirish, bolalar kasalxonasining ish formasi va usullarini 

taraqqiy ettirish, takomillashtirish; 

• tibbiyot xodimlarining malakasi va ko'nikmalarini oshirishga 

qaratilgan tadbirlar o'tkazish. 


Kasalxonadagi bo'limlarni ishini tashkil etish 

• Bolalar kasalxonasining o'ziga xos xususiyatlaridan biri 

kasalxonada infeksiya tarqalishini oldini olish bo'yicha chora-

tadbirlar olib borishdan iborat. Bunga har bir bo'limda bir-biridan 

ajralgan xolda seksiyalarni tashkil etish kiradi. 

• Chaqaloqlar va chala tug'ilgan bolalar bo'limlari boshqa 

bo'limlardan ajratilgan bo'ladi. 

• Ushbu bo'lim intensiv davolash xonasi, qon almashtirish-quyish, 

fizioterapiya va muolaja, onalar xonasi, ko'krak sutini to'plash va 

qayta ishlash hamda yordamchi xonalardan tashkil topgan bo'ladi. 

Bo'limlarning asosiy tarkibiy qismini palatalar yoki bokslar tashkil 

etadi. 


• Har bir boksda hamma sharoitlar tashkil etilgan bo'ladi. 

• Barcha bo'limlarda bolalarni vrach ordinatorlar va xamshiralar 

kuzatib, kompleks tekshirib davolash ishlarini olib boradilar.  


 

 

 



 

  E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT ! 



 

Download 435.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling