Fan: Mashinali O’qitishga kirish
Amallar bajarilish ketma-ketligi
Download 470.21 Kb. Pdf ko'rish
|
MI 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisoblash tartibini ozgartirish
- Assotsiativlilik (
- Ifodalar Misol (turtburchak.py fayl korinishida saqlang): buyi = 5 eni = 2 yuza = buyi * eni print
Amallar bajarilish ketma-ketligi
2 + 3 * 4 ifodada qaysi amal birinchi bajariladi: qo'shishmi yoki ko'paytirish? Matematika fanida ko'paytirish birinchi bajarilishi ko'rsatilgan. Demak, ko'paytirish operatori qo'shish operatoriga qaraganda katta prioritetga(muhimlik darajasiga) ega. Amaliyotda esa amallarni qavslar bilan aniq ajratish tavsiya etiladi. Bu dastur kodini oson o'qishga yordam beradi. Hisoblash tartibini o'zgartirish Ifodalarni o'qishni osonlashtirish uchun qavslarni ishlatish mumkin. Misol uchun, 2 + (3 * 4) ni tushunish oson operatorlar prioriteni bilish lozim bo'lgan 2 + 3 * 4 ifodadan ko'ra. Qavslarni o'ylab ishlatish kerak. Ortiqcha qavslarni ishlatishdan saqlaning. Misol uchun: (2 + (3 * 4)). Qavslarni ishlatishni ya'na bir afzalligi hisoblash tartibini o'zgartirish imkonini beradi. Misol uchun, qo'shish amalini ko'paytirish amalidan birinchi bajarish kerak bo'lsa, quyidagicha yozish mumkin: (2 + 3) * 4. Assotsiativlilik (Ассоциативность) Operatorlar hisoblashni asosan chapdan o'ngga amalga oshirishadi. Bu bir xil prioritetga ega bo'lgan operatorlar chapdan o'ngga tartibda amallarni bajarishadi. Misol uchun, 2 + 3 + 4 ifodasi (2 + 3) + 4 shaklida hisoblanadi. Ba'zi operatorlar misol uchun o'zlashtirish operatori o'ngdan chapga qarab amallarni bajaradi. Misol uchun: a = b = c ifodasi a = (b = c) shaklida qaraladi. Ifodalar Misol (turtburchak.py fayl ko'rinishida saqlang): buyi = 5 eni = 2 yuza = buyi * eni print('Yuza', yuza) print('Perimetr', 2 * (buyi + eni)) Natija: $ python turtburchak.py Yuza 10 Perimetr 14 Bu qanday ishlaydi: To'g'ri to'rtburchakning bo'yi va eni buyi va eni o'zgaruvchilarida saqlanadi. Biz ulardan ifodalarda to'g'ri to'rturchakning yuzi va perimetrini (tomonlari uzunliklarining yig'indisini) hisoblashda foydalanamiz. buyi * eni ifodaning natijaviy qiymatini yuza o'zgaruvchisida saqlanadi va print funksiyasi yordamida ekranga chiqariladi. Ikkinchi holda to'g'ridan-to'g'ri 2 * (buyi + eni) ifodaning qiymatini print funksiyasiga beramiz. Yana shunga e'tibor beringki, Python natijani "chiroyli" shaklda ekranga chiqaradi. Biz "Yuza" bilan yuza o'zgaruvchisi orasiga "probel" (bo'sh joy) qo'ymagan bo'lsak ham, Python biz uchun uni o'zi hisobga olib ketadi va "probel" qo'yadi. Bu Pythonning dasturchilar uchun yengilliklar berishiga misol bo'la oladi. Xulosa: Mashinali o'qitish uchun matematika ko'pincha e'tiborga olinmaydigan yoki noto'g'ri nuqtai nazardan qaraladigan muhim jihatdir. Ushbu ma’ruzada biz Mashinali o'qitish uchun zarur bo'lgan matematikaning asosiy yo’nalishlari hamda farqlarini muhokama qildik. Shuningdek, ushbu sohada matematikaning qayerga va nima uchun kerakligini bilib oldik. Va Phyton dasturlash tilida matemetik operator va operatsiyalarni ko’rib chiqdik. Download 470.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling