Fan:Moliya Tayyorladi:Chulliyev Jamshidbek - Mavzu:Davlat xaridi tizimini boshqarish orqali kichik orqali kichik biznes subektlarining rivojlanishiga tasir etish.
- Davlat xaridi — bu davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni qisman yoki to‘liq davlat mablag‘lari evaziga sotib olishdir1. Davlat xaridini boshqarishga tizimli yondoshuv to‘g‘riroq bo‘ladi. Shunday ekan, davlat ehtiyojlari uchun xaridni rejalashtirish va amalga oshirish hamda nazorat etish bilan bog‘liq barcha jarayonlar davlat xaridi tizimini yuzaga keltiradi.
- Davlat xaridi davlat infratuzilm asini moddiy-moliyaviy ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Davlat infratuzilmasini umumiy tarzda ikkita yirik tarkibiy qismiga ajratish mumkin: — iqtisodiy infratuzilma (transport, maishiy xizmatlar, kundalik iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun birlamchi bo‘lgan infratuzilmalar); — ijtimoiy infratuzilma (maktablar, shifoxonalar, kutubxonalar, yoki boshqacha aytganda, jamiyat kundalik hayoti uchun birlamchi infratuzilmalar). Ijtimoiy sohalarga Davlat xaridini amalga oshirish zarurati umumjamiyat manfaatlaridan kelib chiqadi. 0 ‘zbekistonda ijtimoiy sohalarga investitsiyalar va davlat xaridi mavjud qonuniyme’yoriy aktlar orqali tartibga solinadi.
- Davlat xaridini boshqarish borasida 0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlaming ajralmas qismi bu — davlat xaridini boshqarish bo‘yicha yangi huquqiy m e ’y o riarg a asoslangan qonunchilikni shakllantirishdan iboratdir. 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini boshqarishning mavjud huquqiy asoslari quyidagilardan tashkil topgan: 1. 0 ‘zbekiston Respublikasining Fuqorolik kodeksi (4-paragraf «Davlat shartnomalari asosida tovarlar yetkazib berish»). 2. 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlari: — 2000- yil 14- dekabrdagi «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi; — 1998-yil 2 9 -avgustdagi «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi; — 2004- yil 26- avgustdagi «Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi va Oczbekiston Respublikasining boshqa qonunlari
- Davlat xaridlari bo‘yicha alohida turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati hukumat komissiyasi tomonidan belgilanishi yo‘lga qo‘yilgan. Ayni vaqtda ularning turi qirqdan ziyod bo‘lib, elektron savdolarda oziq-ovqat mahsulotlari, mebel va komputer jihozlarini yetkazib berish yetakchi o‘rin egallamoqda.
- Mazkur elektron savdolarni tashkil etish uchun tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida birjaning maxsus axborot portali yaratilgan. Portalni yaratish va joriy etishda davlat xaridlarini amalga oshirishning ilg‘or jahon tajribasi, jumladan, sinalgan va o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatgan zamonaviy elektron birja savdolari tizimidan keng foydalanilgan. Bu davlat xaridlari jarayonining ochiq-oshkoraligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shuning uchun birjada tashkil etilayotgan elektron savdolar tizimi davlat xaridlarining ham buyurtmachilari, ham tovarni yetkazib beruvchilari uchun birdek qulaylik yaratmoqda.
- Shundan so‘ng g‘olib yetkazib beruvchi bilan buyurtmachi o‘rtasida shartnoma shakllantiriladi. Bu jarayon ham avtomatik tarzda bajariladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida elektron xaridlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomi”ga muvofiq kontrakt yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun ushbu hujjat savdolarda g‘olib chiqqan yetkazib beruvchi yoki uning agenti va birja tomonidan savdolar g‘olibi aniqlangan vaqtdan boshlab besh ish kuni mobaynida imzolanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |