Fan nomi: Axborot xavfsizligi protokollari
A ishonadi kalit (Kas, A↔S) S ishonadi kalit (Kas, A↔S) B
Download 65.17 Kb.
|
Yakubov Zohidjon 010 18 SAX Axborot xavfsizligi protokollari 1 Mustaqil
A ishonadi kalit (Kas, A↔S) S ishonadi kalit (Kas, A↔S) B ishonadi kalit (Kbs, B↔S) S ishonadi kalit (Kbs, B↔S)
A ishtirokchi V ishtirokchi bilan himoyalangan yozishmalar olib bormoqchi. Buning uchun u Kas kalitni generasiya qiladi. A ishtirokchi bu kalitni o‘zi generasiyalagani uchun xavfsiz deb biladi, ya’ni: A kalit (Kas, A↔S) ga ishonadi. B ishtirokchi bu kalitning A ishtirokchidan kelganiga ishonar ekan, bu kalitdan foydalanishga tayyor, ya’ni: B ishtirokchi (A ishtirokchining ishonchli kalit (K, A↔B)ga) ishonadi. Bundan tashqari, V ishtirokchi S ni A ishtirokchining kalitini xatosiz uzatishiga ham ishonishga tayyor, ya’ni: V ishtirokchi (S ishonchli (A ishtirokchining ishonchli kaliti (K, A↔B))) ishonadi. Bu degani, V ishtirokchi S ning A ishtirokchini V ishtirokchi bilan aloqa qilishi uchun o‘zining kalitidan foydalanishni hohlashiga ishonishi, S ga ishonishi va unga suyana olishiga ishonishi kerak. A ishtirokchi soatdan joriy vaqt t ni oladi, so‘ngra quyidagi xabarni yuboradi: 1 A->S: {t, kalit (Kab, A↔B)}Kas. Bu shunday deganiki, A ishtirokchi seans kalitini va joriy vaqtni S serverda o‘zining autentifikasiyalash kaliti bo‘lgan Kas bilan shifrlab, S serverga yuboradi. S yangi (t) ga ishonishi bilan, va S (A {t, kalit (Kab, A↔B)} deganiga) ishonadi, S A ishtirokchining kalit (Kab, A↔B) ga ishonishiga ishonadi. (Shuningdek, S xabarni hujum qiluvchi tomonning avval tutib olgan xabarni qayta yuborilgani emasligiga ishonadi). So‘ngra, S V ishtirokchiga kalit yuboradi 2 S->B: {t, A, A ishonchli kalit (Kab, A↔B)}Kbs. 2 xabar Kbs kaliti bilan shifrlangani uchun V ishtirokchi ham kalit (Kbs, B↔S) ga ishonadi, endi B ishtirokchi S {t, A, A ishonadi kalit (Kab, A↔B)}deganiga ishonadi. Vaqt sinxronlashtirilgani uchun B ishtirokchi yangi (t) ga ishonadi, va demak, yangi (A ishonadi kalit (Kab, A↔B)) ga ishonadi. B ishtirokchi S ning tasdiqlari yangiligiga ishonishi, B ishtirokchi S ning (A ishonadi kalit (Kab, A↔B)) ga ishonishiga ishonadi. V ishtirokchi S ni A ishtirokchining nimaga ishonishini bilishiga ishongani uchun V ishtirokchi (A ishonadi kalit (Kab, A↔B)) ga ishonadi. V ishtirokchi A ishtirokchining V va A ishtirokchilar orasidagi seans kaliti haqida bilishiga ishongani uchun, V ishtirokchi kalit (Kab, A↔B) ga ishonadi. Endi V ishtirokchi A ishtirokchi bilan Kab dan maxfiy seans kaliti sifatida foydalanib to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lishi mumkin. Download 65.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling