Фан номи: «бошланғич таълим назариясига кириш» маъруза машғулот ўҚитувчиси: музаффар ширинов


TALABALAR BILIMINI BAHOLASh MEZONLARI


Download 0.51 Mb.
bet2/5
Sana19.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1101056
1   2   3   4   5
Bog'liq
БТ 1.1.ТАҚДИМОТ МАЪРУЗА

TALABALAR BILIMINI BAHOLASh MEZONLARI

TALABALAR BILIMINI BAHOLASh MEZONLARI

Agar talaba o‘quv materiallari bilan bemalol ishlasa, xato qilmasa, muloqot jarayonida faol ishtirok etsa, aniq va to‘liq javoblarni shakllantira olsa, “A +”, “A”, “B +” baholari qo‘yiladi.

 

Agar talaba mavzu bo‘yicha materialni yaxshi bilsa, uni mazmunan to‘g‘ri bayon etsa, muloqot jarayonida faol ishtirok etsa, aniq va to‘liq javoblarni shakllantira olsa, ammo kichik xatolarga yo‘l qo‘ysa, unda “V”, “S+”, “S” baholari qo‘yiladi.

Agar talaba asosiy material haqida bilimga ega bo‘lsa, lekin uning tafsilotlarini puxta o‘zlashtirmagan bo‘lsa, noaniqliklarga yo‘l qo‘ysa, javob berishda yetarli darajada to‘liq ma’lumotlar bermasa, materialni taqdim etishda mantiqiy ketma-ketlikni buzsa, muloqot jarayonida qiyinchiliklarga duch kelsa, unda “D+”, “D” baholari qo‘yiladi. Agar talaba savolning mohiyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmasa, savollarga javob bermasa, muloqot jarayonida qatnashmasa, unda “F” (FAIL) bahosi qo‘yiladi.

Noma’lum sabablarga ko‘ra umumiy soatlarning 20% dan ortig‘ini o‘tkazib yuborgan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Talabaning semestr davomida bajargan ishini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:

  • darslarga qatnashish;
  • darslarda faol va samarali ishtirok etish;
  • asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganish;
  • mustaqil ishlarni bajarish;
  • barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida topshirish.

AKADEMIK ODOB –AXLOQ VA ETIKA QOIDALARI

  • Plagiat va boshqa nomaqbul ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Tegishli testlarni, loyihalarni, mustaqil ishlarni, oraliq nazorat va yakuniy imtihonni topshirish jarayonida aytib turish va ko‘chirish, boshqa shaxslar tomonidan yechilgan masalalarni nusxalash, boshqa talaba o‘rniga imtihon topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Kursga oid biron – bir ma’lumotni qalbakilashtirishda ayblangan talaba “F” yakuniy bahosini oladi.
  • Mashg‘ulotlar paytida mobil telefonlar va / yoki boshqa elektron qurilmalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Mashg‘ulotlar paytida ichimliklar ichish, ovqat yeyish, saqich chaynash ruxsat etilmaydi.
  • Bag‘rikeng bo‘ling, o‘zgalarning fikrini hurmat qiling, atrofdagilar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘ling.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling