Fan: Musiqa 2-sinf Sana: Sinf
Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi
Download 25.53 Kb.
|
1 2
Bog'liqfayl
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________
Darsning blok chizmasi:
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga tinglash orqali o`rganishni o`rgatish. 2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish. Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Navbatchi axborotini tinglash Darsga hozirlik ko`rish. Fasl haqida suhbat. II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash. O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng milliy qo`shiqlar haqida so`raladi.O`quvchilar milliy qo'shiqlar haqida bilganlarini aytib beradilar, ular qanday kuy bilan ijro qilinishi haqida ma`lumot beradilar.O`quvchilardan «Salom bergan bolaar» qo`shig`i so`raladi, birgalikda kuylanadi va o`quvchilar rag`batlantirib boriladi. II.Yangi mavzu bayoni: So`ng notalarning cho'zimi haqida suhbat olib boriladi. Notalar o'zining cho'zimiga ko'ra turli xil bo'ladilar. Notalar orasida cho'zimi eng uzuni «Butun nota"dir, bunday nota 1i-2i-3i-4i-ga sanaladi. Butun notani butun mevalarga o'xshatish mumkin. Yozishda butun nota aylana shaklida bo'ladi. So`ng o`quvchilarga M.Zaynitdinov sh`eri, J.Najmiddinov musiqasi bilan yaratilgan “Pianino” qo`shig`i shittiriladi. She`r mazmuni o`qib, tushuntiriladi, o`qituvchi tomonidan ijro etiladi. O`quvchilar bilan yuqorida aytilgan qo`shiq haqida suhbat o`tkaziladi. Avval o`qituvchi tomonidan matn o`qiladi, mazmuni yoritiladi, so`ng matn kuyga solinadi va qo`shiq qilib ayttiriladi. 2-darsda ham bugungi o`rganilgan mavzu mustahkamlanadi. Qo`shiq aytish qoidalari, “Pianino” qo`shig`i o`quvchilardan so`raladi va o`rgatiladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. So`ng birgalikda “Pianino” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz. Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi. Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz. 2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________ Download 25.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling