Funksiyada ishlatiladigan operatorlar.
Funksiyada ishlatiladigan operatorlar soni va turiga hech qanday chegara yo‘q.
Funksiya ichida istalgancha boshqa funksiyalarni chaqirish mumkin bo‘lsada, lekin
funksiyalarni aniqlash mumkin emas.
C++ tilida funksiyaning hajmiga hech qanday talab qo‘yilmasa ham uni kichikroq
tarzda tuzgan ma’quldir. Har bir funksiya tushunish oson bo‘ladigan bitta masalani
bajarishi lozim. Agarda funksiya hajmi kattalashayotganligini sezsangiz, bu
funksiyani bir nechta kichikroq funksiyalarga ajratish haqida o‘ylashingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |