Jarayonning xom ashyosi moylarni selektiv tozalashdagi rafinatlar hisoblanadi. Jarayonning asosiy mahsuloti – deparafinlangan moydir. Yonaki mahsulot sifatida qattiq qoldiqlar: distillyatdan gach va qoldiq xom ashyodan petrolatumlar olinadi. - Jarayonning xom ashyosi moylarni selektiv tozalashdagi rafinatlar hisoblanadi. Jarayonning asosiy mahsuloti – deparafinlangan moydir. Yonaki mahsulot sifatida qattiq qoldiqlar: distillyatdan gach va qoldiq xom ashyodan petrolatumlar olinadi.
Erituvchi sifatida ko`pgina hollarda “metiletilketon (MEK) – toluol” aralashmasi xizmat qiladi. Erituvchilarning xom ashyoga nisbatan massa nisbati 2,8:1 da 4,5:1 gacha bo`lishi mumkin. - Erituvchi sifatida ko`pgina hollarda “metiletilketon (MEK) – toluol” aralashmasi xizmat qiladi. Erituvchilarning xom ashyoga nisbatan massa nisbati 2,8:1 da 4,5:1 gacha bo`lishi mumkin.
Jarayonning temperaturasi parafinsizlantiriladigan moyning sifatiga qo`yiladigan talablarga bog`liq. Xomashyo aralashmasini oxirgi sovutish (fil`trlash) va qotish temperaturalar orasidagi farqi parafinsizlantirishning temperatura effekti deb ataladi, odatda u ketonli erituvchilar uchun 5 – 10 0C ga teng. - Jarayonning temperaturasi parafinsizlantiriladigan moyning sifatiga qo`yiladigan talablarga bog`liq. Xomashyo aralashmasini oxirgi sovutish (fil`trlash) va qotish temperaturalar orasidagi farqi parafinsizlantirishning temperatura effekti deb ataladi, odatda u ketonli erituvchilar uchun 5 – 10 0C ga teng.
Oddiy parafinsizlantirishda temperatura fil`trlashning birinchi bosqichida minus 20 0C dan to minus 25 0C gacha, ikkinchi bosqichda minus 10 dan minus 20 0C ni tashkil etadi. Ko`pchilik qurilmalarda past temperatura hosil qilish uchun sovutuvchi moddalar sifatida ammiak yoki propan qo`llaniladi. - Oddiy parafinsizlantirishda temperatura fil`trlashning birinchi bosqichida minus 20 0C dan to minus 25 0C gacha, ikkinchi bosqichda minus 10 dan minus 20 0C ni tashkil etadi. Ko`pchilik qurilmalarda past temperatura hosil qilish uchun sovutuvchi moddalar sifatida ammiak yoki propan qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |