Fan nomi: Axborot xavfsizligi protokollari
Kalitlarni taqsimlash protokollarini tahlillash usullari
Download 65.17 Kb.
|
Yakubov Zohidjon 010 18 SAX Axborot xavfsizligi protokollari 1 Mustaqil
Kalitlarni taqsimlash protokollarini tahlillash usullariKalitlarni taqsimlash jarayonida taqsimlangan kalitlarga taqsimlashning tezkorligi va aniqligi, taqsimlanadigan kalitlarning yashirinligi kabi talablar qo‘yiladi. Kalitlarni taqsimlash protokollarini qo‘yilgan talablarga muvofiqligini tahlil etish ancha murakkab masala bo‘lib, bardoshliligini tahlil etishning quyidagi usullari mavjud: evristik, formal va xavfsizlikni isbotlash [10]. Evristik tahlil – bu an’anaviy usul bo‘lib klassik kriptografiyaga xos. Uning mohiyati shundan iboratki, tayyor protokoldan amaliyotda foydalanish jarayonida undan xato va kamchiliklar topib uni yo‘qqa chiqarishga harakat qilinadi. Boshqacha aytganda bu usul “sinov va xato” deb ham nomlanadi. Tahlillashning formal usullari. Bu usullar guruhi shu bilan xarakterlanadiki, tayyor protokollar maxsus matematik va mantiqiy usullar yordamida tahllillashga tayyorlanadi. Ammo protokolning mohiyat mazmuni emas, balki uning formal tomonlari, ya’ni uning tuzilishi, prokolning har bir qadamini bajarishda namoyon bo‘ladigan belgilari va xussusiyatlari tahlil qilinadi. Bu usullarning afzalligi ularning yaxshi algoritmlashtirilishida bo‘lib, u kriptografik protokollarda avtomatik dasturiy analizatorlarni yaratish imkonini beradi. Ammo ularni cheklashning sababi – ular tahlil qilayotgan protokollardagi barcha xatolarni aniqlamaydi. Agar formal tahlilda protokolda xatolar aniqlangan bo‘lsa, demak ular haqiqatan ham protokolda bor va bu buzg‘unchiga protokolga mos hujum uyushtirish imkonini beradi. Formal tahlilda protokolda xato aniqlanmaganligi ham hali bu protokolda xato yo‘q degani emas. Xavfsizlikni isbotlash usullari. Bu guruhdagi usullar umumiy yondashuvning xususiy holi bo‘lib, kriptografik xavfsizlikning zamonaviy isboti unga asoslangan. Oldingi keltirilgan usullardan farqli holda bu usul avvaldan berilgan xavfsizlik xossalari asosida kriptografik protokollarni loyihalashtirish imkonini beradi. 3.2-jadval Download 65.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling