Motor yoqilg`ilari ichida reaktiv yoqilg`ilar sifatiga yuqori talablar qo‘yiladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi ham, tashish va saqlanishi ham qattiq nazorat ostida bo‘ladi. Havo – reaktiv dvigatellari uchun ishlatiladigan yoqilg`iga quyidagi talablar qo‘yiladi: - u to‘liq bug`lanishi kerak, dvigatelda uzilmasdan tez yonishi, sistemada bug`li tiqin hosil qilmasligi kerak, dvigatelda yonishdan keyin qurum va boshqa qoldiqlar qolmasligi kerak;
- hajmiy yonish issiqligi yuqori bo‘lishi kerak;
- u yonish kamerasiga xohlagan haroratda, hattoki ekstremal haroratda ham yengil va oson oqib kelishi kerak;
- yoqilg`ining o‘zi va yonish mahsulotlari dvigatel detallarini korroziyaga olib kelmasligi kerak;
- u barqaror, qo‘llash va saqlashda yong`inga xavfsiz bo‘lishi kerak.
Yoqilg`i sifatiga qo`yiladigan asosiy talablar - Hozirgi kunda tovush tezligigacha bo‘lgan aviatsiya uchun 4 xildagi reaktiv yoqilg`ilar ishlab chiqarilmoqda. T-1, T-2, TS-1 va RT. Tovush tezligidan yuqori aviatsiya uchun 2 xil T-6 va T-8V markadagi yoqilg`ilar ishlab chiqarilmoqda. T-1 yoqilg`isi bu 150....2800C dagi kerosin fraktsiyasi bo`lib, kam oltingugurtli neftlardan olingan. T-2 yoqilg`isi 60...2800C gacha bo‘lgan zahiradagi hozirgi kunda ishlab chiqarilmaydi. Ko‘p ishlatiladigan yoqilg`ilar bular TS-1 va RT TS-1 oltingugurtli neftlardan olingan 150.....2500C dagi fraktsiya.
RT - yoqilg`isi gidrotozalangan va tarkibiga quyidagi qo`ndirmalar qo‘shilgan - P-emirilishga qarshi (0,002....0,004% mass)
- Oksidlanishga qarshi (ionol 0,003......0,004% mass)
- Suv kristallari hosil bo‘lishini oldini oluvchi tetragidrofurfurol spirti.
Tovar neft mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonining tavsifi. - Deparafinlashdan asosiy maqsad – ulardan qattiq uglevodorodlarni (asosan parafinlarni) ajratib, moyli fraksiyalar qotish temperaturalarini pasaytirish. Jarayon ekstraksiyalashning turli ko`rinishlari hisoblanib, ekstraktiv kristallash deb ham ataladi hamda past temperaturalarda qattiq va suyuq uglevodorodlarning ayrim erituvchilarda turlicha eruvchanligiga asoslangandir
Do'stlaringiz bilan baham: |