Fan mazmuni Mashgʻulotlarshakli: maʼruza (M)


Mavzu-12: Institusionalizm iqtisodiy ta’limotining mohiyati va ahmiyati Asosiy savollar


Download 0.99 Mb.
bet11/16
Sana16.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1514509
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ITT UMK 2022

Mavzu-12: Institusionalizm iqtisodiy ta’limotining mohiyati va ahmiyati
Asosiy savollar:
1. fanda sotsial-institutsional yo‘nalish.
2.T.Veblen – institutsionalizm asoschisi.
3.J.K.Gelbreyt «Yangi industrial jamiyat konsepsiyasi».
4.Iqtisodiy o‘sish bosqichlari
5.Monetarizm konsepsiyasi.

Institutsionalizm yo‘nalishi.


Ijtimoiy-institutsional yo‘nalishning boshlanishi X1X asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi va XX asr 20-30 yillarida AQSH da keng tarqalgan.
Iqtisodiy ta’limotlardagi institutsionalizm yo‘nalishi AQShda 20-asrning 20-30yillarida keng tarqaldi. Bu yo‘nalish nomi lotincha «instituto» - urf-odat, ko‘rsatma, muassasa so‘zidan olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga o‘tishi bilan bog‘liq ravishda ro‘y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va b.). Institutsionalistlar moddiy omillar bilan birga ruhiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa omillarni iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi deb hisobladilar.
Yo‘nalish vakillarining fikricha institutlar jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib xizmat qiladi. Ob’ektiv iqtisodiy qonunlar tan olinmaydi. Xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda va savdo kabi iqtisodiy kategoriyalar jamiyat ruhining paydo bo‘lishi shakli hisoblanadi.
Bu yo‘nalishdagilar ma’lum guruhlarning odat, an’analari, yurish-turishi, o‘ylash usullari, huquqiy-ahloqiy va boshqa ko‘rinishlar evolyutsiyasini tadqiq qiladilar.
Institutsionalizm evolyutsiyasi uch davrga bo‘linadi.
1. Eski negativ maktab (20-30 yillar) - T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons (1862-1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamilton g‘oyalarida namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy jarayonlar turli tushunchalar asosida bayon qilinadi. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog‘laydi. Kommons - ruhshunoslik huquqini , Mitchell - antropologiya va matematika hisob-kitoblarini ustun qo‘yadi.
2. Kechki institutsionalizm (1 jahon urushidan keyin) J.M.Klarkning «Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi» asarlarida, G.A.Berlining «Mulksiz hokimiyat» va «XX asr kapitalistik inqilobi» asarlarida, G.Minzning aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayoni haqidagi maqolalarida qayd etilgan.
3. Neoinstitutsionalizm 60-70 yillardagi ijtimoy institutsional yo‘nalish. Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvesiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqarilgan. J.K.Gelbreyt va R.Xeylbroner tomonidan rivojlantirilgan. Iqtisodiy jarayonlar rivoji industriya va texnokratiya rolining o‘sishi bilan bog‘liq qaraladi. Ijtimoy hayotga asoslanib, iqtisodiy jarayonlar borishi tushuntiriladi.
Birinchi davrdagi iqtisodiy g‘oyalar uch oqimga bo‘linadi.
1.Ijtimoiy-psixologik (T.Veblen).
2.Ijtimoiy-huquqiy (Jon R.Kommons).
3.Emperik yoki kon’yuktura-statistik (U.Mitchell).
Institutsional g‘oyalar evolyutsiyasining birinchi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarini uchta asosiy oqimlarga ajratish mumkin.
Institutsionalizmning vatani AQSH, uning asoschisi Torsten Veblen (1857-1929) hisoblanadi. Zamonaviy institutsionalizm yo‘nalishining dastlabki ko‘rinishlari T.Veblenning «Bekorchilar sinfi nazariyasi» (1899) asarida izohlab berilgan.
Bu asarda u kapital egalarini bekorchilar sinfiga kiritadi. Kapital egalarini faqat o‘z kapitallariga keladigan foyda qiziqtiradi, ular o‘z kapitallarini ishlab chiqarishga ko‘ymaydilar, balki faqatgina kreditga beradilar. Ularning daromad manbai real sektor emas, balki moliya sohasida aylanib turuvchi qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Ishchilar va ishlab chiqarishni tashkil etuvchilarni unumli sinfga kiritadi.
Shuningdek, u mavjud tuzumni isloh va modernizatsiya qilishga intiladi, jamiyatda ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya qo‘liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. T.Veblen Yangi jamiyat qurishni va unda texnika-texnologiya ahamiyatini ustun qo‘yadi.
2. Jon Kennet Gelbreyt (1909 yilda tug‘ilgan) o‘zining «Yangi industrial jamiyat» (1967) nomli asosiy asarini iqtisodiyotda «texnostruktura»ning tahlili va roliga bag‘ishlandi. Texnostruktura deganda, J.K.Gelbreyt fikriga ko‘ra, texnologiyalar bo‘yicha olimlarni, konstruktorlarni, mutaxassislarni o‘z ichiga oluvchi jamiyat qatlamlari, boshqaruv, moliya va umuman olganda, yirik korporatsiyalarning normal ishlashini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi.
Zamonaviy korporatsiyalarda real iqtisodiy hokimiyat kapital egalari va menedjerlarga emas, balki texnologik bilim egalari – texnostrukturaga tegishli bo‘ladi. Chunki zamonaviy jamiyatda eng noyob resurs – bu axborot, Fan-texnika (yer va kapital emas) hisoblanadi. Shuning uchun real hokimiyat texnostruktura qo‘lida. Insonning jamiyatdagi o‘rni, mavqei va nufuzi endi uning mulkiy boyligidan ko‘ra malakasi va bilim darajasiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
U shuningdek mayda va o‘rta tadbirkorlarni, uy-joy quruvchilarni, tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchilarni, qishloq xo‘jaligi va san’atda ish bilan band bo‘lganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashini talab qilib chiqdi. Bu esa ishlab chiqarish va xususiy investitsiyalarning barqarorlashuviga olib keladi. Davlatning aralashuvi inflyatsiyani to‘xtatish uchun ham zarur.

Iqtisodiy o‘sish bosqichlari


Amerika olimi Uolter Rostou (1916) o‘zining «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari» (1960) kitobida jamiyatning xo‘jalik rivojlanishi bosqichlarini ko‘rsatib berishga harakat qildi.
U.Rostou iqtisodiy taraqqiyotning beshta bosqichini ko‘rsatib berdi:
1. An’anaviy jamiyat. Nyutongacha bo‘lgan Fan va texnika hamda qishloq xo‘jaligining ustunligi bilan ifodalanadi.
2. O‘tkinchi jamiyat: unda iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘ladi; Fan yutuqlari ishlab chiqarishga tatbiq etiladi, banklar paydo bo‘ladi, ishlab chiqarishni investitsiyalash kuchayadi.
3. Yuksalish davri (sanoat inqilobi): eski an’anaviy uklad asosan tugatiladi, iqtisodiy o‘sish normal holat hisoblanadi, sanoatning asosiy tarmoqlari jadal rivojlantiriladi, davlat eksportni rag‘batlantiradi.
4. Yetuklik bosqichi: aholining o‘sishiga qaraganda mahsulot ishlab chiqarishning doimo ortiq bo‘lishi ta’minlanadi, milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi kuchayadi, an’anaviy jamiyat batamom tugatiladi.
5. Ommaviy iste’mol bosqichi: uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari va xizmat ko‘rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi.
Uningcha, kommunizm – bu «o‘tkinchi davrning kasali», «yagona industrial jamiyat»ga o‘tishning mumkin bo‘lgan yo‘llaridan biridir.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling