Fan nomi: Axborot xavfsizligi protokollari


Kriptografik kalitlarni taqsimlash usullarining tasnifi


Download 65.17 Kb.
bet6/7
Sana20.01.2023
Hajmi65.17 Kb.
#1104668
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yakubov Zohidjon 010 18 SAX Axborot xavfsizligi protokollari 1 Mustaqil

Kriptografik kalitlarni taqsimlash usullarining tasnifi


Kriptografik kalitlarni taqsimlash usullarini tasniflash mumkin bo‘lgan asosiy belgilar to‘plamiga quyidagilar kiradi:

  1. Vaziyatga bog‘liq holda tanlash darajasi;

  2. Kalit xavfsizligini ta’minlash usuli;

  3. Kalitlarni taqsimlash protokoli sinflari.

  4. Kalitlarni taqsimlash protokoli bardoshliligini tahlil etish usuli.

  5. Kalitlarni taqsimlash protokoli bardoshliligini ta’minlovchi muammo

turlari.
Kriptografik kalitlarni taqsimlashning bir qancha yechimlari mavjud bo‘lib,
ulardan mosi vaziyatga bog‘liq holda 3 xil darajada tanlanadi: fizik, maxfiy va ochiq kalitli protokollar yordamida.
Ikkinchi belgi - kalit xavfsizligini ta’minlash usuli bo‘yicha ma’lumotlar yuqoridagi paragraflarda to‘liq bayon etilgan.
Kalitlarni taqsimlash protokoli ikkita sinfga kalitlarni transportirovkalash va kalitlarni almashish protokollariga ajraladi.
Taqsimlangan kalitlarga taqsimlashning tezkorligi va aniqligi, taqsimlanadigan kalitlarning yashirinligi kabi talablar qo‘yiladi. Bu talablarga protokollar muvofiqligini tahlil etish ancha murakkab masaladir. Kalitlarni taqsimlash protokoli bardoshliligini tahlil etishning 3 ta ma’lum usullari mavjud: evristik, formal va xavfsizlikni isbotlash.
Beshinchi belgi bo‘yicha kalitlarni taqsimlash protokolini ta’minlovchi muammolar turlariga diskret logarifmlash muammosi, EECh gruppasida diskret logarifmlash muammosi, Diffi-Xellman muammosi va boshqa turdagi muammolar kiradi. Eng ko‘p foydalaniladigan logarifmlash muammolari va EECh
gruppasida diskret logarifmlash sinflariga oid algoritmlar va protokollar yuqoridagi paragraflarda to‘liq bayon etilgan.
Quyidagi rasmda kriptografik kalitlarni taqsimlash usullarining tasnifi keltirilgan.



Fizik
Kriptografik kalitlarni taqsimlash
Maxfiy kalitli protokollar yordamida
Ochiq kalitli protokollar yordamida


Download 65.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling